Sof kulturalarni ajratib olish. Sof kultura boyitilgan kulturalardan ajratib olinadi. Uni
alohida qoloniyadan yoki yakka hujayradan ajratib olish mumkin. Alohida qoloniyadan
ajratib olish usuli R. Kox tomonidan taklif etilgan. Aerob mikroorganizmlarning sof
kulturasini ajratib olish uchun qattiq muhit yuzasiga boyitilgan kulturadan eqiladi. Ekish
uchun Drigalskiy shpatelidan foydalaniladi. Bunda bir tomchi boyitilgan kultura dastlab
birinchi Petri liqopchasi yuzasidagi muhitga so’ngra 2, 3, 4 chi liqopchalardagi
muhitlarga birin - ketin shpatel yordamida surtiladi. Shu tarzda ekilganda, odatda,
inkubatsiya davridan so’ng ohirgi liqopchalarda alohida qoloniyalar o’sib chiqadi.
Ularning tozaligini aniqlash uchun bir qancha usullar mavjud: vizual, mikroskopik
nazorat va oziqli muhitlarga ekish yo’llari va h.k.
Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish: Mikroorganizmlar
hamma joyda mavjuddir. Ma’lum bir jarayonda ishtirok etuvchi mikroorganizm turini
ajratib, uning xususiyatlarini o’rganish uchun uni ma’lum bir tarkibdagi ozuqa muhitida
ko’paytirib olish kerak bo’ladi. Buning uchun turli namunalar turli tarkibdagi ozuqa
muhitlariga ekilib, bakteriyalarning boyitilgan kulturalari olinadi va ularning
xususiyatlari o’rganiladi. Olingan bilim va malakalardan mikrobiologiyaning turli
sohalarida izlanishlar olib borilgandagi faoliyatda foydalaniladi.
Ishni bajarish uchun ruhsat olish savollari: 1.Boyitilgan kultura so’zining ma’nosi
?
2.Ozuqa muhitlarining
qanday turlari mavjud
?
3.
Boyitilgan kultura olishdan maqsad
nima?
4.
Mazkur ishdan maqsad nima?
Nazorat savollar: 1.Toza kultura deganda nima tushuniladi?
2.Mikroorganimzlarni toza kulturalarinin
g ahamiyati nimadan iborat?
3.Laboratoriya mashg’ulotlarida qanday ozuqa muhitlari keng qo’llaniladi?
4.Mikroorganimzlar toza kulturalarini olishdan maqsad nimadan iborat?