Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki: 
umumiy o’rta va o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida olingan bilimlarni to’ldirishi va rivojlantirishi; 
milliy istiqlol g’oyasi va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida 
ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak mahnaviyat va demokratik 
madaniyatni, iqtisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, ehtiqod va ijtimoiy-siyosiy 
faollikni shakllantirishi; ta’limning tarix, falsafa, xalq anhanalari, urf-odatlari bilan 
uzviy birligini, O’zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa 
xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo’lishni tahminlashi; 
insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhini rivojlantirishi; ta’lim va 
tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har 
tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilganligini 
tahminlashi lozim. 
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki: 
umumiy o’rta va o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda 
bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot to’plash, ularni qayta 
ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati haqida oliy 
darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi; koinotning tabiiy obhekt ekanligi va uning 
evolyutsiyasi; tabiiy fanlarning o’zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy 
hodisalarni tadqiq etish kontseptsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson 
faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga putur yetkazmaydigan texnologiyalar 
yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi; muayyan bilim 
sohasi uchun zarur bo’lgan fundamental fanlarni chuqur o’rganishning ilmiy va 
nazariy asoslarini tahminlashi lozim. 
Umumkasbiy fanlar bloki: 
matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus 
fanlar o’rtasida ilmiy va nazariy bog’liqlikni tahminlashi; maxsus fanlarni 
o’rganish va chuqur egallash uchun zarur bo’lgan fundamental umumkasbiy 
bilimlarni, amaliy ko’nikma va o’quvlarni shakllantirishi; modelli tasavvurlarni 
tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo’riqlariga oid bilimlarni 
amalda qo’llash ko’nikmalarini tahminlashi lozim. 


101 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin