Ota-onalarga topshiriq. Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‘p
uchraydigan jumlalami tavsiya qilish mumkin. Ulami o‘qib ko‘ring
va ular bolalarga qanday ta’sir etishini izohlab bering.
«Maktabga borsang, o‘shanda ko‘rasan.»
«Bilasanmi, sen a’lochi bo'lsang biz seni juda yaxshi ko‘ramiz.»
«Sen shunday o‘qiki, sen uchun biz qizarmaylik.»
Natijasi:
Bu jumlalaming hammasi bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni, mak
tabga borishga xohishini so‘ndiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ota-onalaming o‘z-o‘zlariga bergan ba- ■
hosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‘ladi. Shuni esda tutingki, bo-
lalami o ‘zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‘ymang. ,
Bu ulami yolg‘on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qil-
sang ko‘rasan» kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan
bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo‘lishiga olib keladi. ;
Xulosa: s
Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun i
ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga
muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatli- .
lik. vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasawurlarini tarkib toptirish va shu
xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak.
Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz
ravnaqiga hissa qo‘shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda
o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Bolalaming nutq madniyatini о ‘sishida oilaning о ‘mi? 2. Ota-onalar va maktabgacha ta ’lim muassasalari hamkorligi- da bolalarni tarbiyalashning ahamiyati qanday? 3. Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri ekanligini asoslab bering?