3. BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish deganda korxonalar xo’jalik faoliyatida
sodir bo’ladigan iqtisodiy operatsiyalar haqida mukammal, ishonchli, aniq
axborotlar olish va ishlab chiqarish resurslaridan maqsadli foydalanishni nazorat
qilish bo’yicha korxonada yaratilgan sharoitlar tizimi tushuniladi.
Hisob ishlarini tashkil qilishda ma’lum bir qoidalarga rioya qilinadi. Xorij
adabiyotlarida hisob ishini tashkil qilishning quyidagi qoidalari mavjudligi
ko’rsatib o’tilgan
31
:
1. Mehnatning taqsimlanishi «Oddiy ish bajaruvchi» faoliyati. Bunda hisob
va hisobot ishlari ma’lumotlarni yig’ish va guruhlashga yo’naltiriladi;
2. Ma’lumotlarni qamrab olish, hamma ish tezkor hisobni olib boruvchiga
biriktiriladi. Ular hisob registrlarida xo’jalik jarayonlari to’g’risidagi
ma’lumotlarni yozib boradilar;
31
. Соколов Ю.В.Очерки по истории бухгалтерского учета.- М.: Финанси и статистика, 1991
43
3. Nazoratdagi raqobat, bu hisob-kitob kaliti hisoblanadi. Unda
ko’rsatkichlar solishtirilganda ular bir-birlariga mos kelishi kerak yoki buni
manfaatlar to’qnashuvi, deb atash ham mumkin;
4. Haqiqiy buxgalteriya, ro’yxatga olish bilan shug’ullanuvchi buxgalter
jarayonlarni ro’yxatga olish jurnalini to’ldiradi va buxgalteriya yozuvini
(pravodka) tuzadi;
5. Uslubiy mustaqillik, har bir firma va korxona buxgalteriya hisobini tashkil
qilish uslubini o’z faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda, o’zi
belgilaydi. Qancha firma, korxona bo’lsa, shuncha hisobni tashkil qilish
uslublari mavjud. Har bir xizmatchi yoki rahbar o’ziga mahqo’l hisob
tizimini kiritish huquqiga ega;
6. Psixologik iqlim, rahbarning xodimiga ishonmasligi.
Hisobning asosiy vazifasi ishchilar o’z manfaatlarini korxona
manfaatidan ustun qo’yishining oldini olish bo’lib hisoblanadi. Buxgalterlar
amaldagi hisob tizimiga korxona rahbarining roziligisiz hisob ishlarini tashkil
qilishning boshqa usulni kiritish yoki amaldagi usulni o’zgartirish huquqiga
ega emas.
Korxonada buxgalteriya hisobini halqaro andozalariga moslashtirish
rahbar monidan mahqo’llangan tamoyil va qoidalarga asoslanadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari O’zbekiston Respublikasida
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonun, Moliya vazirligi tomonidan
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya
Hisobi Milliy Standartlari, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik
subektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish andozasi
bilan belgilanadi.
O’zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritish, tashkil qilish, moliyaviy
hisobotlarni tuzish metodologiyasini hamda buxgalteriya hisobi milliy
standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bo’yicha rahbarlik O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va hisoboti
departamenti zimmasiga yuklatilgan.
44
Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Buxgalteriya uchyotini yuritishning yagona metodologiyasini ishlab
chiqish;
2. Buxgalteriya uchyotini yuritish va uni takomillashtirish bo’yicha tadbirlar
ishlab chiqish;
3. Buxgalteriya uchyotini yuritishni ilg’or shakllarini ishlab chiqish, ularni
amaliyotga tadbiq etish bo’yicha qilingan ishlarni nazorat qilish;
4. Buxgalteriya uchyotini yuritish bo’yicha tegishli davlat idoralari bilan
kelishilgan holda ishlab chiqilgan nizomlar, yo’riq xatlari va ko’rsatmalarni
amaliyotga tadbiq qilinishi yuzasidan nazorat o’rnatish;
5. Korxonalarning joriy va yillik buxgalteriya hisobotlarining shakllarini
ishlab chiqish, ularni tuzish va to’g’riligini tekshirish to’g’risidagi
ko’rsatmalarni ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteri hisobi to’g’risida”gi qonunning
11 - moddasiga muvofiq Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni
buxgalteriya hisobi subektining rahbari (korxona rahbari) amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobi subektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:
1. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi
xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan
foydalanish;
2. Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashti-rilgan tashkilotga (auditorlik
tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini
yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma
asosida yuklash;
3. Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Buxgalteriya hisobi subektining rahbariquyidagilarni tahminlashi shart:
1. Hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
2. Ichki nazorat tartibini;
3. Buxgalteriya hisobi to’liq va ishonchli yuritilishini;
4. Hisob hujjatlarining but saqlanishini;
45
5. Moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
6. Soliq hisobotining tayyorlanishini;
7. Hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini;
8. “Buxgalteri hisobi to’g’risida”gi qonunning 12-moddasi talablariga
rioya etilishini tahminlashi.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteri hisobi to’g’risida”gi
qonunning 12 - moddasiga muvofiq buxgalteri hisobi ishlarini olib borish
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarigayuklatiladi.
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi
xizmatining rahbari bo’lib hisoblanadi va bevosita buxgalteriya hisobi
subektining rahbariga bo’ysunadi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo’jalik operatsiyalarini
hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga
taqdim etish bo’yicha talablari buxgalteriya hisobi subektining barcha
xodimlari uchun majburiydir.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim bo’lgan buxgalteriya
hisobi subektining buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
1. Iqtisodiyoliy ma’lumotga ega bo’lish;
2. Oxirgi besh kalendar yildan kamida uch yilibuxgalteriya hisobini
yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan
bog’liq ish stajiga ega bo’lish;
3. Noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo’lgan taqdirda oxirgi o’n
kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki
moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog’liq ish stajiga
ega bo’lish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim bo’lgan buxgalteriya
hisobi subektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili
malaka oshirishdan o’tishini tahminlashi shart.
46
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati
cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo’lishi mumkin emas.
Quyidagilar buxgalteriya hisobini tashkil qilishni unsurlari bo’lib xizmat
qiladi:
1. Korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatini ishlab chiqish va tadbiq
etish;
2. Xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirish ishlarini tashkillash;
3. Hujjatlar aylanishini yo’lga qo’yish;
4. Yo’qlama qilishni to’g’ri yo’lga qo’yish.
Yirik korxonalarda (aksiyadorlik jamiyatlarida, trestlarda, konsenernlarda,
xoldinglarda, kompaniyalarda va boshqa shu turkumga kiradigan korxonalarda)
buxgalteriya hisobi markazlashgan va markazsizlashtirilgan shakllarda tashkil
qilinishi mumkin.
Markazlashgan buxgalteriya sharoitida sintetik va analitik uchyotishlarini
olib borish korxonaning bosh buxgalteriyasida, bo’limlar, tsexlar taqdim etadigan
birlamchi (jamlovchi) hujjatlar yoki ularga ilova qilingan ichki hisobot
ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Markazsizlashtirilgan buxgalteriya sharoitida hisob ishlari, birlamchi
hujjatlarni to’ldirishdan balans tuzgunga qadar, korxonaning bo’linmalarda,
tsexlarda tashkil qilingan buxgalteriyalarda olib boriladi. Markaziy buxgalteriya,
tsex, bo’lim balanslari va hisobotlari umumlashtirib korxonaning yig’ma balansi va
hisobotini tuzadi hamda tsexlarda, bo’limlarda hisob ishlarini tashkil qilishga
nazorat o’rnatadi.
Buxgalteriya apparatini tashkil qilishda uning tarkibini to’g’ri aniqlash hisob
ishlarini samarali olib borishga asos bo’ladi. Buxgalteriya apparati tarkibi ishlab
chiqarish texnologiyasi va uni tashkil qilish xususiyatlariga, hisob ishlari hajmiga
va hisobning texnik vositalariga bog’liq. Korxona bosh buxgalteri buxgalteriya
apparati xodimlarining xizmat lavozimi vazifalarini ishlab chiqadi. Ishlab chiqarish
47
korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining taxminiy xizmat lavozimi
vazifalari qo’ydagi jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |