1-rasm. Oliy ta’limning bosqichlari
Bakalavriat – fundamental bilimlar beriladigan asosiy oliy ta’lim bo’lib, to’rt
yil davom etuvchi oliy ta’limning yo’nalishlaridan biri. Bakalavriyatda ishlab
chiqarishdan ajratmagan holda ta’lim jarayonining davom etish muddati kunduzgi
олий таълим
босқичлари
бакалавриат
магистратура
71
ta’limga nisbatan bir yildan kam bo’lmagan muddatga uzayadi.
Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga ko’ra, bakalavriyat ta’lim
daturining oxirida taerlov yo’nalishiga ko’ra “bakalavr” akademik unvoni,
munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi
beriladi.
“Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi
To’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, o’zbekiston
respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul
qilish tartibi “Oliy Ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul
qilish tartibi to’g’risida Nizom” bilan, oliy ta’lim muassasalari talabalari
o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi “Oliy
ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan
chetlashtirish tartibi to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi.
Bakalavriat
ta’lim
dasturining
tarkibiy
qismiga,
bakalavr
tayorlashning kerakli darajasiga, o’quv vazifalarning maksimal hajmiga,
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishning umumiy talablari, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan №
343-chi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari. asosiy Nizomlar” qarori
bilan belgilanadi
36
.
Bakalavrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi,
kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturining
tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish aniq taerlov
yo’nalishi bo’yicha davlat ta’lim standartlari orqali belgilanadi.
Bakalavriyatning mos yo’nalishlari uchun, davlat ta’lim standartlari
asosida,oliy ta’limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi
tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar, o’quv fanlari ishlab
chiqiladi.
36
. O’zbekiston respublikasi qonunlar majmuasi, 104 bet.
72
Bakalavriyatda bir xil profilli (umumiy kasb xunar tayorgarligi o’xshash)
o’rta maxsus, kasb xunar ta’limiga ega bo’lgan shaxslarga, oliy ta’limning shu
yo’nalishidagi o’quv rejalariga bog’liq (ketma-ketlikni tahminlovchi) ta’lim
dasturini to’liq egallashning tezkor imkoniyatlari beriladi.
O’quv rejasiga bog’liq yo’nalish ro’yxati va kadrlar taerlash sharoitlari
o’zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Bakalavr faoliyati qo’ydagilarga qaratiladi:
1. Yo’nalish bo’yicha lavozimga taerlangan oliy ma’lumotga ega
bo’lgan shaxslar bilan almashtirilishi kerak bo’lgan ishga;
2. Bakalavriyatning mos keluvchi yo’nalishlar doirasida tanlagan
mutaxassislik bo’yicha magistraturada oliy ta’limini davom ettirishga;
3. Professional ta’limda, kadrlarni qayta taerlash va malakasini
oshirish tizimida faoliyat yuritishga.
Yangi yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni taerlash huquqini oliy ta’lim
muassalarining iltimosiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi
beradi.
Magistratura - “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to’g’risida”gi o’zbekiston respublikasi qonunlariga muvofiq, O’zbekiston
respublikasi oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish
tartibi “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi
to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi.
Magistratura – bakalavriyat asosidagi ikki yildan kam bo’lmagan aniq
mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limning davomi hisoblanadi. Magistraturada
o’qishning davomiyligi ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda olti oydan kam
bo’lmagan vaqtga uzayadi.
Ta’lim dasturining tarkibiy qismiga, magistr taerlashning kerakli darajasiga,
o’quv vazifalarning maksimal hajmiga, kadrlar tayyorlash sifat nazoratining
protsedura va mexanizmlariga umumiy talablar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
73
Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan № 343-chi “Oliy
ta’limning davlat ta’lim standartlari. asosiy Nizomlar” qarori bilan
belgilanadi
37
.
Magistrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi,
kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturining
struktura va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish
magistraturaning aniq mutaxassisligi bo’yicha davlat ta’lim standartlari
orqali belgilanadi.
Magistraturaning mos mutaxassisligi uchun, davlat ta’lim standartlari
asosida,oliy ta’limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi
tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar, o’quv fanlari ishlab
chiqiladi.
Magistr faoliyati qo’ydagilarga qaratiladi:
1. Aniq mutaxassisik bo’yicha mustaqil ilmiy tadqiqot, ilmiy
pedagogik va boshqaruv, professional foaliyatini olib borishga;
2. Magistraturaning mos keluvchi mutaxassisligi doirasida oliy
ta’limidan keyingi aspiranturada davom ettirishga;
3. Professional ta’limda, kadrlarni qayta taerlash va malakasini
oshirish tizimida faoliyat yuritishga.
Oliy ta’lim muassasasida magistratura yo’nalishini ochishning asosiy
sharti – bu o’quv tarbiyaviy jaraen bilan bog’liq va yuqori malakali
mutaxassislarni taerlanishini tahminlovchi mos kafedralarning ilmiy
pedagogik potentsiali mavjudligi va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada
olib borish imkoniyatining bo’lishi.
Yangi mutaxassisliklari bo’yicha magistrlarni taerlash huquqini oliy
ta’lim muassalarining rasmiy iltimosiga binoan O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasiga beradi.
Oliy ta’lim muassasasi tarkibida magistraturaning maxsus bo’limi
(fakulg’tet, markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
37
. O’zbekiston respublikasi qonunlar majmuasi, 2001 yil, 104 bet.
74
1. Talabalarning o’quv-tarbiyaviy jaraenini tashkillashtirish va nazorat qilish,
o’quv-uslubiy xujjatlar va o’quv-uslubiy tahminotni ishlab chiqish;
2. Magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar faoliyatini koordinatsiyalash;
3. Magistrlar tayyorlash jarayoniningmonitoringini olib borish.
Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga ko’ra, magistratura ta’lim
daturining oxirida aniq mutaxassislik bo’yicha “Magistr” akademik unvoni,
munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga
mutaxassisliklari bo’yicha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki o’quv
muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |