18
Ezerskiy F. V. buxgalteriya hisobini rivojlanishida yetti bosqichni ajratib
ko’rsatgan:
1. Qayta
hisoblangan;
2. Qarzlar bo’yicha qayta hisoblangan;
3. Oddiy;
4. Italiyancha ikkiyoqlama;
5. Ingilizcha nazorat;
6. Ingilizcha nazorat va Italiyancha ikkiyoqlamani birlashgani;
7. Ruscha uchyoqlama.
Rossiyalik olim A. P. Rudanovskiy hisobchilikni rivojlanishini statistika va
buxgalteriya bosqichlarini ajratatib ko’rsatadi. Rudanovskiy birinchi bosqichga
ikki yoqlama yozuvni paydo bo’lgungacha bo’lgan barcha ishlarni qo’shadi
25
.
Anton Xaara buxgalteriya hisobini rivojlanishini besh bosqichga bo’ladi:
1. Yakuniy inventarizatsiyasiz va yakuniy balanssiz buxgalteriya;
2. Inventarizatsiya ro’yxatisiz sinov uchun tuzilgan balans;
3. Inventaritsatsiya qilinmagan balans;
4. Mulkiy balans
5. Moliyaviy balans.
SHuningdek hisob ishlarini paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini
bosqichdarga ajratishda
boshqa qarashlar ham mavjud
26
.
Hisobchilik ishlarini, xususan buxgalteriya hisobini paydo bo’lish tarixini
chuqur tahlil qilib o’rgangan Rossiyalik olim, “Ocherki po istorii buxgalterskogo
ucheta” nomli asar muallifi Yu.D. Sokolov buxgalteriya hisobining paydo
bo’lishini va rivojlanishini uch davr bilan bog’laydi:
1. 600
yil oldin, korxonalar xo’jalik faoliyatidagi jarayonlarning .maqsadli
ro’yxatga
olinishi bilan;
2. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar
to’g’risida” nomli risolasini chiqishi bilan;
25
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 12 bet.
26
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 11 - 26 betlar.
19
3. 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo’lishi bilan.
Biroq, buxgalteriya hisobi haqida bundan 1437 yil oldin yoki Luka
Pacholidan qariyb 580 yil oldin, payg’ambarimiz Muhammad (sollollohu
alayhi
vassalam)ga nozil bo’lgan Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatida shunday
yozilgan: “Ey mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib
qo’yinglar! Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish
Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi
bo’lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin,
albatta yozsin!” Ushbu oyatning mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki
daftarga qilingan. CHunki alohida varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va
yo’qotish oson bo’lgan. Balkim payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “..Ey
mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar!..”
degan xitobi buxgalteriya hisobining “Kitob” shaklini
yaratilishiga va oyatdagi
“...Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan
qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin!” degan so’zlar keyinchalik
buxgalterlarni va buxgalterlik kasbini yuzaga kelishiga ham asos bo’lgandir.
Ma’lumki, payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) savdo-sotiq ishlari bilan
shug’ullanganlar. Luka Pacholidan 914 yil oldin “Baqara” surasining 282 oyatiga
rioya qilib, buxgalteriya hisobiga asos solib, hisob-kitob masalalarini,
hujjatlashtirib, yozib qo’yish lozim
ekanligini tahkidlaganlar, lekin kitob yozib
chop qilmaganlar. Bundan xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo
bo’lishini va rivojlanishi 1500 yillik tarixga ega.
SHuningdek, o’tgan asrning 50-60 yillarida hisoblash texnikasini,
keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya
hisobini qog’ozsiz shaklini yaratishga asos bo’ldi. Bu o’z navbatida buxgalteriya
hisobini rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.
SHunga ko’ra buxgalteriya hisobini rivojlanishida qo’ydagi besh bosqichni
ajratish maqsadga muvofiq deb bilamiz:
1. Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatini nozil bo’lgunga qadar
bo’lgan hisobchilik;
20
2. Ollohdan “qarzlarni” yozib qo’yish to’g’risidagi “Baqara” surasi 282
oyatini nozil bo’lishidan Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” nomli
risolasini chiqishiga qadar;
3. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar
to’g’risida” nomli risolasini chiqishidan toki buxgalteriya hisobi fan sifatida
shakillanganga qadarbo’lgan davr;
4. Buxgalteriya hisobining kitob shaklidan chuqur mehnat taqsimotiga
asoslsngan kartochka shaklini paydo bo’lishidan toki hisoblash texnikasi ixtiro
qilinguncha bo’lgan davr;
5.
Hisoblash texnikasini, keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro
qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini qog’ozsiz shaklini yaratilishidan
hozirga qadar.
Yuqoridagi keltirilganlardan ko’rinib turibdiki,
buxgalteriya hisobi, fan va
mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o’tmishga ega.
SHu yerda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi qachon shakllana boshlagan? -
degan bir haqli savol tug’iladi.
Dostları ilə paylaş: