48
Banklarning depozitlar va banklararo kreditlarni jalb qila olish qobiliyati, bir
tomondan boshqa qatnashchilari tomonidan qanchalik tan olinishi bilan belgilansa,
ikkinchi tomondan uning likvidliligiga bog’liq.
Bank likvidliligi kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hamda bankning
shartnoma asosida o’z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishi
mumkinligi bilan belgilanadi. Bank majburiyatlarini bajarishi uchun asosiy mablag’
manbalari bo’lib kassa qoldig’ida aks ettirilgan naqd pullar va vakillik
hisobvarag’idagi (markaziy bank va boshqa tijorat banklaridagi) mablag’lar, tez
naqd
pulga aylanuvchi aktivlar, zarur hollarda banklararo bozor yoki Markaziy
bankdan olinadigan banklararo kreditlar hisoblanadi.
2018 yil davomida AT «Aloqabank» tomonidan kredit portfelini
diversifikatsiya qilish siyosatini qo’llagan holda, kreditlash jarayon-larining asosiy
yo’nalishini belgilashda asosiy e’tibor iqtisodiyotning
ustuvor tarmoqlarini
rivojlantirish, manzilli va hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni, shuningdek,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining
istiqbolli loyihalarini
moliyalashtirishga qaratildi. Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalarning
iste’mol ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida ajratilgan iste’mol kreditlari
fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga munosib xizmat qilmoqda.
Respublikamiz barcha unversal banklari qatorida AT “Aloqabank” ham
amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq har yilda bir marta o’z kredit
siyosatini belgilaydi va u asosida mijozlarni kreditlash
jarayonida keng qamrovli
bank xizmatlarini ko’rsatish, bank faoliyatining kredit munosabatlari sohasida
asosiy strategiya va taktikasini belgilaydi. Maqsad kreditlash jarayonida amaldagi
qonunchilik
talablariga rioya etish, umumiqtisodiy maqsadlarga qaratilgan
kreditlash tartiblarining bir xilligini kafolatlash, tavakkalchilikni muntazam ravishda
diversifikatsiyalash, bank likvidligi va foydaliligini ta’minlashdan kelib chiqadigan
kredit samaradorligini belgilashdan iborat.
2019 yil 1 yanvar holatiga yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar salmog’i
3 773,2 mlrd. so’mni tashkil qildi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga ajratilgan
49
kreditlar qoldig’i
yil boshiga
(1 377,4 mlrd. so’m)
nisbatan 2 395,8 mlrd. so’mga
oshib, o’sish 273,9 foizni tashkil etdi.
2.5 - jadval.
Dostları ilə paylaş: