Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 O’ZBEKISTONDA TALABALAR TARKIBINING O’SISHI, OTM



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

3. O’ZBEKISTONDA TALABALAR TARKIBINING O’SISHI, OTM 
LARINING MODDIY-TEXNIK BAZASINING MUSTAHKAMLANISHI. 
O’zbbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi ijodkor, ijtimoiy faol, mahnan boy shaxsni 
shakillantirishda nazariy asos, uni amaliyotga izchil tadbiq etish esa, yuqori 
malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga zamin bo’ldi.Xalqaro mehnat 
bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o’quv yuttlari 
39

Oliy ta’lim vazirligi, Vazirlar mahkamasining ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi, mahalliy davlat 
boshqaruvi idoralari (hokimliklar).


89 
muhim o’rin egallaydi. Mustaqillik yillarida ularning soni qayrib to’rt barobar 
oshdi 135 dan ziyod oliy ta’lim muassasasi mavjud bo’lib, ulardan 93 tasi 
mahalliy hamda 
21 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasasi va ularning 
filiallari hisoblanadi. Jumladan, so’nggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta’lim muassasasi, 
17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.
2019/2020 o’quv yilida 59 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’lim, 10 ta 
oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim shak li joriy etildi. 
Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 
bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi 
bo’yicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, so’nggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi.
Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab chiqarish-
texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo’jaligi, 
4,4 foizi sog’liqni saqlash va ijtimoiy tahminot, 4,5 foizi xizmat ko’rsatish bilim 
sohalariga oid ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olmoqdalar. 
Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi 
ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 
foizi qishloq va suv xo’jaligi, 13,5 foizi sog’liqni saqlash va ijtimoiy tahminot, 3,2 
foizi xizmat ko’rsatish bilim sohalariga oid ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil 
olmoqdalar. 
2019/2020 o’quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va 
o’tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016 yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi. 
Respublikaning 16 ta oliy ta’lim muassasasida 2018/2019 o’quv yilidan boshlab 
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari 
asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo’lga qo’yildi. 
2011-2016 yillar davomida barcha OTMlarini rekonstruktsiya qilish, yangi 
labaratoriya bazalari va ilmiy uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirildi. 
O’quv dasturlari takomillashtirildi, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi 
yaxshilandi, zamonaviy o’quv texnika va labaratoriya jihozlari bilan tahminlandi, 
davlat ta’lim standartlari zamonalashtirildi, OTMlarning axborot resurs markazlari 
yangi avlod adabiyotlari bilan to’ldirildi. Eng asosiysi zamon talablariga javob 


90 
beradigan kadrlarni kasb malakasiga yo’naltirilgan innovatsion texnologiyalar 
asosida samarali ta’lim berish tizimi yaratildi. Malakali mutaxasislar tayyorlashda 
sifat jihatidan yangicha yondashuvlarni hayotga tadbiq etish maqsadida ta’lim 
tizimi uchun sifatli mehyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va ular hayotga 
tadbiq qilinmoqda. SHu barobari kadrlar tayyorlash milliy dasturda belgilangan 
vazifalarni amalga oshirishda mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda 
byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish borasida talay ishlar amalga 
oshiriliyapti. Ta’lim tizimida inovatsion jarayonlarni samarali joriy etish asosida 
OTMlari bosqichma-bosqich o’zini-o’zi moliyalashtirish tizimiga o’tkaziliyapti.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida 
bugungi kunda o’z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va 
kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan: 
1. Oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan 
o’zaro hamkorlikda 
kadrlar 
tayyorlash 
bo’yicha 
ishlar 
samarali 
yo’lga qo’yilmagan, 
ish 
beruvchilarning 
oliy 
ta’lim 
mazmunini 
shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas; 
2. Talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish 
ko’nikmalari shakllantirilmagan; 
3. Ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg’ulotlar samarali tashkil 
etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat 
bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi; 
4. Professor-o’qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini o’zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy 
mahorati bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda; 
5. O’quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining 
aksariyat qismi zamon talablariga javob bermaydi, o’quv adabiyotlari sifatini 
yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qo’shimcha yoki muqobil o’quv 
adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan; 


91 
6. Oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalarini o’tkazishning shaffof 
mexanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar g’oliblari bilan ishlash tizimli 
ravishda yo’lga qo’yilmagan; 
7. Iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta’lim muassasalariga talabalarni saralab 
olish mexanizmlari mavjud emas; 
8. Pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan, 
jumladan malaka oshirish muassasalarida o’quv mashg’ulotlari o’tkazish 
uchun yuqori malakali professor-o’qituvchilar jalb qilinmagan, malaka 
oshirishga jalb etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi; 
9. Oliy ta’limda mahnaviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni 
milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak mahnaviy g’oyalar 
asosida 
vatanparvarlik 
ruhida 
tarbiyalash, 
ularda 
yot g’oya 
va 
mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada 
rivojlantirish zarurati mavjud; 
10. Oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar asosida 
innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yo’lga qo’yilmagan; 
11. Innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy 
ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish 
natijadorligi yetarli emas, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam 
integratsiyasi tahminlanmagan; 
12. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda; 
13. Ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud 
muammolar yechimiga qaratilmagan; 
14. So’nggi yillarda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga 
iqtiboslar soni kamaymoqda; 
15. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanayotgan professor-o’qituvchilar, ilmiy 
xodimlar va yosh olimlar faoliyatini rag’batlantirishning tahsirchan mexanizmlari 
yaratilmagan; 


92 
16. Respublika oliy ta’lim muassasalari xalqaro E’tirof etilgan tashkilotlar 
reytingining birinchi 1000 ta o’rindagi oliy ta’lim muassasalari ro’yxatiga, ularning 
rasmiy veb-saytlari Webometrics xalqaro reytingining 1000 talik ro’yxatiga 
kirmagan; 
17. Ta’lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga 
moslashtirilmagan; 
18. Mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma obhektlari xorijiy 
talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan; 
19. Xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta’lim olishga keng jalb qilish borasidagi 
targ’ibot ishlari, jumladan PR-loyihalar
40
yetarli darajada tashkil qilinmagan, bu 
borada interaktiv virtual platforma mavjud emas. 
2030 yilga qadar ta’limni rivojlantirish dasturida qo’ydagilar O’zbekistonda 
oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari qilib belgilab olingan: 
1. Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar 
tayyorlash sifatini oshirish; 
2. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar, dasturiy o’qitish va o’qitishning 
zamonaviy usullarini joriy etish; 
3. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, 
yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini 
shakllantirish; 
4. Mahnaviy-mahrifiy va tarbiyaviy ishlar tahsirchanligini oshirish; 
5. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini 
faol jalb etish; 
6. Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini 
tahminlash, moddiy-texnik tahminotini mustahkamlash; 
7. Oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini 
takomillashtirish; 
8. Korruptsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni tahminlashning tahsirchan 
mexanizmlarini joriy etish; 
40
. Ўзбекистон олий таълим муассасалари кунларини таsшкил қилиsш, тақдимотлар ўтказиsш ва бошқалар. 


93 
9. Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda 
tanilishi va raqobatbardoshligini tahminlash. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin