70
XULOSA VA TAKLIFLAR
O’rganilgan nazariy manbalar va amaliy ma’lumotlar tahlillaridan kelib
chiqib quyidagi umumiy xulosa va takliflar ishlab chiqildi:
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning samaradorlik ko’rsatkichlari
auditini respublikamiz bank tizimidagi o’rni, ahamiyatini o’rgangan holda, bank
auditining zarurligi va respublikamizda uning huquqiy asoslarini yaratilishi, tijorat
banklari ko’rsatkichlarini audit qilish usullari va nazorat turlari, O’zbekiston
Respublikasi tijorat banklarida audit o’tkazishni tashkil qilish asoslari batafsil
o’rganib chiqildi.
2. Tijorat banklarida samaradorlik ko’rsatkichlari tahlili masalasida hozirgi
kunda banklarda olib borilayotgan tijorat banklarida naqd pul muomalasi va kassa
operatsiyalarining auditi, kredit operatsiyalar, qimmatli qog’ozlara uditi, hamda chet
el valyutasidagi operatsiyalari auditini o’tkazish tartibi ko’ri bchiqildi.
3. Respublikamizda bank samaradorlik ko’rsatkichlaria uditini rivojlantirish
muammolari va ularning echimlari bo’yicha tijorat banklarini “CAMEL” tizimi
bo’yicha baholash masalalari yoritib berildi.
Bank operatsiyalarining asosiy qismini kredit (60-70%) operatsiyalari tashkil
qiladi. Shuning uchun audit qilishda bu operatsiyalarga katta e’tibor beriladi.
Respublikamizda hozirgi kunda kredit operatsiyalarining muammolari mavjud.
Banklarni kredit faoliyatini tekshirish amalda shuni ko’rsatadiki, ko’p
bankning ichki instruktiv materiallari va nizomlari ishlab chiqilmagan. Bularga
kredit bo’limining nizomi va mansabdor shaxslarni me’yoriy hujjatlari, burchlarini
taqsimoti va kredit berish to’g’risida ko’rsatma, kredit qo’mitasini qarori kabilar
tekshirilishidir. Bularni borligi banklarda kredit ishi yurituvchisini ratsional tashkil
qilishga yordam beradi va xodimlarni o’z vazifalariga bo’lgan mas’uliyatini
oshiradi. Tijorat banklarida kredit berish uchun shartnomani rasmiylashtirish
jarayonida banklar tomonidan tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy xarakterdagi xatolarga
yo’l qo’yilmoqda. Ayrim hollarda bankdan qabulqilinayotgan hujjatlar to’liq
emasligi yoki to’la rasmiylashtirilmaganini qo’lanmoqda.
71
Hozirgi kunda sug’ur takompaniyalari o’z majburiyatlari ustidan chiqaolmay
bankrotlik darajasiga ham borishmoqda. Bu esa, bankning kreditlarni qaytmaslik
xatarini yuqori darajadaligini ko’rsatadi. Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni
bartaraf etish maqsadida ko’pgina asoslar yaratilmoqda.
Keltirilgan nisbiy misol va asosan respublika banklari amaliyoti tahlillariga
asoslangan holda, O’zbekistonda bank nazoratini amalga oshirishda “CAMEL”
tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni taklif
etish mumkin:
Birinchidan, Markaziy bank tomonidan banklarning moliyaviy holatini
baholashning “CAMEL” tizimigaa soslangan O’zbekiston banklari reytingtizimini
samaradorligini oshirish;
Ikkinchidan, Markaziy bankdan tashqari bank bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy
agentlar hamda boshqalarning, jumladan, jamoatchilik, kasaba uyushmalari, ilmiy
tadqiqotchilarning ush bu tizim uslubiga asoslanib, mustaqil ravishda baholashlarni
o’tkazishlari uchun matbuotda e’lon qilinadigan bank hisobotlaridagi ma’lumotlarni
ko’paytirish;
Bank faoliyatini tartibga soluvchi Farmon, qaror va me’yoriy hujjatlarning
ko’pligi banklarning ham, auditorlarning ham ishini qiyinlashtirmoqda, shusababli,
ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishdagi banklar va holatlarini yanada
kengaytirish lozim, deb hisoblaymiz.
Banklar tizimini yanada erkinlashtirish sharoitida O’zbekistonda boshqa chet
mamlakatlar singari yangi xizmat turi, ya’ni audit xizmati kundan-kunga o’zo’rnini
topib bormoqdla.
Olingan xulosa va takliflar asosida quyidagi tavsiflar ishlab chiqildi:
1. Yagona talablarni belgilaydigan iqtisodiyotimiz va bank faoliyatini tartibga
solishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ichki audit uchun xalqaro
tajribadan kelib chiqqan holda ichki auditning milliy standartlarini ishlab chiqish;
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Tijorat banklarining ichki
auditiga qo’yilgan talablar to’risida Nizom”iga ko’ra Bank kengashi tijorat
bankining ichkia udit xizmatini yillik harajatlari smetasini tasdiqlab berishi lozim.
72
Biroq biz tahlil qilgan AT Aloqabank tizimida bu tartibga to’la rioya qilinmasligi
mavjudligi sezildi. Bu bilan bankning ichkia udit xizmatining bank boshqaruviga
iqtisodiy jihatidan mustaqilligi ta’minlanmagan. Nizomning bu talabini bajarilishiga
Markaziy bank tomonidan qit’iy nazorat o’rnatish zarur deb hisobalymiz. Bu bilan
tijorat banklarida ichki audit hizmati hodimlarining bank rahbariyatiga qaramligiga
barham berilib, xolisligi va mustaqilligi ta’minlanadi;
3. Ichki auditning milliy standartlarini ishlab chiqish jarayonida ichki
auditorlarni sertifikatlashni joriy etish zarur. Bunda Kadrlar tayyorlash bo'yicha
milliy dasturni hisobga olgan holda, “Sertifikatlangan ichki auditor” (CIA –
Certified Internal Auditor) xalqaro malakasiga asoslangan sertifikatlashni ishlab
chiqish kerak. Auditorlar va buxgalterlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi,
Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda nodavlat tashkilotlar va ta'lim
muassasalari sertifikatlashtirish dasturini ishlab chiqish uchun ish olib borishlari
maqsadga muvofiqdir;
4. Banklarda audit hizmatini samaradorligini oshirish uchun ularning texnik
va texnologik jixatdan qayta jihozlashni doimiy ravishda olib borish kerak.
Shuningdek, audit o’tkazish jarayonlarini komp’yuterlashtirgan holda kompleks
dasturlarini ishlab chiqishni va mavjudlarini esa modernizatsiya qilib borishni yo’lga
qo’yish zarur. Bu ham ichki ham tashqi audit o’tkazish uchun ketadigan vaqtni
qisqartirishga olib keladi, o’tkaziladigan audit harajatlarini qisqartirib iqtisodiy
samaradorligini oshiradi. Hozirda amalda AT Aloqabank tizimida ichki audit
o’tkazish uchun 1,5-2,0 oy. Rasmiy xujjatlarda esa bir oy ko’rsatilgan. Tashqi audit
o’tkazish uchun esa 4-5 oy vaqt sarf bo’lmoqda.
5. O’zbekiston Respublikasi bank tizimida xama uditorlik faoliyatining milliy
standartlaridan kengroq foydalanishni tavsiya qilamiz. Buning uchun barcha
iqtisodiy sub’ektlar uchun yagona xalqaro standartlarga yanada yaqinlashtirilgan va
respublika iqtisodiyoti xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda xalqaro audit
standartlarini respublikamizda qo’llash bo’yicha yagona gurux tashkil etilishi lozim.
Bu vazifani Respublika banklari assotsiatsiyasi amalga oshirsa maqsadga muvofiq
bo’ladi deb hisoblaymiz.
73
6. Auditorlik faoliyatini baholovchi mezonlar ishlab chiqilmagan, ularni
baholash asosan inspektsion tekshiruvlari bilan solishtirish asosida o’tkazilmoqda.
Shunga ko’ra, auditorlik tashkilotlar faoliyati ham banklar kabi reyting asosida
baholanib, matubotda e’lonqilinishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tijorat banklarining ichki audit xizmati
bankning boshqaruv organlariga bankning nazorati va ishlashi bo'yicha ob'ektiv
tahlil, baholash, tavsiyalar va axborotni taqdim etishga katta yordam beradi. Ichki
audit tijorat bankining ichki nazorat tizimining asosiy elementi bo’lib, xatarlarni
kamaytirishga va ijro intizomini to’g'ri darajada ushlab turishda o’rni beqiyosdir.
Shu jihatdan ham ichki audit xizmatining respublika bank tizimidagi rolini oshirish
muhim masala hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, yuqoridagi taklif va tavsiyalar
respublikamiz tijorat banklari amaliyotida qo’llanilsa, o’zining ijobiy samarasini
beradi.
Dostları ilə paylaş: |