138
Bo’sh vaqt talabaning o’quv mashg’ulotlaridan ozod paytidir.
Ingliz fizigi Mixail Faradeyk: «Qani endi menda ozgina bo’lsa ham bo’sh
vaqt bo’lsa! Menga vaqtdan boshqa hech narsa kerak emas. Agar o’z vaqtlarini
hech bir mahnosiz bekor o’tkazadigan odamlarning bo’sh soatlari va kunlarini
sotib olish mumkin bo’lsa, men o’zimni juda baxtiyor deb bilardim. Bu menga
ham, ularning o’zlariga ham foydali bo’lardi» degan edi.
Bo’sh
vaqt talabaning madaniy, maishiy, maonaviy ehtiyojlarini,
qiziqishlarini istak va xohishlariga ko’ra tashkil etadigan faoliyat jarayonidir.
Bo’sh vaqt talabaning qobiliyati va isteododiga ko’ra tashkil etiladigan
asosiy faoliyatdan tashqari-dam olish,
madaniy hordiq chiqarish, mutolaa bilan
shug’ullanish, aqliy va jismoniy qobiliyatni mustahkalash hamda uni qaytadan
tiklashda o’ta muhim sanaladi.
Talabalar bo’sh vaqtini tashkil etish hozirgi paytda maonaviyat ishlari
bo’yicha rektor muovinlaridan tortib
to guruh rahbarlarigacha, talabalar
yotoqxonasi mutasaddilaridan tortib har bir talabaning o’zigacha katta mahsuliyat
yuklaydi. Talabaning bo’sh vaqtni tashkil etish talaba kun tartibini tashkil etish
bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular o’zaro bir-birini to’ldiradi. Qathiy kun tartibning
yo’lga qo’yilishi bekorchilikka yo’l qo’ymaydi. Natijada
turli bemanigarchiliklar
kelib chiqmaydi.
Talabalar bo’sh vaqtini tashkil qilishda qo’ydagilarga ehtibor berish kerak:
1. Kitobxonlik darajasini o’stirishga - uning uchun mustaqil mutolaa qilishga
ahamiyat berish (ixtisoslikka oid, badiiy-texnik ijodkorlikka doir) vaqtli matbuot
bilan tanishib borish, radio-televidenie eshittirishlari va ko’rsatuvlarini ko’rib
borish;
2. Estetik madaniyatni
rivojlantirishga - kino, teatr, turli kontsertlar, badiiy
tasviriy ko’rgazmalar, havaskorlik to’garaklari, muzeylarga borish;
3. O’lkashunoslikka oid tadbirlarga - o’lka bo’ylab sayohatlar,
yurishlar,
sayrlarga borish;
139
4. Jismoniy chiniqishga - sport-sog’lomlash-tirishga doir musobaqalar,
ko’rik tanlovlar, spartakiada, universiada, olimpiada va boshqalarda ishtirokchi
yoki tomoshobin sifatida ishtirok etish;
5. Aqliy kamolotni rivojlantirishga - fan to’garaklari, fan
olimpiadalari, birlashmalar, markazlar, ijodkorlar tanlovlarida ishtirok etish;
6. Milliy va madaniy-mahrifiy qadriyatlar bilan bog’liq tadbirlarga -
anoanalar, udumlar, bayramlar, sayrlarda qatnashish, hunarmandchilik bilan
shug’ullanish va
hokazolar;
Dostları ilə paylaş: