Mavzu bo’yicha savollar
1. Xo’jalik hisobi haqida tushuncha bering.
2. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda xo’jalik hisobini ahamiyati nimada?
3. Xo’jalik hisobini paydo bo’lish tarixi haqida gapirib bering.
4. Buxgalteriya hisobini rivojlanishi qanday bosqichlardan iborat?
5. Ikki yoqlama yozuvning asoschisi kim?
2-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL ETISH
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar:
huquqiy asos, buxgalteriya hisobi
to’g’risidagi qonun, buxgalteriya hisobining milliy andazalari, buxgalteriya
hisobining xalqaro andazalari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakillari,
kitob shakli, jurnal shakli, memorial order shakli, jurnal-order shakli,
kartochka shakli, buxgalteriya hisobining kartochkasiz shakli, buxgalteriya
hisobining qog’ozsiz shakli.
1. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL QILISHNING
HUQUQIY ASOSLARI
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun
ishlab chiqildi va qonun talablari doirasida buxgalteriya hisobi sohasidagi
mehyoriy
hujjatlar
xalqaro
andozalarda
ko’rsatilgan
talablarga
muvofiqlashtiriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risidagi” Nizom, O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining
Milliy Andozalari, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya
hisobotlarini tuzish chog’ida foydalaniladigan uslubiy ko’rsatmalar va
boshqa mehyoriy hujjatlar ishlab chiqildi va bosqichma bosqich tadbiq
etildi. Natijada buxgalteriya hisobining tashkil etishning qo’ydagi huquqiy
mehyorlari yaratildi:
34
1. Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar;
2. O’zbekiston respublikasida mulkchilik to’g’risida Qonuni;
3. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni
tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risida Nizom;
4. Xo’jalik yurituvchi subhektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish
to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni;
5. Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi
to’g’risida Nizom;
6. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom;
7. O’zbekiston respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida Nizom;
8. 1 yanvarg’ holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish
tartibi to’g’risida Nizom;
9. Inventarizatsiya jarayonida aniqlanganmol-mulk kamomadi va ortiqchasining
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi Nizom;
10. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom;
11. Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi Nizom;
12. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida O’zbekiston
Respublikasining Qonuni;
13. Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini
tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining
Qarori;
14. Тармоқ вазирликларининг бухгалтерия ҳисобини ташкил қилиш бўйича
йўриқ хатлари, тармоқ хусусиятларини инобатга олиб ишлаб чиққан Низомлари
ва бошқа меъёрий кучга эга бўлган кўрсатмалари.
Buxgalteriya hisobidagi huquqiy boshqarish huquq mehyorlarini, huquqiy
munosabatlarni, huquqiy javobgarlik va boshqa tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda huquqiy subektlar (korxonalar) bu elementlarga
o’z munosabatlarini bildiradilar. Agar ularning munosabati ijobiy bo’lsa huquqiy
hujjatlarda belgilangan to’g’ri xatti – harakatlar, agar ularning munosabati salbiy bo’lsa
35
noto’g’ri xatti - harakatlari yuzaga keladi. Ya’ni buxgalteriya hisobi va hisobotida
huquqbuzarliklarni bo’lishiga yo’l ochadi.
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun
buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun asosiy huquqiy baza
bo’lib xizmat qiladi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislarini,
shuningdek, korxona rahbarlariniing buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi asosiy
vazifalari, maqsadlari, huquqlari va burchlari ko’rsatib berilgan.
Bu qonun, korxona rahbarlari, buxgalterlari va boshqa mansabdor
shaxslari uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilishni va hisobotlar tuzishni
asosiy tamoyillarini belgilab berdi.
Buxgalteriya
hisobini
tashkil
qilishning
xalqaro
amaliyoti,
buxgalteriya hisobini mehyorlar yordamida boshqarishning quyidagi
tizimlarini nazarda tutadi:
Birinchi daraja–davlat miqyosidagi qonun hujjatlari. Bu darajaga
Respublikamizda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi
qonunni kiritish mumkin;
Ikkinchi daraja - uchyotni tashkil qilishning asosiy qoidalari. Mazkur
darajada buxgalteriya hisobi tushunchalari va qoidalari shunday
belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog’liq shaxslar tomonidan
bir xilda talqin etilsin. Ikkinchi darajaga buxgalteriya hisobining
tasdiqlangan va harakatdagi milliy andozalari kiradi. ;
Uchinchi daraja turli idoralar tomonidan tarmoqlar xususiyatidan kelib
chiqqan holda buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha ishlab chiqilgan
mehyoriy hujjatlar kiradi. Xususan, respublika Moliya vazirligi
tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar,
xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi” Nizom hamda buxgalteriya
hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog’i foydalaniladigan
uslubiy ko’rsatmalar va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin. Uchinchi
darajaga respublika Moliya vazirligi tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi
36
to’g’risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi”
Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish
chog’i foydalaniladigan uslubiy ko’rsatmalar va boshqa hujjatlarni kiritish
mumkin. xilma - xil uslubiy ko’rsatmalar hamda tavsiyalar.
To’rtinchi daraja korxona xususiyatidan kelib chiqib hisob siyosatini
belgilash va hujjatlar oborotini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ish hujjatlari.
To’rtinchi darajaga hisobot yilining boshida har bir korxona o’zi uchun tuzadigan
va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hisob siyosati kiradi.
Buxgalteriya hisobini boshqarish ana shu to’rt darajali tizim doirasida
bo’lishi kerak.
SHunday qilib, respublikada faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik subektlarida
qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi bosqichma-bosqich buxgalteriya hisobining
halqaro tizimiga yaqinlashtirilmoqda.
Buxgalteriya hisobi xo’jalik subektlari bilan birgalikda katta rivojlanish
yo’lini bosib o’tdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ishlab chiqarish
jarayonlarining murakkablashishiga va ularni boshqarish uchun kerak bo’lgan
iqtisodiy axborotlarni tezlikda olish zaruriyatini tug’ilishiga olib keladi. Bu o’z
navbatida, buxgalteriya hisobini, uning ilg’or usullarini va zamonaviy hisoblash
texnikasini qo’llash yo’li bilan takomillashtirishni taqozo qiladi.
Buxgalteriya
hisobini
takomillashtirish
birinchi
navbatda
uning
tezkorlik(operativnost) darajasini oshirishga qaratilishi lozim.Hozirgi kunda
buxgalteriya hisobining tezkorlik darajasi unchalik yuqori emas. Korxona moliya-
xo’jalik faoliyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobot davri tamom
bo’lgandan keyingina olinadi. Ularni tegishli idoralarga tezlikda yetkazib bera
olmaydi. SHuning uchun bunday ma’lumotlardan faqat keyingi hisobot davrlarida
foydalanish mumkin. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining
tezkorligini tahminlash hozirgi davr menejmentining asosiy vazifalaridan biri
bo’lib hisoblanadi.
37
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi keyingi yillarda
“Iqtisodiyot vazirligi”, “Davlistiqbolstat” qo’mita va boshqa tegishli idoralar
bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobini yuritishda ilg’or usul va shakillarni
qo’llash, xalqaro andozalar zaminida milliy andozalarni ishlab chiqish va
joriy qilish, persanal kompyuter texnikasini qo’llash asosida buxgalteriya
uchyotini takomillashtirish masalalarida bir qancha ishlarni amalga
oshiriliyapti.
Hozirgi kunda халқаро бухгалтерия ҳисоби андазалари асосида
moliyaviy buxgalteriya uchyotini tashkillash bo’yicha 24 ta milliy andoza
ishlab chiqilgan. Ular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |