64
Elektron jadvalni loyihalash
Elektron jadval tuzishni boshlashdan oldin siz elektron jadval nima qilishini xohlayotganingizni
va unga ushbu vazifani qanday bajartirishingizni aniqlab olishingiz kerak boʻladi.
Bu tizimni
loyihalashtirish deyiladi. Buning natijasida
tizim loyihasi
ishlab chiqiladi.
Elektron jadvalni rejalashtirish uchun sizga birinchi navbatda
ssenariy
kerak boʻladi:
Hozirgina siz sotib olmoqchi boʻlgan yangi oʻyin konsoli haqida oʻqishni tugatdingiz. Biroq, uni
sotib olishingizga qancha vaqt sarflashingiz kerakligini hisoblash
uchun sizga elektron jadval
kerak boʻladi. Siz har hafta belgilangan miqdordagi choʻntak puli olasiz.
Boshlashingizdan avval
Quyidagilarni bilishingiz kerak:
•
jadval nima ekani va nima uchun undan
ma’lumotlar
saqlashda foydalanilishni;
•
elektron jadvalga ma’lumotlar qo‘shishni;
•
+, -, *, /, SUM, AVERAGE kabi belgilar va funksiyalardan foydalanib elektron jadvalga
formulalar
kiritishni;
•
elektron jadvaldagi qiymatni o‘zgartirish va boshqa qaysi qiymatlar oʻzgarayotganini koʻra
bilishni;
•
elektron jadvalda grafik tuzishni.
Kirish
Elektron jadval - ma’lumotlar saqlashning tizimli usuli. Hisoblarni
amalga oshirish uchun unga
formulalar
kiritiladi. Undan grafik yaratish uchun ham foydalanishingiz mumkin. Bu boʻlimga
kiritilgan koʻnikmalarni egallash jarayonida siz
Dostları ilə paylaş: