III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI ICHKI AUDITDAN O’TKAZISH
TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
3.1. Bank ichki auditini sifatini oshirish
bilan bog’liq mummolar
Bank tizimidagi islohatlarning chuqurlashuvi moliyaviy resurslarni oqilona
boshqarish usullari va vositalaridan kengroq foydalanish, tijorat banklar faoliyatini
muvofiqlashtirishda esa bevosita va bilvosita nazorat vositalarini keng qo’llashni
taqozo etadi. Shu bois, Markaziy bank tijorat banklari va ularning filiallari
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan muntazam nazorat qilib turishga
katta e’tibor qaratmoqda. Tijorat banklari barqarorligini saqlashda tashqi va ichki
audit xizmalari katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy bankning ichki va tashqi auditni
kuchaytirishga
nisbatan
qo’yayotgan
qat’iy
talablari
moliya–kredit
muassasalarining o’z zimmalariga yuklanayotgan vazifalarni sifatli va o’z vaqtida
bajarilishini zaruriyat qilib qo’ymoqda.
Hozirgi kunda tijorat banklar faoliyatida ichki va tashqi auditni bir-biriga
muvofiqlashtirishda ko’plab o’z echimini topmagan muhim muammolar mavjudki,
ular tijorat banklarida ichki va tashqi audit natijalariga, jumladan, auditorlik
xulosalarining haqqoniyligiga, auditorlik tekshiruvlarning sifatiga, auditorlarning
etik faoliyatiga, auditdan o’tayotgan tashkilot yoki bank faoliyatiga real baho berish
imkoniyatiga salbiy jihatdan ta’sir etmoqda. Shu bois, magistrlik dissertatsiyamizda
ushbu muammolarni quyidagicha yoritishni lozim topamiz:
1. Tijorat banklarni tashqi auditdan o’tkazishda bank aktsiyadorlari va bank
boshqaruvi o’rtasidagi ziddiyatlar.
Tijorat banklari yillik moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tashqi auditdan
o’tkazishda eng muhim muammolardan biri bu bank boshqaruvi va aktsiyadorlari
tomonidan bank moliyaviy ahvolini haqqqoniyligini aniqlashda manfaatlar
to’qnashuvidir. Chunki, tashqi audit "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi Qonunga
ko’ra mustaqillik, xolislik, erkinlik tamoyillari asosida professional faoliyat bilan
shug’ullanuvchi hamda aktsiyadorlar va bank boshqaruviga bo’sinmaydigan
55
auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Ko’pchilik hollarda bank
boshqaruvi o’zining yillik foydasini yashirishga harakat qiladi. Chunki, bank foydasi
kamaytirib ko’rsatilsa bank tamonidan davlat soliqlarini to’lash qisqaradi.
Aktsionerlar esa bankning yillik foydasini ko’proq bo’lishidan manfaatdordirlar.
Bunda, bankning yillik foydasi qanchalik ko’p bo’lsa, aktsiyadorlar bank
aktsiyalaridan oladigan dividendlari ham shunchalik ko’p bo’ladi. Ma’lumki, bank
boshqaruvi audit tashkiloti bilan bankni tashqi auditdan o’tkazish to’g’risida
shartnoma imzolaydi. Biroq, aktsiyadorlar yig’ilishida bir nechta auditorlik
tashkilotlari tenderda e’lon qilinib, aktsiyadorlarga ma’qul tushgan auditorlik
tashkilotigina tekshiruvga jalb etilishini yodda tutish lozim. Shuningdek, bu holat
har doim ham amalga oshirilmaydi. Bu esa auditorlik tashkilotining ma’lum bir
tomondan bank boshqaruviga buysunib qolishini anglatadi. Natijada, ma’lum
darajada auditorlik tashkiloti bank boshqaruvining manfaatlarini himoya qilishga
majbur bo’ladi.
2. Tijorat banklari tomonidan auditorlik tashkilotlarini tanlash imkonining
chegaralanganligi.
Bizga ma’lumki, hozirgi kunda tijorat banklarni tashqi auditdan o’tkazish
uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tamonidan bank auditini o’tkazish
huquqini beruvchi sertifikatga ega bo’lgan va amalda faoliyat ko’rsatayotgan
auditorlik tashkilotlar 5 tani tashkil qiladi. Ulardan 3 tasi xorijiy auditorlik
tashkilotlari, 2 tasi mahalliy auditorlik tashkilotlaridir. Bu esa tijorat banklarining
tashqi audit tashkilotlarini tanlash imkoniyati cheklanganligidan dalolat beradi.
Tashqi auditorlik tashkilotlarining kamayishiga quyidagi omillar ham sabab
bo’lgan:
- Birinchidan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ayrim
bank auditini o’tkazishga huquqi bo’lgan auditorlik tashkilotlarining tashqi audit
o’tkazish va litsenziya talablariga javob bermaslik oqibatlarida mazkur faoliyat bilan
shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziya bekor qilinishi;
- Ikkinchidan, 2007 yil 4 apreldagi O’zbekison Respulikasi Prezidetining 615-
sonli Qaroriga muvofiq tasdiqlangan «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida»gi
56
Nizomda ko’rsatilgan “Ustav kapitalining miqdori va auditorlarining malakasiga
qo’yilgan” talablarning oshishi natijasida auditorlik tashkilotlari sonini keskin
qisqarib ketishidir.
3. Auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik etik qoidalarining qo’pol
tarzda buzilishi.
Ko’pgina auditorlik tashkilotlari o’zlarining auditorlik faoliyati va auditorlik
konsultatsiya hizmatlarini amalga oshirishda auditorlik etik qoidalarining jiddiy
tarzda buzilish hollari ko’plab uchraydi. Professional auditorlarning majburiy
sifatlaridan biri bu jamiyat oldidagi ma’suliyatini tan olishidir. Shunga ko’ra,
O’zbekiston Auditorlarining kasbga oid axloq kodeksi O’zbekiston Auditorlar
palatasining 2005 yil 25 iyun 3-son, bilan qabul qilingan. U auditorlar auditorlik
xizmatni ko’rsatishda mijoz bilan o’zaro munosabatlarini aniqlovchi etik va
professional me’yorlarni ishlab chiqish va ularga qat’iy rioya qilishni tartibga soladi.
Shunga ko’ra, auditorlik tashkiloti quyidagi auditorlik etik qoidalargi rioya qilishlari
lozim.
4. Auditorlik tashkilotlar to’g’risida ma’lumotlarning chegaralan-ganligi
muammosi.
Tijorat banklar yillik audit tekshiruvlarini o’tkazuvchi va O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank auditini o’tkazish huquqini beruvchi
sertifikatga ega bo’lgan va amalda faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatining cheklanganligi. Bu esa tijorat
banklarning tashqi audit tashkilotlari to’g’risida ma’lumotlar bilan tanishib borishga
va ularni tanlash imkoniyatini chegaralaydi. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan
auditorlik tashkilotlari to’g’risida faqat O’zbekiston Respublikasining Moliya
vazirligining internet veb sahifasi orqali ma’lumot olishlari mumkin.
Bizningcha, veb sahifadan tashqari qo’shimcha iqtisodiy gazeta va jurnallarda
ham auditorlik tashkilotlari ularning faoliyati to’g’risida ma’lumotlar, ularning
reytinglarni e’lon qilish tijorat banklariga auditorlik tashkilotlari to’g’risida kengroq
ma’lumotlar olish imkonini beradi, shu bois, bu borada qo’shimcha chora va
dasturlar ishlab chiqish lozim.
57
5. Auditorlik tashkilotlarning xizmat narxining yuqoriligi yoki xizmat
haqi(shartnoma qiymati)ning auditorlik tashkilotlari tomonidan belgilanishi.
Mamalakatimiz moliyaviy xizmatlar bozorida faoliyat yuritayotgan mahalliy
auditorlik tashkiloti bilan xorijiy auditorlik tashkilotlari xizmatlarining narxi
o’rtasida keskin farq mavjud. Tijorat banklarning ushbu xorij auditorlik
tashkilotlarining xizmat haqlari hozirgi iqtisodiy sharoita ularning daromadiga
sezilarli ta’sir qiladi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tamonidan bank auditini o’tkazish huquqini beruvchi
sertifikatga ega bo’lgan va amalda faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik
tashkilotlarning soni kamligi natijasida auditorlik tashkilotlaring xizmat narxi
yuqoriligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, uning asosiy sabablaridan biri xorijiy
auditorlik tashkilotlarining dunyo miqyosida tutgan mavqeining yuqoriligi (dunyoda
tan olingan, obro’yi balandligi), ushbu xorijiy auditorlik tashkilotlari dunyoning
ko’pgina mamlakatlarida o’zining filiallarini ochgan va ularning ish tajribasining
mahalliy auditor tashkilotlarimizga nisbatan yuqoriligi, mutaxassislarining ish
tajribasi, bilim darajasi bu ularning mahalliy auditorlik tashkilotlarimizga nisbatan
ustunligini bildiradi.
6. Auditorlik tashkilotlari ish tajribasining yuqori emasligi va xorijiy
tashkilotlar bilan ishlash uslubining yo’qligi hamda ular xodimlarining malakaviy
darajasi, salohiyatining yuqori emasligi.
Tashqi audit tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar bu ularning
professional ish tajribasiga ega bo’lishidir. Auditorlik tashkilotlari majburiy va
tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston
Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va №90-«Auditorlik
tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti
(AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin.
Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish
b) moliyaviy hisobotni tuzish;
58
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga
o’tkazish;
g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-
xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va
deklaratsiyalarni tuzish;
j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda
tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin.
Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro’yxati kengaytirilishi va
to’ldirilishi mumkin, ammo hozirgi ko’rinishda ham auditorlik tashkilotlari
tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning qanchalik xilma-xil ekanligini
ko’rsatmoqda.
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi
uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat
ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
halollik va haqqoniylik; professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda
malakaga egalik; professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan
standartlar (shu jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish; o’z professional
majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan axborotlarni maxfiy
(sir) tutish printsipiga rioya qilish va hokazo.
Auditorlik tashkiloti xodimlari ma’ruza va seminar ishtirokchilariga
fuqarolik, soliq va boshqa qonunchiliklarda ro’y bergan o’zgarishlarni, buxgalterlik
hisobini yuritishga doir me’yoriy hujjatlar (buxgalteriya hisobi va hisobotining
xalqaro hamda milliy standartlari, nizomlar, qarorlar, yo’riqnomalar va boshqalar)ni
sharhlab beradilar. Shuningdek, bunday tadbirlarda hisob yuritish va hisobot
tuzishda ko’p sodir bo’ladigan xatolar muhokama qilinadi va seminar
ishtirokchilarining savollariga javob beradilar.
7. Auditorlik tashkilotlari tamonidan audit tekshiruvlarini o’tkazish
muddatlarining real emasligi.
59
Bizga ma’lumki tijorat banklari tashqi auditorlik tashkilotlari bilan shartnoma
tuzilayotganda shartnomada audit tekshiruvining muddati ko’rsatiladi. Bu esa tijorat
bank faoliyatiga qisqa vaqt ichida auditorlik xulosasini yozishda uning faoliyatiga
real baho berish imkonini chegaralaydi. Tijorat banklarida ichki audit bank
faoliyatining yil davomida audit tekshiruvdan o’tkazish imkoni mavjud.
Tashqi auditorlik tashkilotlari bank ichki audit bo’limlari bilan hamkorlik
qilishi ham muhim ahamiyatga ega. Markaziy bankning tijorat banklarda ichki
auditni tashkil etish bo’yicha tavsiya va nizomlarida bo’linmalarning auditorlik
tashkilotlari bilan aloqasiga unchalik e’tibor berilmagan. Garchi, auditorlik
tashkilotlariga o’zlariga kerakli ma’lumotlarni talab qilib olish va ularni taqdim etish
majburiyligi aytilgan bo’lsada, auditorlik tashkilotlariga ulardan yil davomida
qilingan ishlar bo’yicha hisobot talab qilib olish huquqi berilishi lozim. Chunki, bu
hisobotlar bilan tanishish ichki audit faoliyatiga, qolaversa tizimga real baho
berishni ta’minlaydi va yillik tashqi audit tekshiruvlarini sifatli o’tkazishga
imkoniyat beradi va bevosita uning rivojlanishiga rag’bat uyg’otadi.
Dostları ilə paylaş: |