Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
1. 
Vijdonlilik.
Malakali 
buxgalter 
ish 
yuzasidagi 
barcha 
munosabatlarda insofli, andishali, chidamli, adolatli, vijdonli va halol 
bo’lishi kerak. Adolatlilik, vijdoniylik va halollik buxgalterlarni ish sifatini 
aniqlaydigan belgilardan biridir. Buxgalterning «halol» yoki «etarlicha halol 
emas»ligi oqibatida uchyot ishlarida ayrim xatolik va kamchiliklar chiqib 
qolishi ehtimoldan holi emas. Buxgalterni halolligiga chetdan doimo tahsir 
bo’lib turadi va u korxona jamoasini doimiy kuzatuv doirasida bo’ladi. 
Lekin mutaxassis bularning barchasiga bardosh berishi, chidashi, har qanday 
vaziyatda ham o’zini tuta bilishi va to’g’ri yo’l tutishi kerakligini 
unutmasligi lozim. Buxgalter o’z kasbini ulug’lashi, hurmat qilishi, har 
qanday holatda ham oqilona va haqiqiy ish tutishi lozim;
 
2. Xolislik.
Malakali buxgalterdan korxona faoliyatida sodir 
bo’ladigan har qanday voqealikka har doim adolatli, holis va haqiqiy baho 


54 
berishi lozim. Buxgalter uning xolis, adolatli va haqqoniy bo’lishiga salbiy tahsir 
etadigan boshqa shaxslarning tahsiriga berilmasligi talab etiladi;
 
3. Yuqori malaka va puxtalik.
Malakali buxgalterning malaka 
tayyorgarligi mehyoriy hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Buxgalterdan 
ko’nikma va bilimga ega bo’lishlik, stantdartlar talabiga javob beradigan malaka 
doirasida, batafsil xizmat ko’rsatish talab etiladi. Buxgalter har bir ishni puxtalik, 
sinchkovlik va diqqat bilan bajarishi kerak. Bilimini va tajribasini to’liq ishlatishi 
hamda buxgalteriya va soliq hisobi ishlarini oxirgi o’zgarishlar va yangiliklar 
doirasida, yuqori malakada tashkillashi lozim;
 
4. Konfidentsiallik (maxfiylik)ni tahminlash
. Malakali buxgalterdan 
xizmat vazifasiga kiradigan korxona axborotlarini sir saqlash va ularni maxfiyligini 
tahminlash talab etiladi. Maxfiy axborotlarni korxona rahbarining yozma 
roziligisiz yoki sudni qarorisiz uchinchi tomonlar oldida oshkor etmasligi lozim. 
Uchyot ma’lumotlarini oshkor qilish yoki tarqatish korxona uchun hech qanday 
moddiy yoki boshqa zarar yetkazmasa ham buxgalter maxfiylik tamoyiliga rioya 
qilishi kerak;

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin