Natural o’lchov birligi
- hisob obektlari holatini miqdor va sifat jihatdan
baholaydi: misol uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, albatta, ularning alohida
navlari bo’yicha hisobga olinib, nuqsonli mahsulotlar alohida ko’rsatiladi. Natural
o’lchov birligi, moddiy-qiymatliklarning harakati to’g’risida miqdor jihatdan
ma’lumot berib, ularning omborlarda saqlanishi ustidan nazorat o’rnatadi. SHunga
ko’ra, korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan hodisa va voqealiklarni tabiiy
xossalari ya’ni hajmi, vazni, uzunligi, maydoni asosida hisobga olish natural
o’lchov birligi deb aytiladi.
Mehnat o’lchov birligi -
vaqt birligi (soat, kun, oy) ichida mahsulot ishlab
chiqarish mehyorlariga asoslangan. Unga “mehyor-soat” misol bo’ladi. Hisob
obektlarini baholashda mehyor-soat, birinchidan, korxona mehnat xarajatlarini vaqt
mehyorlari bilan o’lchash uchun, ikkinchidan, mehnat unumdorligini hisoblash
uchun xizmat qiladi. Mehnat o’lchov birligida bajarilgan ishlar miqdori, kishi -
soat, kishi - dona kabi o’lchovlarda hisobga olinib, bu ko’rsatkichlar mehnat
unumdorligini aniqlashda foydalaniladi.
Qiymat o’lchov birligi
- natural va mehnat o’lchov birliklariga asoslanadi.
Qiymat o’lchov birligida sodir bo’lgan iqtisodiy voqealik o’sha davlatning pul
birliklarida o’lchanadi. O’zbekistonda qiymat o’lchov birligi sifatida so’m va
tiyinlar qabul qilingan.
Hisob obektlarini pulda o’lchash qiymat qonunini amal qilishi bilan bog’liq
bo’lib, unga so’m va tiyinlarda hisob yuritish misol bo’ladi. Pul, o’lchov birligi
sifatida natural va mehnat ko’rsatkichlarini umumlashtirish uchun xizmat qiladi.
Qiymat o’lchov birligining afzalligi, korxonalar faoliyati sifat ko’rsatkichlarini
shakllantirishda, sodir bo’ladigan xo’jalik operatsiyalarini qo’shish mumkin
bo’lgan raqamlarda aks ettirishda, unumsiz xarajatlarni va ishlab chiqarishdagi
31
yo’qotishlarni topish va kamaytirishda, korxonalar xo’jalik faoliyatlariga
baho berish ishlarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
Har bir fanning o’z oldiga qo’ygan maqsadi, vazifasi va funksiyasi
bor. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi
Qonunning 4-moddasida buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi barcha
xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li
bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning
tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa
hisobotlarni tuzishdan iboratdir deb ko’rsatib o’tilgan.
Iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini kirib kelishi, xalqaro
integratsiyani kuchayishi, mulkka bo’lgan munosabatlarining o’zgarishi,
korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatlariga xorijiy investorlarni kirib kelishi
kabi jarayonlar buxgalteriya hisobi tizimida qo’shimcha vazifalarni keltirib
chiqaradi. Iqtisodiyotning rivojlanishida muhim hamda ajralmas bo’g’in
hisoblangan korxona faoliyatini zamonaviy usullar bilan boshqarishda,
korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari to’g’risidagi
ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi. Bunday ma’lumotlar korxonada
tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi.
Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi korxona
buxgalteriyasining tarkibiy tuzilishiga, u erda faoliyat yuritayotgan buxgalter
kadrlarning bilimiga, malakasiga hamda buxgalteriya hisobini jamiyatda
bo’layotgan o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib,
yangilanib borishiga bog’liq bo’ladi.
Mehyoriy hujjatlarda keltirilgan va E’tirof etilgan buxgalteriya
hisobini vazifalarini quyidagi guruhga keltirish mumkin:
1. Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar
va majburiyatlar to’g’risida to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
2. Korxonani samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini umumlashtirish;
32
3. Soliqqa doir hisobotlarni va boshqa moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida
tuzish va tegishli idoralarga taqdim etish;
4. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona
mablag’lari va uning tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan
tahminlash;
5. Korxona mulkini muhofoza qilish;
6. Korxona mablag’laridan foydalanishda iqtisodiy tejamkorlik tamoyilidan
foydalanish hamda uni takomillashtirib borish.
Buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarni,
korxona
mablag’lari va uning tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan
tahminlash quyidagi ishlarni bajarish bilan izohlanadi:
1. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan
mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja
bajarilishiga tahsir etuvchi omillarini aniqlash;
2. Mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora pasaytirish
omillarini topish;
3. Korxonada foydalilik darajasini bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish;
4. Korxona biznes rejasini bajarilishini nazorat qilish.
Korxona qaysi mulkchilik shakliga tegishliligidan qathiy nazar buxgalteriya
hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo’lishni tahminlashi
lozim. Buxgalteriya hisobi oldida turgan vazifalar uning bajaradigan funksiyalarini
belgilab beradi:
1. Korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan xo’jalik
jarayonlarini kuzatib borish;
2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko’rsatkichlarda
ifodalash;
3. Korxona faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
4. Hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash;
5. Xo’jalik jarayonlari ustidan nazorat o’rnatish va ularga tahsir etish.
33
Buxgalteriya hisobi bajaradigan funksiyalar korxonaning iqtisodiy
jihatdan asoslangan joriy va istiqbol ko’rsatkichlarini shakllantirish va
bajarilishi ustidan nazorat olib borishni tahminlaydi.
Dostları ilə paylaş: |