Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish


AT “Aloqabank” majburiyatlari tarkibi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

AT “Aloqabank” majburiyatlari tarkibi
to’g’risida ma’lumot
12
№ 
Majburiyatlar tarkibi 
01.01.2018 
yil holatiga 
01.01.2019 
yil holatiga 
O’tgan yilning shu 
davriga nisbatan 
+ ; - 


Talab qilib olinguncha 
bo’lgan depozitlar 
1 197,1 
801,6 
-395,5 
66,9 
jamidagi ulushi 
50,0% 
17,1% 

Jamg’arma depozitlar 
239,9 
231,9 
-8 
96,7 
jamidagi ulushi 
10,0% 
5,0% 

Muddatli depozitlar 
385,5 
2 228 
1 842,5 
577,9 
jamidagi ulushi 
16,1% 
47,6% 

Banklararo depozitlar 
322,2 
911,6 
589,4 
282,9 
jamidagi ulushi 
13,5% 
18,3% 

Jalb qilingan kreditlar 
118,2 
223,9 
105,7 
189,4 
jamidagi ulushi 
4,9% 
4,8% 

Mijozlarning boshqa 
depozitlari 
117,7 
234,7 
117 
199,4 
jamidagi ulushi 
4,9% 
5,0% 

Boshqa majburiyatlar 
13,4 
52,5 
39,1 
391,8 
jamidagi ulushi 
0,6% 
1,1% 
Jami: 
2 393,9 
4 684,2 
2 290,3 
195,7 
Bank passivlari tarkibi dinamikasi o’rganilganda 2018 yildako’rish 
mumkunki muddatli depozit ko’proq qismni ya’ni 47,6 foizni, keyingi o’rinda 
banklararo depozitlar 18,3 foizni tashkil qilmoqda. Shuningdek depozitni jalb qilish 
boshqa banklarga nisbatan yuqori tendentsiyaga ega. Ma’lumotlar shuni 
ko’rsatmoqdaki bankda Respublikamiz boshqa banklariga nisbatan omonatlarga 
taklif etilayotgan foiz to’lovlari 2018 yilda yuqori bo’lgan, shu sababdan ham ushbu 
yilda muddatli depozitlar jami passivlarning 47,6 foizini tashkil qilgan.
Tijorat banklari iqtisodiyotda mavjud bo’sh pul mablag’ini jalb qilib aktiv 
operatsiyalarga joylashtiradi, bu orqali qo’shimcha qiymat yaratilishida samarali 
mexanizm rolini ijro etadi, bunda resurslarni samarali jalb qilish tijorat banklari 
uchun asosiy va birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo’lgan vazifasi hisoblanadi. 
12
"AT Aloqabank" yillik moliyaviy hisobotlari asosida muallif tomonidan tuzildi, 2018-2019 yy.


48
Banklarning depozitlar va banklararo kreditlarni jalb qila olish qobiliyati, bir 
tomondan boshqa qatnashchilari tomonidan qanchalik tan olinishi bilan belgilansa, 
ikkinchi tomondan uning likvidliligiga bog’liq. 
Bank likvidliligi kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hamda bankning 
shartnoma asosida o’z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishi 
mumkinligi bilan belgilanadi. Bank majburiyatlarini bajarishi uchun asosiy mablag’ 
manbalari bo’lib kassa qoldig’ida aks ettirilgan naqd pullar va vakillik 
hisobvarag’idagi (markaziy bank va boshqa tijorat banklaridagi) mablag’lar, tez 
naqd pulga aylanuvchi aktivlar, zarur hollarda banklararo bozor yoki Markaziy 
bankdan olinadigan banklararo kreditlar hisoblanadi. 
2018 yil davomida AT «Aloqabank» tomonidan kredit portfelini 
diversifikatsiya qilish siyosatini qo’llagan holda, kreditlash jarayon-larining asosiy 
yo’nalishini belgilashda asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish, manzilli va hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni, shuningdek, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining istiqbolli loyihalarini 
moliyalashtirishga qaratildi. Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalarning 
iste’mol ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida ajratilgan iste’mol kreditlari 
fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga munosib xizmat qilmoqda. 
Respublikamiz barcha unversal banklari qatorida AT “Aloqabank” ham 
amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq har yilda bir marta o’z kredit 
siyosatini belgilaydi va u asosida mijozlarni kreditlash jarayonida keng qamrovli 
bank xizmatlarini ko’rsatish, bank faoliyatining kredit munosabatlari sohasida 
asosiy strategiya va taktikasini belgilaydi. Maqsad kreditlash jarayonida amaldagi 
qonunchilik talablariga rioya etish, umumiqtisodiy maqsadlarga qaratilgan 
kreditlash tartiblarining bir xilligini kafolatlash, tavakkalchilikni muntazam ravishda 
diversifikatsiyalash, bank likvidligi va foydaliligini ta’minlashdan kelib chiqadigan 
kredit samaradorligini belgilashdan iborat. 
2019 yil 1 yanvar holatiga yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar salmog’i 
3 773,2 mlrd. so’mni tashkil qildi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga ajratilgan 


49
kreditlar qoldig’i yil boshiga 
(1 377,4 mlrd. so’m)
nisbatan 2 395,8 mlrd. so’mga 
oshib, o’sish 273,9 foizni tashkil etdi. 
2.5 - jadval.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin