Mavzu bo’yicha nazorat savollari
1. Buxgalteriya hisobini paydo bo’lishi haqida qanday taxminlarni bilasiz?
2. Buxgalter so’zini tahhifini bering.
3. Xalqaro Buxgalterlar federatsiyasi har qanday buxgalter oldiga bajarilishi
majburiy bo’lgan qanday talablar qo’ygan?
4. O’quv rejasi qanday hujjat;
5. Qanday o’quv rejalari bo’ladi. Ularning bir-biridan farqlari nimada?
65
6. O’quv rejaning birinchi blogi qanday nomlanadi va unda qaysi fanlar keltiriladi?
7. O’quv rejaning ikkinchi blogi qanday nomlanadi va unda qaysi fanlar
keltiriladi?
8. O’quv rejaning uchinchi blogi qanday nomlanadi va unda qaysi fanlar
keltiriladi?
4-MAVZU. O’ZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNING O’RNI
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar:
oliy ta’lim, bakalavr, magistr, oliy
ta’lim muassasasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, unversitet, akademiya, institut,
fakulg’tet, eksternat.
1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI VA UNING OLIY
TA’LIM TIZIMIGA IJOBIY TA’SIRI
O’zbekiston bir necha ming yillik tarixga ega va qadimdan har
tomonlama yuqori darajada taraqqiy etib kelgan davlati. Jahonda Al-
Xorazmiy, Imom al Buxoriy, Ahmad al Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali Ibn Sino, Naqshbandiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bexbudiy,
Fitrat, CHo’lpon kabi nomlari dunyoga tanilgan qomusiy olimlar, shoirlar,
66
maorifatchilar, lashkarboshilarni yetkazib bergan o’zbek xalqi o’z mamlakatining
mustaqil bo’lishini orzu qilib kelgan edi. 1991 yil O’zbekiston tarixida yangi
sahifa ochdi, shu yilning 1 sentyabrida mamlakatimiz mustakilligi eolon kilindi.
1992 yil 2 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) O’zbekiston
Respublikasining uz tarkibiga kirishi tugrisida karor kabul kildi. SHunday kilib,
O’zbekiston jaxon tarixida eng nufuzli bulgan tashkilotning teng xukukli ahzosi
buldi.
Respublikamiz mustakillikka erishgandan keyin ta’lim tugrisida konun va
kadrlar tayyorlashning milliy dasturi kabul kilindi. Bu xujjat ta’lim tizimining
barcha bo’ginlarida davlatimiz siyosatini ustuvor yo’nalishini belgilab berdi.
Ta’lim jarayoning mazmuni sifat jixatidan yangi boskichga kutarildi.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini,
jamiyatning mahnaviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni tahminlaydigan demokratik
huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qo’rmoqda.
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi
insonning har tomonlama kamol topishini va faravonligini tahminlashga, shaxs
manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va tahsirchan mexanizmlarini
yaratishga, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o’zgartirishga
qaratilgan.
O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridan biri, umumbashariy
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini
shakllantirish bo’lib hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim to’g’risida"gi O’zbekiston
Respublikasi qonuni talablari, milliy tajriba va bu boradagi jaxon ta’lim tizimidagi
yutuqlar asosida tayyorlangan bo’lib, yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil bo’lish mahoratiga
ega bo’lgan, istiqbolli vazifalarni ilgari surish, ularni hal etishga qodir bo’lgan
kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgan.
67
Dastur, kadrlar tayyorlash milliy modelining asosi bo’lgan, har
tomonlama kamol topgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda
tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy,
psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat,
davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni
nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lni tanlashi kadrlar tayyorlash tizimini
va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. Ta’lim to’g’risidagi
davlat dasturni amalga oshirish "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunni joriy etishni,
yangi o’quv rejalarni, dasturlarni, darsliklarni, zamonaviy didaktik
materiallarni ishlab chiqishni, o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni va
akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni
nazarla tutadigan chora-tadbirlar ko’rishni taqozo etdi.
Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda bog’chalari hamda " bog’cha-
maktab" tarmog’i rivojlanib bormoqda. Hozirda, bolalarga chet tillarni,
xoreografiya, tasviriy va musiqa sanahti, kompg’yuter savodxonligi
asoslarini o’rgatuvchi 1000dan ortiq guruh tashkil etilgan.
Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o’quv yurtlari tarmog’i
rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda "Sog’lom avlod uchun", "Mahnaviyat
va mahrifat", "Iqtisodiy ta’lim", "Qishloq maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni
bo’lgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ro’yobga
chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida yarim milliongya
yaqin o’qituvchi ishlamoqda.
Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda, shakllantirishning
hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta
tashkil etishga kirishildi. Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan
258 o’rta kasb-hunar ta’limi o’quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16
ming o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.
O’zbekiston oliy maktabi tizimi 120 ortiq oliy o’quv yurtini, shu
68
jumladan universitet, institut, akademiya va ularning filiallarini qamrab olgan.
Ularda 500 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda. 16 universitetning o’n ikkitasi
O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o’quv
yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan
erishgandan keyin tashkil qilingan. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni
markazlashtirishdan huquqiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv
yurtlarining tarmog’i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda.
Bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy
maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda. Abiturientlar va
talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari
joriy etilmoqda.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga
muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy
attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo’lib,
ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim
olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37
foizini fan nomzodlari tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakulg’tet, 4 markaz va 14 malaka oshirish
kurslari ishlab turibdi.
Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat
siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Isteododli o’smir va qizlarni izlab
topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va istehdodini o’stirish bo’yicha
maxsus fondlar tashkil etildi. Qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv
yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi.
Natijada fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim yo’nalishlari va
ixtisosliklari klassifikatoriga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalari
tomonidan ta’lim yo’nalishlari va ixtisosliklarining ro’yxati ta’lim va kadrlar
tayyorlash sohasida marketing rivojlanishi bilan aniqlab boriladi va mehnat bozori
talabi hisobga olingan holda davriy qayta ko’rib chiqiladi.
|