Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
 
Oliy ta’lim muassasasi huquqiy (yuridik) maqomga ega bo’ladi va qo’ydagi 
shakillarda tashkil topgan (2-rasm). 
Universitet — oliy ta’lim dasturini bajarishda talabalarga egallayotgan 
sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng 
qamrovli bilim berishga ehtibor qaratilgan oliy ta’lim muassasasi. 
2-rasm. Oliy ta’lim muassasalarini shakillari. 
Unversitet qo’ydagi funktsiyalarni bajaradi : 
1. Turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta 
tayyorlaydi;
2. Fanning turli yo’nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib 
boradi;
Олий таълим 
муассасалари 
шакилларт
унверситет
академия
институт


75 
3. ilm sohasi bilan chambarchas bog’liq ilmiy va metodik markaz 
hisoblanadi.
Akademiya oliy ta’lim dasturini bajarishda oliy ta’lim berish bilan bir 
qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir 
yo’nalishga tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi bo’lib hisoblanadi.
Akademiyaning asosiy funktsiyalari : 
1. Ta’lim sohasida ma’lum belgilangan oliy va oliy ta’limdan so’nggi 
ta’lim berishga mo’ljallangan o’quv dasturini bajaradi;
2. mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini 
oshiradi va qayta tayyorlaydi;
2. Fan, madaniyat, sanaht sohasida fundamental va amaliy ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib boradi;
3. O’z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi 
hisoblanadi.
Institut — barcha oliy ta’lim muassasalari kabi oliy ta’lim dasturini 
bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beradigan oliy 
ta’lim muassasasi.
Institutning asosiy funktsiyalari: 
1. Oliy va oliy ta’limdan keyingi o’quv dasturlarini bajarishni ta’lim va 
fanning ma’lum bir mehyorida amalga oshiradi;
2. mutaxassislarni ma’lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish bilan shug’ullanadi. 
O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonunida oliy 
ma’lumot olish uchun nodavlat muassasalarini tashkil qilishga ruxsat 
berilgan. Hozirgi paytda respublikamizda 10 ziyod mustaqil yoki davlat 
bilan sherikchilik asosida nodavlat ta’lim muassasalari va xorijiy ta’lim 
muassasalari faoliyat yuritmoqda. Nodavlat ta’lim muassasasi Vazirlar 
mahkamasi huzuridagi davlat attestattsiya va akkreditatsiya inspektsiyasi 
tomonidani faoliyat yuritishi to’g’risida litsenziya bergandan keyin faoliyat 
yuritish huquqiga ega bo’ladi. 


76 
Barcha oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-huquqiy tuzilmasidan qahtiy nazar 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi 
tomonidan pedagogik kadrlar va ta’lim muassasalarining attestatsiyadan o’tkazish 
nizomi asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilar jamoasi har 5 
yilda attestatsiyasidan o’tkaziladi. Attestatsiya natijalariga ko’ra ta’lim muassasiga 
faoliyatini davom ettirishga ruxsat beriladi (bunday ta’lim muassasalari 
akreditatsiyadan utgan deb hisoblanadi) yoki ta’lim muassasasining atestattsiya 
natijalari akkreditatsiya talablariga javob bermasa oliy o’quv muassasasi davlat 
akkreditatsiyasidan mahrum etiladi yoki ta’lim muassasiga qayta atestattsiyadan 
utish uchun qo’shimcha vaqt beriladi. 
O’zbekistonda ta’lim berish(olish)ning kunduzgi, kechki sirtqi, masofaviy va 
eksternat shakillari mavjud. 
Eksternat — oliy ta’lim standartlari va fan dasturlariga muvofiq 
keyingi(joriy va yakuniy) attestatsiyagacha tanlangan yo’nalish (mutaxassislik) 
bo’yicha mustaqil o’rganish asosida attestatsiyadan utish. 
Masofaviy ta’lim — asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta’lim 
muassasasidan uzoqda turib o’quv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni 
o’zlashtirish, fanlar bo’yicha atestatsiyani zamonaviy axborot texnologiyalari va 
telekommunikatsiyaning
texnik vositalaridan ya’ni dasturiy o’qitishdan 
foydalanish orqali amalga oshirish.
Kunduzgi 
o’qitish 
bo’yicha 
mutaxassislarni
tayyorlashning 
yo’nalishlari O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tomonidan 
belgilanadi. 
O’zbekiston respublikasida oliy ta’lim tizimining boshqaruvi Vazirlar 
Maxkamasi va Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari 
mavjud bo’lgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalarni 
bajaradi: 
1. Bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat 
ta’lim standartlarini, o’quv reja va o’quv fanlari dasturlarni ishlab chiqish, 


77 
tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta’lim 
muasalarini ular bilan tahminlash;
2. Oliy ta’lim yo’nalish va mutaxassislik klasifikotoriga zarur bo’lganda 
o’zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasi bilan kelishilgan holda 
o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;
3. Oliy ta’lim muassasi faoliyatining normativ-huquqiy tahminotini ishlab 
chiqish va o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;
4. O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalari o’quv-uslubiy 
boshqaruvini amalga oshirish;
5. Oliy va o’rta maxsus kasb xunar ta’limi kadrlarini taerlash, qayta taerlash 
va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;
6. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini 
tahminlash.
O’zbekistonda oliy ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shaklarini 
rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining rektorlar kengashi 
tashkil qilingan. Kengash Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
nizom asosida faoliyat yuritadi.
Oliy ta’lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan 
amalga oshiriladi. Davlat oliy ta’lim muassasasi rektori O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta’lim 
muassasalari rektorlari esa, tahsischilar tomonidan tayinlanadi. 
Oliy ta’lim muassasasining ish natijalari uchun to’liq javobgarlik 
rektor zimmasiga yuklatiladi. Rektorning asosiy vazifalari qo’ydagilar bo’lib 
hisoblanadi: 
1. OTM nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi; 
2. OTMning mol-mulkga belgilangan tartbda egalik qiladi; 
3. OTM nomidan xo’jalik shartnomalari tuzadi; 
4. Ishonchnomalarni taqdim etadi; 
5. Bankda oliy ta’lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar 
boshqaruvchisi hisoblanadi; 


78 
6. OTM ishchilar va talabalari uchun majburiy bo’lgan buyruq va topshiriqlarni 
chiqaradi; 
7. OTM prorektorlarining aniq majburiyatlarini va mahsuliyatlarini belgilab beradi;
8. Ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedpgogik xizmatchilarni o’zbekiston 
respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan 
bo’shatadi;
9. Oliy ta’lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo’limlarining 
ilmiy tadqiqot, tajribviy-eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va 
ularning nizomlarini tasdiqlaydi;
10. oliy ta’lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yeki 
qo’shimcha to’lovlarni belgilab beradi;
11. Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda
ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;
12. Qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.
Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag’lari chegarasida, 
oliy ta’lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va 
oyliklariga o’rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda, birinchidan, oliy ta’limni 
boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy 
kengashning maslaxatiga ko’ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega, 
ikkinchidan, O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 
shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.
Oliy ta’lim muassasasida, uning faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy 
masalalarini ko’rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi. Ilmiy kengashning 
tarkibi, vakolatlari, tartibi va faoliyati Oliy Ta’limni Vazirining qarori bilan 
tartibga solinadi. SHuningdek, oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi 
bo’lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. uning tarkibiga taosischilar, mahalliy 
hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa 
ta’lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va xomiylarning vakillari 
kiritiladi. Oliy ta’lim muassasasi shu oliy ta’lim muassasasi qoshida tashkil topgan 


79 
akdemik litseylarning boshqaruvini va bir xil profilli kasb-xunar kollejlarini 
hamda texnikumlarni homiyligini amalga oshiradi.
Amaldagi qonunchilk va mehyoriy hujjatlarga ko’ra oliy ta’lim 
muassasasi qoshida dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy 
va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga 
o’hshash boshqa ijtimoiy tashkilotlar, jamoatchilik kengashi, ilmiy va 
ko’ngilli jamiyatlar tashkil qilinishi mumkin. Oliy ta’lim muassasasi 
tasdiqlangan ishchilar miqdori, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
mablag’lar chegarasida, talabalarning miqdoridan kelib chiqqan holda 
belgilangan tartibda o’z tarkibini mustaqil shakllantiradi. 
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tubdan isloh qilindi. 1997 yil 29 
avgustda 5 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lgan O’zbekiston 
Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni qabo’l qilingan. Ushbu 
Qonunning asosiy maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar 
o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda jamiyatimizning har bir 
ahzosini bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini tahminlash bo’lib 
hisoblanadi. Bunday ulkan maqsadga erishish uchun davlatning ta’lim 
siyosatining qo’ydagi asosiy tamoyillari ishlab chiqildi:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
3. Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
4. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: kademik litseyda yoki kasb-hunar 
kollejida yoki texnikumda o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
7. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
8. Bilimli bo’lishni va isteododni rag’batlantirish;
9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. 
Ta’lim to’g’risidagi qonunga ko’ra jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy 
mansubligi, eotiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, 


80 
ijtimoiy mavqei, turar joyi, O’zbekiston hududida qancha vaqt yashaganligidan 
qatoi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
O’zbekiston fuqorolariga bilim olishda qo’ydagi huquqlar berilgan: 
1. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
2. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
3. Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish, shuningdek 
ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga bilim olish;
4. Barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi 
o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
5. Oilada yoki o’zi mustaqil ravishda ta’lim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan 
o’tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini 
berish orqali tahminlanadi.
Fuqaroligi bo’lmagan Respublikada yashayotgan shaxslar ta’lim olishda 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Xorijiy davlat 
fuqarolari xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan talablar asosida o’qishga qabo’l 
qilinadi.
Ta’lim to’g’risidagi qonunga kura tegishli ma’lumot va kasb tayyorgarligi 
hamda yuksak, ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslarga pedagogik faoliyat 
bilan shug’ullanish huquqi berilgan. Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish sud 
hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida ishga qabo’l qilish
man etiladi.
Pedagog xodimlarni oliy o’quv yurtlariga ishga qabul qilish O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida 
amalga oshiriladi.
Ta’lim 
muassasasining 
(institut, 
akademiya, 
universitet) 
huquqiy maqomi
Ta’lim to’g’risidagi Qonunining 
6-moddasida belgilab berilgan 
bo’lib, unga ko’ra, Ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo 
etiladi va ustav asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan 
tartibda davlat akkreditatsiyasidan o’tgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga 
ega bo’ladi va ta’lim faoliyati ko’rsatadi. Ularni akkreditatsiyalash Vazirlar 


81 
Mahkamasi qoshida tashkil qilingan attestattsiya – akkreditatsiya 
komissiyasi tomonidan o’tkaziladigan attestatsi natijalariga ko’ra amalga 
oshiriladi. Agar, ta’lim muassasi attestattsiya natijalariga ko’ra talabga javob 
bermasa uning faoliyat ko’rsatish to’g’risidagi akkreditatsiyasi 
(litsenziyadan) olib qo’yiladi.
Ta’lim muassasasi ta’lim to’g’risidagi qonunning 6-moddasiga ko’ra 
o’quv-tarbiya majmuilari, o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari 
va uyushmalariga ahzo bo’lishi yoki ular bilan hamkorlik qilishiga ruxsat 
berilgan. SHuningdek, ta’lim muassasasiga tadbirkorlik faoliyatining qonun 
bilan cheklanmagan barcha turlari, pullik o’quv kurslari, repetiterlik, 
maslahat berish ishlarini tashkil qilishga hamda mahsulot ishlab chiqarish, 
xizmat ko’rsatish, ishlar bajarish bilan shug’ullanishlariga ruxsat berilgan.
Oliy ta’lim muassasasi faoliyatini Davlat ta’lim standartlari talabi 
asosida tashkil qiladi. Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, 
kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni 
belgilaydigan mehyoriy hujjat bo’lib, uning talablarini bajarish O’zbekiston 
Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy bo’lib 
hisoblanadi.
Ta’lim 
muassasalarida 
ta’lim 
berish 
tili 
«Davlat 
tili 
haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga 
oshiriladi:
1. Maktabgacha ta’lim;
2. Umumiy o’rta ta’lim;
3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
4. Oliy ta’lim;
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
7. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
8. Maktabdan tashqari ta’lim.


82 
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga 
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim bola olti-etti 
yoshga kirgunga qadar oilada hamda mulk shaklidan qathi nazar bolalar 
bog’chasida va boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. 
Umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichda olib boriladi, birinchi bosqich, 1–4 
sinflar, ikkinchi bosqich, umumiy o’rta ta’lim, 5–6 sinflar. Maktabning birinchi 
sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy o’rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, 
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki 
tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam 
beradi. Bolalarning qobiliyati, isteododini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan 
litseylar va boshqa maktablar shaklida tashkil etilishi mumkin.
 
Maxsus kasb-hunar yoki oliy ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o’rta 
ta’lim asosida kasb-hunar kollejida, texnikumda yoki oliy ta’lim muassasida 
o’qishning yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Kasb-hunar kollejlari va texnikumlar tomonidan beriladigan hujjat (diplom) 
fuqorolarga egallangan kasb-hunari bo’yicha ishlash huquqini beradi.
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tahminlaydi. Oliy 
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, 
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) 
umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va texnikumlar asosida amalga oshiriladi 
hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to’g’risidagi 
hujjatlar asosida ikki shaklda davlat byudjeti mablag’lari yoki kontrakt to’lovlari 
asosida amalga oshiriladi: bakalavriat va magistratur shaklida. Bakalavriat oliy 
ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan, o’qish muddati kamida 
to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha 
bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Ikkinchi, 
uchinchi va undan keyingi oliy ma’lumot faqat shartnoma asosida beriladi.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik 
kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahminlashga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlari 


83 
va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, 
adhyunktura, 
ordenantura, 
tayanch 
doktorantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik shaklida am alga 
oshiriladi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar 
va unvonlar berish Vazirlar Mahamasi qoshida tashkil qilingan Oliy 
Attestattsiya Komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi natijalariga yoki 
yillar davomida bajargag ilmiy-tadqiqot ishlarining ahamiyatiga ko’ra qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Kadrlar bilmini oshirish, yangilash hmda ularni kasb bilimlari 
va ko’nikmalarini chuqurlashtirish qayta tayyorlash malaka oshirish tizimi 
orqali to’lov–kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qonunning 16-bandiga 
ko’ra Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muddatlari, 
malaka oshirish joylari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
Maktabdan tashqari ta’lim bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi 
ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini samarali tashkil 
etish maqsadida, davlat organlari, sport va sanaht vazirliklari, jamoat 
birlashmalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
kontrakt-to’lov asosida amalga oshiriladi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti 
saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, 
sanaht 
maktablari, 
musiqa maktablari, 
studiyalar, 
kutubxonalar, 
sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Ularning 
faoliyat ko’rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi. 
SHu qonunning 17-moddasi bilan O’zbkiston fuqorolariga oilada 
ta’lim va mustaqil ta’lim olishga ruxsat berilgan. Bunday ta’lim tegishli 
ta’lim muassasalarining dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi. Davlat oilada 
ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko’maklashadi. Ta’lim 
oluvchilarga 
vakolatli 
davlat 
muassasalari 
tomonidan 
uslubiy, 
maslahat va boshqa yordamlar ko’rsatiladi. 


84 
Qonunga ko’ra ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat, shahodatnoma, diplom, 
sertifikat, guvohnoma
38
, shuningdek, oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga 
o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning hajmlari (soati) va fanlarga qo’yilgan 
baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga 
belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Ilmiy unvon olgan 
mutaxasislarga attestat beriladi. 
Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi 
bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o’rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida 
har ikki tomonning ma’lumot to’g’risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o’zaro tan 
olinishi mumkin (nostrifikatsiya qilinishi mumkin), bunda diplomi tan olingan 
shaxsga O’zbekiston diplomi taqdim etiladi. 
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan 
namunadagi 
ma’lumotnoma 
beriladi. 
Davlat 
tasdiqlagan 
namunadagi 
ma’lumotnoma ta’lim muassasalarida navbatdagi bosqichda ta’lim olishni davom 
ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo’yicha ishlash huquqini beradi. 
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 3-qismida ta’lim jarayoni qatnashchilarini 
ijtimoiy himoya qilish tartibi belgilab berilgan. Unga ko’ra ta’lim oluvchilarga 
qonun va tarmoqlarning mehyoriy hujjatlarga muvofiq imtiyozlar berish, 
stipendiya va yotoqxonada joy bilan tahminlanishi nazarda tutilgan.
Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishning qo’ydagi 
tartiblaridan foydalaniladi: 
1. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati; 
2. Haqi to’lanadigan yillik uzaytirilgan taotillar; 
3. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlar.
38

Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki 
mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo’yicha 
ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta’lim muassasalarida o’qitilishi shart bo’lgan 
va ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan mutaxassisliklar bundan 
mustasno.


85 
SHuningdek ta’lim muassasalari rahbarlari ish haqi fondi doirasidagi 
mablag’lar hisobidan mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga 
tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to’lash va uni 
rag’batlantirishning turli shakllarini qo’llashlari mumkin. 
Qonunda yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy 
vakillarining vasiyligisiz qolgan hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida 
nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish uchun ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasalari tashkil etish nazarda tutilgan. Ularni boqish davlatning 
to’la tahminoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Bolalar va o’smirlarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish 
va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining 
roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan 
amalga oshiriladi. 
Yetim bolalar va jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan, 
shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalar va o’smirlarni 
o’qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun. Ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalarining o’quvchilari qisman yoki to’la davlat tahminotida bo’ladi. 
Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va o’qishga muhtoj bo’lgan bolalar 
va o’spirinlarning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini 
tahminlash uchun davlat tomonidan ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya 
muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tash muassasalarida 
saqlanayotgan shaxslarning ta’lim olishi va mustaqil bilim olishi uchun 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi. 
Ta’lim tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan boshqariladi. Qo’ydagilar Vazirlar Mahkamasining ta’lim 
sohasidagi vakolatlari bo’lib hisoblanadi: 
1. Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
2. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;


86 
3. Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
4. ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini 
belgilash;
5. ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni 
attestatsiyadan o’tkazish tartibini belgilash;
6. Boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasining 
hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar 
berish;
7. Qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarini 
tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
8. Davlat ta’lim standartlari tasdiqlash;
9. davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni 
tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
10. davlat grantlari miqdori va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini 
belgilash;
11. Davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
12. Ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan 
boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash; 
13. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Ta’lim sohasi maktibgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy va o’rta maxsus 
ta’limi Vazirliklari va Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
boshqariladi. Vazirliklarga ta’limni boshqarish bo’yicha qo’ydagi vakolat berilgan:
1. Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish;
2. Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga 
rahbarlik qilish;
3. Davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb 
tayyorgarligiga bo’lgan talablar bajarilishini tahminlash;
4. O’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, 
ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish;
5. O’quv va o’quv-uslibiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;


87 
6. Ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim 
muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;
7. Davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida Vazirlar 
Mahkamasiga takliflar kiritish;
8. Pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta 
tayyorlashni tashkil etish; 
9. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’limni boshqarish bo’yicha 
qo’ydagi vakolat berilgan:
1. Ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
ehtiyojlariga muvofiqligini tahminlaydilar

2. Ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, 
(respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno), ularning 
Ustavlarini ro’yxatga oladilar;
3. O’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash 
miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;
4. Ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga 
bo’lgan davlat talablariga rioya etilishini tahminlaydilar;
5. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
O’zbekistonda Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika 
va mahalliy byudjetlar mablag’lari, shuningdek byudjetdan tashqari 
mablag’lar (korxonalarning homiylik mablag’lari, chet el grantlari, kontrakt-
to’lov mablag’lari) hisobidan amalga oshiriladi. 
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 32-moddasiga ko’ra qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet 
ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan ta’limni 
rivojlantirish fondlari tashkil etiladi. Bu fondning mablag’lari hisobidan 
pedagog kadrlarni horij davlatlarining Universitetlarida stajirovka utishi, 
malaka oshirishi va tajriba almashish hamda ularning xorij davlatlarida 
tayanch doktoranturalar utish maqsadlari uchun foydalaniladi. 


88 
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 33-moddasiga ko’ra ta’lim muassasalari 
ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet 
davlatlarning tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatadilar, 
belgilangan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etadilar. 
O’zbekistonda Korya, Rossiya, Latviya, Xitoy, Angliya, AQSH va boshqa 
davlatlarning nufuzli Unversitetlari bilan hamkorlikda 15 dan ziyod qo’shma 
institutlar va fakultetlar tashkil qilingan.
Qonunning 29-moddasiga ko’ra ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi 
organlari
39
nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga 
rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to’g’risidagi 
qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning 
faoliyatini to’xtatib qo’yishi mumkin. Nodavlat ta’lim muassasalarida qabul davlat 
o’quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim rivojlanishini uch bosqichga ajratish 
mumkmn: 
1. Birinchi bosqich, ta’lim to’g’risidagi huquqiy – mehyoriy, hujjatlarni, 
o’quv – uslubiy, moddiy texnika bazani yaratish, 1995-2010 yillar; 
2. Ta’limni rivojlantirish 2010 – 2015 yillar; 
3. Ta’lim sifatini yaxshilash va ta’lim berishda xalqaro amaliyotdan 
foydalanish, 2017 yildan hozirgacha.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin