42
hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartiblari ham belgilab berilgan.
Ushbu qonunda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya
hisobi subektining rahbari amalga oshirilishi, uning, bu boradagi huquq va
burchlari, bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi
xizmatining rahbari ekanligi, ularning bevosita buxgalteriya hisobi subektining
rahbariga bo’ysunishi, dastlabki imzo huquqi kimga berilishi, boshlang’ich hisob
hujjatlari, ularni tuzish, saqlash tartiblari, shuningdek, buxgalteriya hisobi
axborotlarini hisob registrlarida aks ettirish va bu axborotlarni saqlash tartibi
belgilab berilgan. Korxona aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish
,
aktivlar va majburiyatlarni baholash,daromadlar va xarajatlarni hisobga olish,
korxona xususiy kapitalni hisobga olish, ichki nazoratuni tashkil etish,moliyaviy
hisobotlarni tuzish taqdim etish tartiblari aniq qilib ko’rsatilgan.
Ushbu qonunning 32 moddasida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi deb
ko’rsatib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: