Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
Buxgalteriya hisobi 
- buxgalteriya hisobi korxona mablag’larini hamda 
ularning xo’jalik faoliyatlarida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlarni yoppasiga va 
uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan o’lchab, pul ifodasida umumlashtirib aks ettirish 
va nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobida aks ettirilgan 
jarayonlar, albatta, hujjat bilan rasmiylashtiriladi, bu esa, ularga huquqiy asos 
bo’lib, xo’jalik faoliyatni nazorat qilishda hisobning ahamiyatini oshiradi. Bunday 
axborotlar asosida korxonani boshqarish uchun qabul qilingan qaror albatta 
samarali va sifatli bo’ladi. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatida sodir 
bo’ladigan xo’jalik jarayonlarni yoppasiga, uzluksiz va muntazam kuzatib borishi, 
sifat va miqdor jihatdan o’lchashi va alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan operativ-
texnik va statistika hisoblaridan farq qiladi. Buxgalteriya hisobi korxonalar 
faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy hodisalarni yoppasiga, uzluksiz kuzatish, 
hujjatlashtirish va alohida iqtisodiy belgilari bo’yicha guruhlash asosida miqdor va 
qiymat o’lchovlarda hisobga olish tizimidir. 


29 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan korxona faoliyati yakunlarini 
bilish, korxona moliyaviy holatini va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish 
uchun foydalaniladi. 
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi 
Qonunning 6-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xududida 
faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug’ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O’zbekiston 
Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy 
bo’linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda 
hisobot taqdim etadilar.
Hisobning o’zaro chambarchas bog’langan uchta turi, xalq xo’jalik 
hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Xo’jalik hisobining har bir turi
korxonalar, iqtisodiy hududlar va respublika iqtisodiyotini mutloq 
boshqarish jarayonida ishtirok etadi va ma’lum bir vazifani bajaradi. Ular 
bajaradigan vazifalar umuman olganda bir xildir, lekin hisob obektlariga 
nisbatan har xildir.
Statistika 
hisobida 
foydalaniladigan 
axborotlar 
buxgalteriya 
hisobining yakuniy ma’lumotlaridan olinadi. O’z navbatida, buxgalteriya 
hisobi ko’p hollarda statistikaning usul va ma’lumotlaridan foydalanadi. 
Jumladan, moddiy qiymatliklarni o’rtacha baholarini topishda, ishchilarning 
o’rtacha ish haqlarini aniqlashda, statistik usullar bilan hisoblab topiladigan 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Xo’jalik hisobi turlarining o’zaro 
bog’liqligi dastlabki hujjatlardan foydalanishda ham namoyon bo’ladi. 
Mustaqillik davrida O’zbekistonda xalqaro andozalar talabiga va 
bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga javob beradigan xalq xo’jaligi hisobining 
yagona tizimi yaratildi va bu borada rivojlangan mamlakatlar bilan 
hamkorlik yo’lga qo’yildi. Xorij tajribasini o’rganish, ularni chuqur va har 
tomonlama tahlil qilib, amaliyotga tadbiq etish O’zbekiston Respublikasida 


30 
xo’jalik hisobini takomillashtirish, uni xalqaro amaliyot andozalariga 
yaqinlashtirish imkoniyatini berdi. 
Korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan hodisa va 
voqealiklar o’lchov birliklariga asoslanib hisobga olinadi. Hisob yuritish 
amaliyotida natural, mehnat, qiymato’lchov birliklaridan foydalaniladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin