Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
Natural o’lchov birligi
- hisob obektlari holatini miqdor va sifat jihatdan 
baholaydi: misol uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, albatta, ularning alohida 
navlari bo’yicha hisobga olinib, nuqsonli mahsulotlar alohida ko’rsatiladi. Natural 
o’lchov birligi, moddiy-qiymatliklarning harakati to’g’risida miqdor jihatdan 
ma’lumot berib, ularning omborlarda saqlanishi ustidan nazorat o’rnatadi. SHunga 
ko’ra, korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan hodisa va voqealiklarni tabiiy 
xossalari ya’ni hajmi, vazni, uzunligi, maydoni asosida hisobga olish natural 
o’lchov birligi deb aytiladi. 
Mehnat o’lchov birligi - 
vaqt birligi (soat, kun, oy) ichida mahsulot ishlab 
chiqarish mehyorlariga asoslangan. Unga “mehyor-soat” misol bo’ladi. Hisob 
obektlarini baholashda mehyor-soat, birinchidan, korxona mehnat xarajatlarini vaqt 
mehyorlari bilan o’lchash uchun, ikkinchidan, mehnat unumdorligini hisoblash 
uchun xizmat qiladi. Mehnat o’lchov birligida bajarilgan ishlar miqdori, kishi - 
soat, kishi - dona kabi o’lchovlarda hisobga olinib, bu ko’rsatkichlar mehnat 
unumdorligini aniqlashda foydalaniladi.
 
Qiymat o’lchov birligi
- natural va mehnat o’lchov birliklariga asoslanadi. 
Qiymat o’lchov birligida sodir bo’lgan iqtisodiy voqealik o’sha davlatning pul 
birliklarida o’lchanadi. O’zbekistonda qiymat o’lchov birligi sifatida so’m va 
tiyinlar qabul qilingan. 
Hisob obektlarini pulda o’lchash qiymat qonunini amal qilishi bilan bog’liq 
bo’lib, unga so’m va tiyinlarda hisob yuritish misol bo’ladi. Pul, o’lchov birligi 
sifatida natural va mehnat ko’rsatkichlarini umumlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Qiymat o’lchov birligining afzalligi, korxonalar faoliyati sifat ko’rsatkichlarini 
shakllantirishda, sodir bo’ladigan xo’jalik operatsiyalarini qo’shish mumkin 
bo’lgan raqamlarda aks ettirishda, unumsiz xarajatlarni va ishlab chiqarishdagi 


31 
yo’qotishlarni topish va kamaytirishda, korxonalar xo’jalik faoliyatlariga 
baho berish ishlarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. 
 
Har bir fanning o’z oldiga qo’ygan maqsadi, vazifasi va funksiyasi 
bor. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi 
Qonunning 4-moddasida buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi barcha 
xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li 
bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning 
tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa 
hisobotlarni tuzishdan iboratdir deb ko’rsatib o’tilgan. 
Iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini kirib kelishi, xalqaro 
integratsiyani kuchayishi, mulkka bo’lgan munosabatlarining o’zgarishi, 
korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatlariga xorijiy investorlarni kirib kelishi 
kabi jarayonlar buxgalteriya hisobi tizimida qo’shimcha vazifalarni keltirib 
chiqaradi. Iqtisodiyotning rivojlanishida muhim hamda ajralmas bo’g’in 
hisoblangan korxona faoliyatini zamonaviy usullar bilan boshqarishda, 
korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari to’g’risidagi 
ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi. Bunday ma’lumotlar korxonada 
tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi. 
Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi korxona 
buxgalteriyasining tarkibiy tuzilishiga, u erda faoliyat yuritayotgan buxgalter 
kadrlarning bilimiga, malakasiga hamda buxgalteriya hisobini jamiyatda 
bo’layotgan o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib, 
yangilanib borishiga bog’liq bo’ladi. 
Mehyoriy hujjatlarda keltirilgan va E’tirof etilgan buxgalteriya 
hisobini vazifalarini quyidagi guruhga keltirish mumkin: 
1. Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar 
va majburiyatlar to’g’risida to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 
2. Korxonani samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini umumlashtirish; 


32 
3. Soliqqa doir hisobotlarni va boshqa moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida 
tuzish va tegishli idoralarga taqdim etish; 
4. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona 
mablag’lari va uning tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
tahminlash; 
5. Korxona mulkini muhofoza qilish; 
6. Korxona mablag’laridan foydalanishda iqtisodiy tejamkorlik tamoyilidan 
foydalanish hamda uni takomillashtirib borish. 
Buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarni, 
korxona 
mablag’lari va uning tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
tahminlash quyidagi ishlarni bajarish bilan izohlanadi: 
1. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan 
mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja 
bajarilishiga tahsir etuvchi omillarini aniqlash; 
2. Mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora pasaytirish 
omillarini topish; 
3. Korxonada foydalilik darajasini bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish; 
4. Korxona biznes rejasini bajarilishini nazorat qilish. 
Korxona qaysi mulkchilik shakliga tegishliligidan qathiy nazar buxgalteriya 
hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo’lishni tahminlashi 
lozim. Buxgalteriya hisobi oldida turgan vazifalar uning bajaradigan funksiyalarini 
belgilab beradi: 
1. Korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan xo’jalik 
jarayonlarini kuzatib borish; 
2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko’rsatkichlarda 
ifodalash; 
3. Korxona faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish; 
4. Hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash
5. Xo’jalik jarayonlari ustidan nazorat o’rnatish va ularga tahsir etish. 


33 
Buxgalteriya hisobi bajaradigan funksiyalar korxonaning iqtisodiy 
jihatdan asoslangan joriy va istiqbol ko’rsatkichlarini shakllantirish va 
bajarilishi ustidan nazorat olib borishni tahminlaydi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin