28
bo’yicha yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Mazkur ishni
bajarishda talabalar turli mikroorganizmlarni, asbob-uskunalarni
zararsizlantirish, ya’ni
mikroorganizmlardan xoli qilish usullari, sterilizatsiya amalga oshiriladigan asboblarning
tuzilishi xaqida ma’lumotlarga
ega bo’lishlari kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi yoki
laborantning ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan
ishlatishi mumkin emas.
Nazariy qism:
Suvda juda ko’p
mikroorganizmlar uchraydi, chunki suv tabiiy
muhit hisoblanadi. Suvga mikroorganizmlar tuproqdan o’tadi. Agar suvda oziq moddalar
yetarli bo’lsa mikroorganizmlar soni juda ko’payib ketadi. Ayniqsa chiqindi oqava suvda
bakteriyalar ko’p bo’ladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari esa toza hisoblanadi, ularda
bakteriyalar deyarli uchramaydi. Ariq va hovuz suvlarida, ayniqsa ariq suvining 10sm
gacha bo’lgan
chuqur qismida, qirg’oqqa yaqin joylarda mikroblar soni ko’p bo’ladi.
Qirg’oqdan uzoqlashgan sari va chuqurlashgan sari mikroblar soni kamaya boradi. 1 ml
toza suvda 100—200 dona mikrob uchrasa, iflos suvda 100000 dan 300000 gacha va
undan ko’p bo’ladi.
Ma’lumki, oqava suvda uchraydigan bakteriyalarga dengiz suvi salbiy ta’sir etadi.
Masalan, Karpenter va shogirdlari (1938) aniqlash bo’yicha, dengiz suvi 30 minut ichida
oqava suvdagi bakteriyalarning 80% ni nobud qilgan. Rozenfeld va Sobbel (1947) dengiz
suvidan antibiotiklar hosil qiluvchi 9
ta forma topganlar, bu antibiotiklar boshqa
formalarga salbiy ta’sir etgan.
Aholisi zich joylashgan yerlardagi suvda mikroblar juda ko’p bo’ladi, shahardan
suv 3—4 km nari o’tgach, mikroblar soni yana kamayadi.
Buning bir qancha sabablari
bor: mexanik yo’l bilan mikroblar suv tagiga cho’kadi, suvda oziq moddalar kamayadi,
bevosita tushgan quyosh nuri ularga salbiy ta’sir etadi, mikroorganizmlarning bir qismini
sodda hayvonlar iste’mol etadi va boshqa faktorlar sabab bo’ladi.
Patogen mikroblardan brutsellyoz, tulyaremiya, paratif,
dizenteriya tayoqchalari,
vabo vibrioni va boshqalar oqava suvda uzoq muddat yashaydi. qorin tifi tayoqchasi 21
kun, muzda 60 kun va oqava suvda 6—30 kungacha yashaydi.
Dostları ilə paylaş: