Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-chizma. Xo’jalik hicobining funktsiyalari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

1-chizma. Xo’jalik hicobining funktsiyalari 
Xo’jalik hisobining axborot berish funksiyasi korxonalarning faoliyatida 
sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, kuzatish natijasida olingan 
ma’lumotlarni miqdor va qiymat ko’rsatkichlarda o’lchash va hujjatlarda qayd 
qilib borish bilan, nazorat qilish funksiyasi korxonalarning faoliyatida sodir 
bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar ustidan nazorat o’rnatish va unga tahsir etish, 
tahliliy (analitik) funksiyasi esa, sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlarni 
umumlashtirish, guruhlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun joriy hisob 
ma’lumotlarini tahlil qilish bilan izohlanadi.
 
Korxonalar, firmalar, tashkilotlar, umuman barcha xo’jalik yurituvchi 
subektlar (keyinchalik korxona deb aytiladi) o’z faoliyatlarida moddiy (xom ashyo, 
materiallar, tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, binolar, transport vositalari, uskunalar va 
boshqa shu kabi moddiy resurslar), mehnat va moliyaviy resurslar hamda turli xil 
xizmatlardan foydalanadilar. Ularni moliyalash, ya’ni pulini to’lash lozim bo’ladi.
SHuningdek, korxonalar faoliyatini amalga oshirishda, boshqarish uchun 
ko’plab axborotlar zarur bo’ladi. Bu axborotlarni hujjatlashtirish va qaydlash 
uchun zarur bo’lgan ishlar (kuzatish, o’lchash, qayd qilish) hisob olib borishni 
Axborot berish
Nazorat qilish
Tahlliliy 
(analitik
)


27 
taqozo etadi. Amaliyotda xo’jalik hisobi ishlarini tashkil qilishning tezkor 
(operativ - texnik), statistika va buxgalteriya hisobi turlari mavjud. Hisob 
ishlarini tashkil qilishning bu turlari uzviy bog’langan bo’lib bir-biridan 
bajaradigan vazifasi, qaerda qo’llanishi va o’ziga xos uslublari bilan farq 
qiladi.
 
Korxonalar faoliyatini boshqarish uchun har kuni ko’pdan-ko’p 
operativ (tezkor) axborotlar (ma’lumotlar) kerak bo’ladi. Masalan, neft 
mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan Farg’ona neft bazasi faoliyatini 
uzluksizligini tahminlash uchun neft mahsulotlari zahiralarini qoldiqlari, 
haridorlarning qarzi, xodimlarga ish haqi bo’yicha bo’lgan qarzdorliklar, 
boshqa korxonalarga bo’lgan qarzlar, sotilgan mahsulotlarning alohida 
turlari, mahsulotlarining qiymati hamda bankdagi o’z hisobidagi pullar va 
shu 
kabi 
boshqa 
axborotlar. 
Bunday 
axborotlar 
operativ-texnik 
hisobyordamida yetkazib beriladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin