Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Maxsus fanlar bloki: 
bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha muvofiq kasb 
faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish 
istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi; tegishli bakalavriat ta’lim yo’nalishi 
bo’yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko’nikmalari va uquvlarini 
shakllantirishi; talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo’yicha kelgusida 
ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo’lishiga ko’maklashishi lozim. 
Qo’shimcha fanlar bloki: 
talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo’yicha 
qo’shimcha ravishda chuqur bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishi; ta’lim 
sifatiga qo’yilayotgan talablar va mehnat bozori konhyunkturasi tez o’zgarayotgan 
sharoitda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejalar va fanlar 
dasturlarining safarbarligi va moslashuvchan bo’lishini tahminlashi lozim. 
Magistratura mutaxassisliklari o’quv rejalari va fanlar dasturlari bakalavriat 
ta’lim yo’nalishlarining o’quv rejalari va fanlar dasturlari bilan uzluksizlik va 
uzviylik tahminlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va mazmuni oliy 
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang’ich 
bosqichi sifatida mutaxassislik bo’yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar 
berishni ko’zda tutb shakillantiradi. 
Magistratura o’quv rejasida quyidagi majburiy bloklarni o’zlashtirilishi
nazarda tutiladi: 
1. Umummetodologik fanlar; 
2. Mutaxassislik fanlari; 
3. Ilmiy faoliyat: 
4. Talabalar tanlagan fanlarni.
O’quv rejada talabalarning o’quv rejalar va fanlar dasturlarini 
o’zlashtirishida mustaqil bilim olishi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish 
nazarda tutilgan.
Magistratura bosqichi o’quv rejasining o’quv fanlari bloklari mazmuniga 
qo’yiladigan umumiy talablar qo’yiladi. 
Umummetodologik fanlar bloki: 
milliy istiqlol g’oyasi va gumanitar, 
texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo’yicha bilimlar berilishi; 


102 
insoniyatning global muammolari, mahnaviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, 
ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy tsivilizatsiya va uning taraqqiyot 
yo’nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari to’g’risidagi 
tasavvurlar shakllantirishi; ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko’nikmalari 
va uquvlarini shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bo’yicha muntazam 
ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi; ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy 
tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot 
usullari, qonunlar va qoidalar mantig’i, asoslash va inkor qilish usullariga, 
shuningdek nutq madaniyati asoslari bilimlariga, pedagogik texnologiyalar
mutaxassisliklar bo’yicha menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni tahminlashi; 
amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yo’naltirilgan axborot texnologiyalari va 
tizimlarini o’zlashtirishni tahminlashi; 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin