2.3. Tijorat banklarining moliyaviy hisobotlarini
ichki auditdan o’tkazishning tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan tijorat banklarini ichki auditdan o’tkazishda yangi talablar
qo’yilmoqda.Tijorat banklarida ichki audit faoliyati O’zbekiston Respublikasining
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunini va O’zbekiston Respublikasi Markaziy
44
bankining 2000 yil 22 dekabrdagi”Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank
tomonidan qo’yiladigan talablari to’g’risida”gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o’tishi yangi sharoitda faoliyat
ko’rsata oladigan tijorat banklari tizimini shakllantirishni taqozo etdi. Mustaqillik
yillarida olib borilgan islohotlar natijasida turli mulkchilikka asoslangan tijorat
banklari tizimi vujudga keldi. Xalqaro tajribaga tayangan holda bank tizimining
isloh qilinishi natijasida xalqaro standartlar talablariga ko’ra, ularning boshqaruv
infratuzilmasi, nazorat tizimini shakllantirish bilan bog’liq muammolarni xal
qilishga erishildi.
Bazel qo’mitasining talablariga binoan bank boshqaruvi faoliyati va nazorati
tizimini evolyutsion yo’l bilan takomillashtirish borasida yagona davlat siyosati
yurgizilib, qator me’yoriy hujjatlar majmui yaratildi. Natijada bank amaliyotiga
tashqi nazorat monitoringi va mustaqil audit kabi tushunchalar kirib keldi.
Bunda, bank moliyaviy barqarorligiga ta’sir etadigan barcha omillar: kapital
etarliligi, aktivlar va kapitalning daromadlilik darajasi, aktivlar dinamikasi, kredit
portfelining risk darajasi, investitsiya portfeli kabi bir qator ko’rsatkichlarni miqdor
va sifat jihatdan tahlil qilinishi kerak. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlar tahlili turli
banklarning faoliyatini qiyosiy taqqoslash hamda yaqin o’tgan 2 yillik davrdagi
o’zgarish jarayonini o’rganish, bankning istiqboldagi moliyaviy holatini baholash
imkoniyatini beradi. Ushbu ko’rsatkichlar tahlilini tijorat banklari misolida tashqi
audit yordamida aniqlangan quyidagi ma’lumotlar asosida ko’rishimiz mumkin.
Aktivlar sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonida bankning aktivlari,
jumladan balansdan tashqari aktivlari tarkibi tahlil qilinadi. Dissertatsiya ishimda
albatta, amaliy ma’lumotlardan foydalanishga harakat qildim. Jumladan, AT
“Aloqabank” 2013 va 2018 yillar uchun ma’lumotlari asosida jadvallarni tahlil
qilgan holda bankning faoliyatiga baho beramiz.
|