Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 HISOB ISHLARI RIVOJLANISHINI BOSQICHLARGA AJRATISH



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

5. HISOB ISHLARI RIVOJLANISHINI BOSQICHLARGA AJRATISH 
HAQIDA 
Mashhur iqtisodchi K Rodbertus hisobchilikni paydo bo’lishi va rivojlanish 
tarixini ikki bosqichga bo’lgan – miqdoriy - kapital (pul) paydo bo’lgunga qadar 
davr, qiymatli - kapital (pul) paydo bo’lgandan keyingi davr
22
. Italiyalik olim Dj. 
CHerboni
23
hisob ishlarini rivojlanishida turt davrni ajratib ko’rsatadi: 
1. Qadimgi dunyo davridagi hisobchilik; 
2. Pacholigacha bo’lgan davrdagi hisobchilik; 
3. Pacholidan Villigacha – ikki yoqlama buxgalteriyani shakillanishigacha 
bo’lgan davr; 
4. Ilmiy buxgalteriyani paydo bo’lishi va rivojlanish davri. 
Ko’zga ko’ringan frantsuz iqtisodchisi va buxgalteri Leon Sey
24
ham 
buxgalteriya hisobini rivojlanishida turt bosqichni ajratib ko’rsatgan:
1. Og’zaki buxgalteriya–“buxgalter” barcha ma’lumotlarni yodida saqlash 
talab etilgan; 
2. Yozuvlarni har xil ishoralar bilan ifodalash (har ikki holatda ham hisob 
bo’lgan lekin yozuv bo’lmagan).
3. Oddiy buxgalteriya;
4. Ikki yoqlama buxgalteriya. 
22
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 
23
. Галаган А. М. Основы общего счетоведения. М. Изд. Наркомторга СССР и РСФСР, 1928. Иванов С. Ф. 
Конгресс по счетоводству в Шарлеруа. Коммерческое образование.-1912- Т. 4. -№8.
24
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 11 bet.


18 
Ezerskiy F. V. buxgalteriya hisobini rivojlanishida yetti bosqichni ajratib 
ko’rsatgan: 
1. Qayta hisoblangan
2. Qarzlar bo’yicha qayta hisoblangan; 
3. Oddiy; 
4. Italiyancha ikkiyoqlama; 
5. Ingilizcha nazorat; 
6. Ingilizcha nazorat va Italiyancha ikkiyoqlamani birlashgani; 
7. Ruscha uchyoqlama. 
Rossiyalik olim A. P. Rudanovskiy hisobchilikni rivojlanishini statistika va 
buxgalteriya bosqichlarini ajratatib ko’rsatadi. Rudanovskiy birinchi bosqichga 
ikki yoqlama yozuvni paydo bo’lgungacha bo’lgan barcha ishlarni qo’shadi
25
.
Anton Xaara buxgalteriya hisobini rivojlanishini besh bosqichga bo’ladi: 
1. Yakuniy inventarizatsiyasiz va yakuniy balanssiz buxgalteriya; 
2. Inventarizatsiya ro’yxatisiz sinov uchun tuzilgan balans; 
3. Inventaritsatsiya qilinmagan balans; 
4. Mulkiy balans 
5. Moliyaviy balans.
SHuningdek hisob ishlarini paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini 
bosqichdarga ajratishda boshqa qarashlar ham mavjud
26

Hisobchilik ishlarini, xususan buxgalteriya hisobini paydo bo’lish tarixini 
chuqur tahlil qilib o’rgangan Rossiyalik olim, “Ocherki po istorii buxgalterskogo 
ucheta” nomli asar muallifi Yu.D. Sokolov buxgalteriya hisobining paydo 
bo’lishini va rivojlanishini uch davr bilan bog’laydi:
1. 600 yil oldin, korxonalar xo’jalik faoliyatidagi jarayonlarning .maqsadli 
ro’yxatga olinishi bilan
2. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar 
to’g’risida” nomli risolasini chiqishi bilan; 
25
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 12 bet. 
26
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 11 - 26 betlar. 


19 
3. 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo’lishi bilan. 
Biroq, buxgalteriya hisobi haqida bundan 1437 yil oldin yoki Luka 
Pacholidan qariyb 580 yil oldin, payg’ambarimiz Muhammad (sollollohu alayhi 
vassalam)ga nozil bo’lgan Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatida shunday 
yozilgan: “Ey mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib 
qo’yinglar! Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish 
Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi 
bo’lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, 
albatta yozsin!” Ushbu oyatning mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki 
daftarga qilingan. CHunki alohida varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va 
yo’qotish oson bo’lgan. Balkim payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “..Ey 
mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar!..” 
degan xitobi buxgalteriya hisobining “Kitob” shaklini yaratilishiga va oyatdagi
“...Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan 
qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin!” degan so’zlar keyinchalik 
buxgalterlarni va buxgalterlik kasbini yuzaga kelishiga ham asos bo’lgandir. 
Ma’lumki, payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) savdo-sotiq ishlari bilan 
shug’ullanganlar. Luka Pacholidan 914 yil oldin “Baqara” surasining 282 oyatiga 
rioya qilib, buxgalteriya hisobiga asos solib, hisob-kitob masalalarini, 
hujjatlashtirib, yozib qo’yish lozim ekanligini tahkidlaganlar, lekin kitob yozib 
chop qilmaganlar. Bundan xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo 
bo’lishini va rivojlanishi 1500 yillik tarixga ega.
SHuningdek, o’tgan asrning 50-60 yillarida hisoblash texnikasini, 
keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya 
hisobini qog’ozsiz shaklini yaratishga asos bo’ldi. Bu o’z navbatida buxgalteriya 
hisobini rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. 
SHunga ko’ra buxgalteriya hisobini rivojlanishida qo’ydagi besh bosqichni 
ajratish maqsadga muvofiq deb bilamiz:
1. Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatini nozil bo’lgunga qadar 
bo’lgan hisobchilik;


20 
2. Ollohdan “qarzlarni” yozib qo’yish to’g’risidagi “Baqara” surasi 282 
oyatini nozil bo’lishidan Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” nomli 
risolasini chiqishiga qadar;
3. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar 
to’g’risida” nomli risolasini chiqishidan toki buxgalteriya hisobi fan sifatida 
shakillanganga qadarbo’lgan davr; 
4. Buxgalteriya hisobining kitob shaklidan chuqur mehnat taqsimotiga 
asoslsngan kartochka shaklini paydo bo’lishidan toki hisoblash texnikasi ixtiro 
qilinguncha bo’lgan davr; 
5. Hisoblash texnikasini, keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro 
qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini qog’ozsiz shaklini yaratilishidan 
hozirga qadar.
Yuqoridagi keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi, fan va 
mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o’tmishga ega. 
SHu yerda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi qachon shakllana boshlagan? - 
degan bir haqli savol tug’iladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin