16
obhekti sifatida sodir bo’lgan voqealik emas (og’zaki ko’rsatmaga binoan), balki,
ular haqidagi axborotlar aks ettirilgan hujjatlar olinadigan bo’ldi.
Barcha fanlarni predmeti (Kant), metodi (Rikkeri), yoki maqsadi bo’yicha
(Bogdanov) guruhlash mumkin
21
. SHuni E’tirof etish lozimki, buxgalteriya
hisobining o’rganadigan
predmeti - korxona, obhekti – korxonalar faoliyatlarida
mavjud bo’lgan mablag’lari, mablag’larining manbaolari va ularning
majburiyatlari hamda ularni o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy voqealiklar,
o’zining metodi – modellashtirish va o’zining maqsadi – qiymatliklarni saqlashni
tahminlash va xo’jalik faoliyati natijalarini aniqlash mavjud.
Buxgalteriya hisobini tarixiiy rivojlanishi jarayonida hisob axli qo’ydagi
vazifalarni u yoki bu darajada hal qilishdi:
1. Buxgalteriya hisobini axborot bazasini kengaytirishdi;
2. Buxgalteriya hisobini aniqlik darajasini oshirishdi;
3. Buxgalteriya hisobini yuritishni yanada soddalashtirishda;
4. Hisobchilikni kompg’yuterlashtirish asosida buxgalteriya hisobini yuritish
xarajatlarini kamaytirish asosida uning tannarxini orzonlashtirishdi;
5. Korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy voqealiklar haqida
zamonaviy usullarda axborotlar olishni tahminlashdi.
Bu vazifalar bir-birini inkor etuvchi bo’lganligi
sababli buxgalteriya hisobi
har doim ham yetarlich to’g’ri axborotlar bera olmaydi, yoki har doimam arzon va
hamma foydalana oladigan oddiy va zamonaviy bo’la olmaydi. Bunday
qaramaqarshiliklar azaldan mavjud, chunki, mulkdorni, boshqaruvchini,
hisobdor
shaxslarni, kreditorlarni, debetorlarni qiziqishlari bir-biriga zid, bunday qarama-
qarshilik buxgalteriya hisobida o’z aksini topishi turgan gap. SHuning uchun ham
amaliyotda kimlardir har doim ham buxgalterlardan hursand bo’lishmaydi,
kerak
bo’lsa, ularni nourin haqorat qilish hollari ham uchrab turadi. Albatta bunday
qaramaqarshiliklar oz bo’lsa ham haqiqatni, to’g’rilikni bo’lishini tahminlaydi.
SHuningdek, sohani nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirishga turtki,
rag’batlantiruvchi omil bo’ladi.
21
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 6 бет.
17
Haqiqiy buxgalter hisobchilik metodologiyasida
haqiqiy holatni buzib
ko’rsatadigan holatlar mavjudligini ko’ra bilishi va dastlabki hujjatlarni
to’ldirishda, hisob registrlarini yuritishda mulkdorlarni, boshqaruvchilarni,
hisobdor shaxslarni, kreditorlarni, debetorlarni qiziqishlarini hisobga olishi kerak.
Buxgalteriya hisobi tarixiga manashunday qarama-qarshi fikrlarni, qarashlarni
bartaraf etishning to’g’ri javoblarini topish yo’llarini ko’rsatib beradigan fan
sifatida qarash lozim.
Dostları ilə paylaş: