29
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan korxona faoliyati yakunlarini
bilish, korxona moliyaviy holatini va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish
uchun foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi
Qonunning 6-moddasiga muvofiq O’zbekiston
Respublikasi xududida
faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O’zbekiston
Respublikasi
hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy
bo’linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda
hisobot taqdim etadilar.
Hisobning o’zaro chambarchas bog’langan uchta turi, xalq xo’jalik
hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Xo’jalik
hisobining har bir turi,
korxonalar, iqtisodiy hududlar va respublika iqtisodiyotini mutloq
boshqarish jarayonida ishtirok etadi va ma’lum bir vazifani bajaradi. Ular
bajaradigan vazifalar umuman olganda bir xildir, lekin hisob obektlariga
nisbatan har xildir.
Statistika
hisobida
foydalaniladigan
axborotlar
buxgalteriya
hisobining yakuniy ma’lumotlaridan olinadi. O’z
navbatida, buxgalteriya
hisobi ko’p hollarda statistikaning usul va ma’lumotlaridan foydalanadi.
Jumladan, moddiy qiymatliklarni o’rtacha baholarini topishda, ishchilarning
o’rtacha ish haqlarini aniqlashda, statistik usullar bilan hisoblab topiladigan
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Xo’jalik hisobi turlarining o’zaro
bog’liqligi dastlabki hujjatlardan foydalanishda ham namoyon bo’ladi.
Mustaqillik davrida O’zbekistonda xalqaro andozalar talabiga va
bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga javob beradigan xalq xo’jaligi hisobining
yagona tizimi yaratildi va bu borada rivojlangan
mamlakatlar bilan
hamkorlik yo’lga qo’yildi. Xorij tajribasini o’rganish, ularni chuqur va har
tomonlama tahlil qilib, amaliyotga tadbiq etish O’zbekiston Respublikasida
30
xo’jalik hisobini takomillashtirish, uni xalqaro amaliyot andozalariga
yaqinlashtirish imkoniyatini berdi.
Korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan
hodisa va
voqealiklar o’lchov birliklariga asoslanib hisobga olinadi. Hisob yuritish
amaliyotida natural, mehnat, qiymato’lchov birliklaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: