221
3.5.8-rasm. Tasmali uzatmalarda vallarning joylashuvi
Tasma yasaladigan materiallarga quyidagi talablar qo`yiladi: har xil
kuchlanishlarga
mustahkamlik; yeyilishga qarshilik; shkiv bilan ishonchli
ilashish; narxining arzonligi.
Eng ko`p tarqalgan tasmalar – prorezinali tasmalar.
Ularning asosiy
elementlari gazlama-rezinali va shnur-rezinali bo`ladi. Ular ichida shnurli
tasmalarning F.I.K. katta, egiluvchanroq va uzoq xizmat qiladi.
Shkivlar
cho`yandan,
po`latdan,
alyuminiy
qorishmalaridan,
plastmassadan va boshqalardan tayyorlanadi. Diametrlari standartlashtirilgan.
Afzalliklari
: konstruktsiyasi sodda; katta masofalarga (15 m gacha)
harakatni
uzatish imkoniyati; katta aylanish chastotalarida ishlash imkoniyati;
ishining silliqligi va shovqinsizligi; vibratsiya
va urilishlarni kamaytirish;
tasmaning sirpanishi evaziga mexanizmlarni ortiqcha yuklamadan himoyalash.
Kamchiliklari
: uzatmadagi shkivlarning radial o`lchamlari kattaligi;
tasmalarning uzoq xizmat qila olmasligi; tasmalarning
sirpanishi uchun doimiy
uzatish nisbatini ta`minlay olmasligi; val va podshipgiklarda yuklamaning
ko`pligi.
Tasmali uzatmalarning geometrik parametrlariga quyidagilar kiradi (3.5.9-
rasm):
shkivlar diametri
d
1
va
d
2
; o`qlar orasidagi masofa
a
; tasmaning
hisoblangan uzunligi
L
p
; tasmaning kichik shkivni o`rab olish burchagi
α
1
.