Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
5. Kasbga oid xulq-atvor.
Malakali buxgalterdan ish faoliyatlarida huquqiy 
– mehyoriy qonunlarga rioya etish, obru-ehtiboriga tahsir etuvchi har qanday 
harakatlardan voz kechish va shahniga dog’ tushirmaslik talab etilad;
 
6. Texnik andozala
r. Malakali buxgalter xizmatlarini foydalanishdagi 
texnik va kasbiy andozalarga muvofiq ko’rsatishi lozim.
Har bir buxgalterdan axloqiy qoidalarni bilishi va ularga qathiy rioya qilib 
xizmat ko’rsatishi talab etiladi. 
2. BUXGALTERIYA HISOBI JAMOAT TASHKILOTLARI, ULARNING 
ROLI VA AHAMIYATI
O’zbekistonda buxgalteriya hisobi bo’yicha ikkita jamoat tashkiloti, 
“O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assatsiyatsasi” va “Auditorlar 
palatasi” faoliyat yuritadi. 
O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi



55 
O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assatsiyatsasi
34
1992 yili 17 
yanvar kuni o’tkazilgan tasis konferentsiyasida qabo’l qilinib, O’zbekiston 
buxgalterlar assatsiyatsasi deb nomlangan edi. Assotsitsiya 13 mart 1992 
yildan rasman faoliyat boshlagan. 
Tasis konferentsiyasida assatsatsiyani Ustavi, ijroiya qumitasi, ijroiya 
qumita byurosi va taftish komissiyasini saylangan. Usha kunga qadar 
assotsiatsiya 200 nafar ahzoga ega edi.
O’zbekiston buxgalterlar assatsiyatsasi 1993 yili O’zbekistonda 
“Auditorlik faoliyati to’g’risidagi” qonun qabo’l qilingandan keyin 
“O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar assatsiyatsasi” deb qayta tashkil 
qilindi. Bu davrga kelib uning ahzolari 4000 mingdan ziyodni tashkil qilgan. 
“O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiyatsasi”ning 2001 yili 
22 may kungi qayta saylov – hisobot konferentsiyasida assotsiyatsiyaga 
ahzolikka kirish mezonlariga o’zgartirishlar kiritilib Ustavi angi tahrirda 
qabo’l qilindi va shundan boshlab assotsiatsiya “O’zbekiston buxgalterlar va 
auditorlar milliy assotsiatsiyasi” deb nomlandi (O’BAMA).
Hozirgi paytda O’BAMAning filiallari, O’zbekistonning Andijon, 
Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch, 
Farg’ona, Navoi viloyatlarida faoliyat olib boryapti.
O’BAMA O’zbekiston Moliya Vazirligi bilan hamkorlikda 
buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha mehyoriy – huquqiy ho’jjatlarni ishlab 
chiqishda ishtirok etib kelmoqda.
O’BAMA 1998 yildan buyon hamdustlik mamlakatlarining Xalqaro 
jamoatchilik tashkiloti bo’lgan “Hamdustlik” buxgalterlar va auditorlar 
Assotsiyatsiyasining ahzosi bo’lib hisoblanadi.
O’BAMA 2000 yildan buyon Xalqaro Buxgalterlar Assotsiyasining 
(IFAC) haqiqiy ahzosi. 
O’BAMA 2001 yidan buyon YeVROOSIYoNING sertifikatlangan 
34
Assatsatsiya Toshkent xalq xo’jaligi institutining (hozirgi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining) “Sanoat 
korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri professor Saidkarim Boboxonovich 
Qodirxonov tashabusi bilan tashkil qilingan.


56 
buxgalterlar kengashining haqiqiy ahzosi.
O’BAMA buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish bo’yicha 
xalqaro dasturlarda aktiv ishtirok etib kelmoqda.
O’BAMA asosiy maqsadi: ta’lim dasturlari, malaka oshirish kurslari, 
maslahat xizmatlari ko’rsatish asosida assotsiatsiya ahzolarini halqaro darajda 
olishlariga erishish va malakali buxgalterlarni haq - huquqlarini himoya qilish 
bo’lib hisoblanadi.
O’BAMA asosiy vazifalari qo’ydagilar bo’lib hisoblanadi: 
1. O’zbekiston respublikasida buxgalterlik va auditorlik kasbini rivojlantirish 
asosida ularning malakalarini xalqaro darajalarga muvofiqlashtirish va Xalqaro 
Buxgalterlar Assotsiyasining (IFAC) talablariga javob berishga erishish 
2. O’zbekiston bozor islohatlarini utkazishda aktiv ishtirok etish; 
3. Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha mehyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab 
chiqishda aktiv ishtirok etish va ularni takomillashtirish bo’yiyaa takliflar berish; 
3. Buxgalterlarni va auditorlarni malaka talablarini ishlab chiqish va IFAC talabi 
asosida sertifikat imtihonlarini o’tkazish; 
4. Sertifikatli buxgalterlar kodeksining etik mehyorlari talablariga rioya 
etiliyotganligini nazorat qilish; 
5. Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida xududlarda Xalqaro va 
Respublika konferentsiyalari, seminarlari va simpoziumlari tashkil qilish va 
utkazish; 
6. Buxgalterlarni va auditorlarni kasbiy himoya qilish maqsadida uslubiy, 
maslahatlar berish; 
7. Xalqaro buxgalterlar va auditorlarning kasbiy assotsiyalari bilan doimiy aloqa 
o’rnatish. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin