3. BUXGALTERLARNI SERTIFIKATLASH TIZIMI
Buxgalterlarni sertifikatlash respublika buxgalterlar va auditorlarning
professional jamoat birlashmalari tashabbusi bilan va ular tomonidan ishlab
chiqilgan va "BUXGALTERLAR VA AUDITORLAR IMTIHON MARKAZI"
MCHJishtirokchilarining umumiy yig’ilishi majlisining2015 yil 21 noyabrdagi 3-
son bayonnomaqarori bilan tasdiqlanganO’zbekiston uxgalterlarini sertifikatlash
to’g’risidaNIZOM bilan amalga oshiriladi.
Buxgalter sertifikati o’zi nima? Buxgalter sertifikati - buxgalteriya hisobi
sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun buxgalterning professional malakasini
tasdiqlaydigan hujjat bo’lib hisoblanadi.
Buxgalterlarni sertifikatlash ikki darajadan iborat:
1-daraja - "Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter" - "Milliy qonun hujjatlari
bo’yicha " Buxgalteriya hisobi" va "Soliq solish" fanlari bo’yicha imtihonlar
muvaffaqiyatli topshirilganda beriladi.
2-daraja - "Sertifikatlangan professional buxgalter" - 1-darajali sertifikat
mavjud bo’lganda va Moliyaviy Hisobning Xalqaro Standarti bo’yicha
“Moliyaviy hisob", "Boshqaruv hisobi" va "Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy
tartibga solish" fanlari bo’yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda yoki
barcha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda 1-darajali sertifikat mavjud
bo’lmaganda beriladi.
Sertifikatlar muddatsiz hisoblanadi hamda O’zbekiston respublikasining
buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalari tomonidan
beriladi.Sertifikat egasi respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat
birlashmalaridan biriga ahzo bo’lishi, respublika buxgalterlar va auditorlar jamoat
59
birlashmalarining “Buxgalterlar odob-axloq kodeksi”ga rioya etishi va sertifikat
olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili belgilangan dastur bo’yicha malaka
oshirish kursini o’tishi talab etiladi.
Imtihonlarni tashkil etish va o’tkazish respublika buxgalterlar va auditorlar
professional jamoat tashkilotlari tahsis etadigan mustaqil “Imtihon markazi”
tomonidan amalga oshiriladi. Imtihonlarni o’tkazish jadvalini va imtihon uchun
to’lov miqdorini respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat
birlashmalari tomonidan belgilanadi.
“Imtihon markazi” o’z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari, markaz ustavi
va
O’zbekiston
buxgalterlarini
sertifikatlash
to’g’risidagiNIZOMga
muvofiq amalga oshiradi. Uning faoliyati shuningdek respublika buxgalterlar va
auditorlar professional jamoat tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadigan alohida
“Imtihon markazi to’g’risidagi Nizom” bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar Imtihon markazining vazifalari hisoblanadi:
1. Imtihon modullarini ishlab chiqish;
2. Imtihonlarni boshqarish;
3. Imtihon ishlarini baholash;
4. Ishtirokchilarga imtihonlarning natijalarini berish;
5. Imtihon ishlarini saqlash;
6. Xodimlari tomonidan imtihon axborotining maxfiyligini tahminlsh.
Sertifikat olish uchun dahvogar respublika buxgalterlar va auditorlar
professional jamoat birlashmalaridan biriga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga
quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Ish faoliyati haqida anketa;
2. Pasport nusxasi;
3. Ma’lumot to’g’risidagi diplom nusxasi (tastiqlangan bo’lishi kerak);
4. Elektron mehnat daftarchasidan ko’chirma yoki nusxa ;
5. Ikkita 3 x 4 o’lchamli fotosurat ;
60
6. Tegishli imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to’g’risida guvohnoma,
auditorning malaka sertifikati yoki buxgalter xalqaro sertifikatining nusxasi
35
;
7. Hujjatni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat
birlashmasi ahzoligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi.
Sertifikat olish to’g’risidagi ariza respublika buxgalterlar va auditorlar
professional jamoat birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sertifikatlash dasturi bo’yicha buxgalterlarni o’qitish va ularni malakasini
oshirish bilan tegishli litsenziyaga ega bo’lgan Auditorlar palatasi, O’BAMA,
auditorlik firmalari va boshqa yuridik shaxslar shug’ullanadilar.
Imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida axborot Respublika
buxgalterlar va uditorlar professional jamoat birlashmalarining veb-saytlarida
joylashtiriladi. Respublika buxgalterlar va uditorlar professional jamoat
birlashmalari dahvogarlardan sertifikatlar olish uchun arizalarni qabul qiladilar va
ijobiy qaror qabul qilinganda
dahvogarga sertifikat beradilar. O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda berilgan sertifikatlar va ular
egalarining malaka oshirish kurslarini o’tishlari to’g’risida axborot taqdim etiladi.
"Sertifikatlangan
amaliyotchi
buxgalter"
sertifikatini
olishga
dahvogar quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak:
1. O’rta yoki oliy ma’lumot, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim
muassasasida
olingan
va
O’zbekiston
Respublikasida qonun hujjatlariga
muvofiq E’tirof etilgan ma’lumotning mavjudligi;
2. Tah\lim muassasasini bitirgandan keyin buxgalteriya hisobi, audit,
soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida yoki ushbu sohalarda dars berish bobida
uni bitirgandan keyingi besh yilning kamida bir yili mobaynida amaliy ish
stajining mavjudlig;
3. Milliy qonun hujjatlari bo’yicha «Buxgalteriya hisobi" va "Soliq solish"
fanlariga doir imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganligi;
35
.
Auditor malaka sertifikati va buxgalter xalqaro sertifikati malakaning har yili oshirilishi tasdiqlaydigan
guvohnoma mavjud bo’lganda hisobga olinadi.
61
4.
Respublika
buxgalterlar
va
auditorlar
professional
jamoat
birlashmalaridan biriga ahzo bo’lishligi.
"Sertifikatlangan
professional
buxgalter"
sertifikatini
olishga
dahvogar quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak:
1. Oliy iqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim
muassasasida olingan va nostrifikatsiya qilingan ma’lumotning mavjudligi;
2. Buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida
yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim muassasasini bitirgandan
keyin oxirgi o’n yilning kamida ikki yili davomida amaliy ish stajiga ega
bo’lishlik;
3. Oliy noiqtisodiy ma’lumotning shu jumladan xorijiy davlatning oliy
ta’lim muassasasida olingan va nostrifikatsiya qilingan ma’lumotning mavjudligi;
4. Milliy qonun hujjatlari bo’yicha «Buxgalteriya hisobi", "Soliq solish",
"MHXS
bo’yicha
moliyaviy hisob",
"Boshqaruv hisobi",
"Tadbirkorlik
faoliyatini huquqiy tartibga solish" fanlari bo’yicha imtihonlarni topshirganligini
tasdiqlovchi hujjat nusxasini mavjudligi;
5. MHXS bo’yicha «Moliyaviy hisob", "Boshqaruv hisobi", "Tadbirkorlik
faoliyatini huquqiy tartibga solish" fanlari bo’yicha imtihonlarni topshirganligini
tasdiqlovchi hujjat nusxasini mavjudligi;
6. Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlaridan
biriga ahzo bo’lishlik.
Quyidagi sertifikatlarning biriga ega bo’lgan dahvogarlar "Sertifikatlangan
professional buxgalter" sertifikatini imtihon topshirmasdan oladilar:
1. Amal qilayotgan ya’ni muddati o’tmagan auditorning malaka sertifikatiga
ega bo’lganlar;
2. 2013 yil iyulgacha CAP/CIPA malaka sertifikatlariga ega bo’lganlar.
Auditorning malaka sertifikati yoki buxgalterning xalqaro sertifikati tegishli
sertifikat olingan yoki uzaytirilgan yilidan keyingi yildan boshlab har yili malaka
oshirilganligini tasdiqlaydigan guvohnoma mavjud bo’lgandagina hisobga olinadi.
62
Fanlar bo’yicha imtihonlar mustaqil «Imtihon markazi» tomonidan
o’tkaziladi va ular qo’ydagilarni amalga oshiradilar:
1. Dahvogarlarni ro’yxatdan o’tkazadi va ularni imtihonlarni
o’tkazish qoidalari bilan tanishtiradi;
2. Imtihonlarni o’tkazish uchun jihozlangan xonalar bo’lishini, ular zarur
texnik vositalar bilan jihozlanishini tahminlaydi;
3. Dahvogarlarni imtihonlarga kiritishni amalga oshiradi;
4.
Imtihonlarni
o’tkazish
va
topshirish
bilan
bog’liq bo’lgan
axborot, hujjatlar va materiallarning saqlanishini tahminlaydi.
Har bir imtihonning davomiyligi - 4 soat, "MHXS bo’yicha
moliyaviy hisob" fani bundan mustasno, uning davomiyligi - 5 soat qilib
belgilangan.
Buxgalterlarni
sertifikatlash
dasturining
barcha
imtihonlari
"Yopiq kitob" formatida o’tkaziladi (o’quv adabiyotlari, konspektlar va OAV
materiallaridan foydalanmasdan), bundan "MHXS bo’yicha moliyaviy hisob" fani
bo’yicha imtihon mustasno, u "Ochiq kitob" formatida o’tkaziladi.
Imtihon topshiriqlarining formati:
1. MHXS bo’yicha «Moliyaviy hisob" - vaziyat topshirig’i va javoblarning
bir nechta varianti bo’lgan savollar - testlar;
2. "Milliy andazalar bo’yicha buxgalteriya hisobi", "Boshqaruv hisobi",
"Soliq solish", "Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish" - topshiriqlar va
javoblarning bir necha varianti bo’lgan savollar - testlar.
Imtihon vaqtida dahvogarlarning quyidagi xatti-harakatlari taqiqlanadi:
1. Mehyoriy-huquqiy hujjatlar, o’quv va maxsus adabiyotlardan foydalanish,
bundan "MHXS bo’yicha moliyaviy hisob" bo’yicha imtihon mustasno;
2. Mobil telefonlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
3. Javobni aytib berish, bir-birlari bilan suhbatlashish, maslahat va
tushuntirishlar berish;
4. Auditoriyadan imtihon materiallarini olib chiqish;
5. Mustaqil imtihon olish tashkiloti belgilagan imtihonlar o’tkazish qoidalari
bilan taqiqlangan boshqa yo’l qo’yib bo’lmaydigan harakatlarni sodir etish.
63
Ushbu talablarni buzgan dahvogarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.
Imtihon natijalari bildiruvnoma tarzida shaxsan dahvogarlarga mustaqil
Imtihon markazi tomonidan u o’tkazilgandan keyin sakkiz haftadan kechiktirmay
taqdim etiladi.
Imtihon markazi natijalar ehlon qilingandan keyin bir hafta mobaynida
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan dahvogarlarning to’liq ro’yxatini respublika
buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalariga topshiradi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan dahvogarlarga mustaqil Imtihon markazi
tomonidan imtihonlar natijalari ehlon qilingan sanadan boshlab ikki haftadan
kechiktirmay tegishli namunadagi Guvohnoma beriladi.
Yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o’rniga sertifikat egasining
arizasiga ko’ra dublikat berililadi.
"Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter" yoki "Sertifikatlangan professional
buxgalter"
sertifikatlarining
amal qilishini
tugatish
uchun quyidagilar
asos hisoblanadi:
1. Sertifikat egasining arizasi;
2. Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasidagi
ahzolikni tugatish;
3. Har yilgi buxgalterlar malakasini oshirish kurslarida uch yil mobaynida
o’qimaslik;
4. Buxgalterlar odob-axloq kodeksini buzish.
Dostları ilə paylaş: |