Bundan tashqari, mashg‘ulotlar xonasi jihozlarini o‘zgartirib bo-
rish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitob-
lar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik yoki monologik
hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu borada bizga bolalaming oilalari yaxshi yordam berdilar. Nati-
jada sovg‘a qilingan kitob, kasb haqida suhbat, musiqiy lahzalar,
mehnat jarayoni, bolalaming oilasidagi yaqin kishilari - yozuvchi,
shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chi-
langar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi.
Bolalaming turli ko‘katlar, gullar bayramida gullar, yangi yil er-
taligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri spektakli
kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, yaratilgan sog‘lom,
qiziqarli muhit ma’naviy sog‘lomliknmg muhim mezoni - ravon
nutqning ham sog‘lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida,
ravon nutqning har bir talabini reja asosida bir tizimda, maqsadga
muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: