2.2.Tijorat banklarida operatsion faoliyatning ichki auditi
Aktivlarning moliyaviy xisobotlarda aks ettirilgan kiymati auditorlar
tomonidan muntazam ravishda haqiqatda mavjud bo’lgan aktivlar qiymati bilan
solishtiriladi va aniqlangan har bir tafovutlar bo’yicha o’z vaqtida choralar ko’rilishi
yuzasidan auditor o’z takliflarini bayon etadi.
Kassa operatsiyalari ichki auditi
tijorat bankining aktivlari auditida auditorlar
tomonidan tektiriladigan dastlabki ob’ekt xisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 2008 yil 27 iyunda 1831-son bilan ro’yxatga olingan Markaziy
bank Boshqaruvining 2008 yil 17 maydagi 12/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan
39
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni
tashishga doir Yo’riqnoma
”
bo’yicha ish tashkil etilganligini va kassa amallari
bo’yicha ichki tartiblarga rioya etilshi tekshiriladi.
Bank kassalaridagi mavjud pul va boyliklar to’satdan, bir kunning o’zida,
barcha boyliklar, ular bilan o’tkaziladigan operatsiyalar, pul va boyliklar sanash
chog’ida but saqlanishini to’liq audit qilish imkoniyatini ta’minlaydigan hamda
boyliklar yatiriliti, pul va boshqa boyliklardan kamomad borligini yashirishga imkon
qoldirmaydigan izchillikda audit qilinadi.
Audit qilish boyliklar but saqlanishi uchun javobgar bo’lgan mansabdor
shaxslarning ishtirokida o’tkazilishi hamda bank muassasalarida operatsiyalar
amalga oshirilishining odatdagi maromini bo’zmasligi kerak.
Kassa va kassa operatsiyalarini ichki audit qilishda auditor quyidagilarni
aniqlashi zarur:
-
kassa operatsiyalari kirim-chikim orderlari bilan rasmiylat- tiriliti, o’z vaqtida
va to’g’ri to’zilishi, pul qabul qilingan va berilgan sanalar, hamda uning asosi
ko’rsatilishi, chiqim hujjatlarida tegishli imzolari borligi;
-
qa’tiy hisobda turadigan blankalar hisobinining yuritilish tartibi;
-
savdo tushumlarining kechki kassalarga qabul qilinishi va ularning qayta
sanat kassasiga to’g’ri o’tkazilish tartibi;
-
kassa holatiga baho berishi;
-
kassa jurnalining o’z vaqtida to’g’ri va to’liq yuritilishi;
-
garov mulki va kafilliklarning hisobi va ularning saqlanishi;
-
deponentdagi summalar bankka to’liq va o’z vaqtida topshirilishi, kassadagi
naqd pul kundalik qoldig’ining bank belgilab bergan limitiga rioya qilinishi va ular
but saqlanishi qanday ta’minlangani;
-
kassirning moddiy javobgarlik haqida kassa operatsiyalarini o’tkazish
to’g’risidagi nizomga muvofiq belgilangan shaklda to’zilgan majburiyatnomasining
mavjudligi;
-
kassa hujjatlari audit o’tkazilayotgan davr bo’yicha to’liq tekshirishdan
o’tkaziladi. Kassa hujjatlarini tekshirilishi birdaniga kassa, hamda moliya
40
tartiblariga rioya qilinishi tektirilishi hisoblanadi;
Auditor tomonidan kassa holatini audit qilish jarayonida begona shaxslar
tomonidan kassa tarmog’i joylashgan joyni ko’zatishlari va o’rganishlari uchun
imkoniyat yaratilmagan bo’lishi lozim. Ayniqsa kassa tarmog’iga kirish eshigining
ish kuni davomida ichkaridan o’zi yopilib qoluvchi qulf bilan berkitilgan bo’lishi
hamda unga tashqarini ko’rish uchun maxsus tuynuk o’rnitilganini, kassa xodimlari
o’zlarining shaxsiy qiyimlari, sumkalari va qimmatliklarini saqlash uchun alohida
xonaning mavjudligi, operatsion kassalarning kabinalari o’rtasida darchalar mavjud
bo’lsa, ularning har ikkala tomoniga qulflovchi moslamalar o’rnatiliti lozimligini,
pul saqdash omborining temir etishlari, xonada mavjud stellaj va seyflarning holati
va har bir valyutaning alohida seyflarda saklanishi uchun yaratilgan sharoitlarni,
shuningdek, kassa bo’limi kalitlarining tegishli rahbar xodimlarda saqlanishini
alohida tartibda tekshiradi.
Bugungi kunda kassa operatsiyalari auditida aniqlangan asosiy xato va
kamchiliklar quyidagilardan iborat:
-
joylarda filialning “Chakana biznes” bo’limi tarkibidagi aholi omonatlari
talabini qondirishga mo’ljallangan operatsion kassalarga naqd pullar naqd pul olish
bo’yicha talabnomalar shakllantirilmasdan pul mablag’lari olib o’tilgan;
-
ayrim hollarda kassa hujjatlarida yo mijoz, yoki kassa xodimlarining imzosi
mavjud emas;
-
mijozlarga chek orqali naqd pul berilganda, ular tomonidan ishonchli vaqil
nomiga naqd pulni olish ishonchnomalarining mavjud emasligi, imzolarning mos
kelmaslik hollari;
-
minibanklar tomonidan naqd pul tushumlarining qabul qilinishi;
-
mijozlarga nakd pul berilayotganda mijoz tomonidan chekning bank Front
ofis bo’limidan Midll ofis bo’limiga va undan keyin kassaga to’g’ridan-to’g’ri
taqdim etiliti ko’zatilmoqda;
-
cheklarning talon qismi kassa mudiri tomonidan o’z vaqtida tikilmagan va
yoki umuman tikilmagan;
-
mini banklarga madad pullarini etkazib berish bankning foydalanishda
41
bo’lgan xizmat avtomashinalari orqali mustaqil ravishda etkazilib berilishi hollari.
Valyuta mablag’lari bosh bank farmoyishiga asosan Toshkent shaxridan viloyat
filiallariga samaliyotda olib kelinmoqda, biroq aeroportdan filial kassa tarmog’iga
ham bankning foydalanishda bo’lgan xizmat avtomashinalari orqali mustaqil
ravishda etkazilib berilishi hollari ko’zatilmokda;
-
aksariyat yuridik shaxslardan kassa buyurtmanomalari olinmagan holda
aylanma kassadagi nakd pul limiti asossiz ravishda urnatilmoqda.
Yukoridagi sanab o’tilgan kamchiliklar asosan aktiv operatsiyalar bilan
bog’liq bo’lgan operatsion risk omilini yuzaga chiqarmoqda.
Tijorat banklari kassa amaliyotlarida ko’zatilayotgan yana bir kamchilik kassa
mudiri va kassirlar tomonidan qabul qilib olingan va topshirilgan pul summalarini
o’zida aks ettiruvchi 155-shakldagi kitobning umuman yuritilmasligi ham tijorat
banklarida kassa ishlari bo’yicha to’g’ri ish tashkil etilmayotganligidan dalolat
beradi. Shu bilan bir qatorda 1831- sonli yuriqnomaning 229 bandida keltirilgan
talablarga, ya’ni kunlik kassa hujjatlarining shakllantirilish tartibida aniqlanayotgan
kamchiliklar bo’yicha banklarda ichki nazorat va sunggi nazorat tizimini
kuchaytirish kabi tavsiyalar beriladi.
Valyuta operatsiyalarining ichki auditida
-
tijorat banklarida valyuta
almashtiruv punktlari faoliyatlari bo’limning eksport va import faoliyatiga xizmat
ko’rsatish hamda valyuta mablag’larini qayta baholash operatsiyalariga alohida
e’tibor qaratiladi. Shu bilan bir qatorda operatsiyalarini tekshirishda asosiy etibor
quyidagilar ko’zatuv ostiga olinadi:
-
valyuta hisobraqamlarini ochilish tartibi va hujjatlarning to’liqligi;
-
eksport va barter kontraktlarini hisobga olish bo’yicha ochilgan
hisobraqamlari bo’yicha buxgalteriya xisobining to’g’ri olib borilishi;
-
chet el valyutalarida amalga oshirilgan operatsiyalarning o’z vaqtida va to’g’ri
o’tkazilgani;
-
valyuta operatsiyalari bo’yicha daromad va xarajatlarning xisoblanishi va
hisobning to’g’ri olib borilishi.
-
valyuta xisobvarag’idagi valyuta mablag’larining o’z vaqtida va to’g’ri qayta
42
baholanishi:
-
eksport va import shartnomalarini hisobga olishda Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va Markaziy bankning meyoriy hujjatlariga qatiy amal qilinishi;
-
boshqa bank muassasalaridan inkassatorlar orqali kelgan chet el valyutasi va
chet el valyutasidagi to’lov hujjatlari to’liq kirim qilingani, aloqa organlaridan chet
el valyutasi bo’lgan jo’natmalarni olish tartibiga rioya qilinishi tekshirish;
-
rezidentlarga chet el valyutasi va chet el valyutasidagi to’lov hujjat- larini
sotishning amaldagi qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi;
-
valyuta ayirboshlash shaxobchasi ishining to’g’ri tashkil etilganligi, jumladan
valyutaning hisobi to’g’ri yuritilish bo’yicha tegishli daftarda o’z vaqtida va to’g’ri
qayd etilishini tekshirish;
-
sotiladigan valyuta summasi hisob-kitob qilinganining to’g’riligi, chet el
valyutasini sotish operatsiyalari sotilgan nakd chet el valyutasi hisobini yuritish
bo’yicha tegishli shakldagi daftarda o’z vaqtida va to’g’ri qayd etilishi tekshiriladi;
-
sotiladigan valyuta ayirboshlash shaxobchaining sotilgan chet el valyutasi
hisobini yuritish daftarida to’g’ri ko’rsatilgani;
-
chet el valyutasini respublikadan tashqariga olib chiqishdagi ruxsatnoma
to’g’ri rasmiylashtirilgani;
-
valyuta sotilganda vositachilik haqi undirilgani;
-
xizmat safari xarajatlari uchun tashkilotlar va korxonalarga chet el valyutasi
sotishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
-
chet el valyutasi va chet el valyutasidagi to’lov hujjatlarini O’zbekistan
Respublikasining boshqa banklariga yoki bevosita chet el bankiga jo’natish bo’yicha
operatsiyalarning to’g’riligi va asosli ekanligi;
Nakd chet el valyutasi va to’lov hujjatlari bilan bog’liq inkasso operatsiyalari
quyidagi hujjatlar asosida audit qilinadi:
-
rezident va norezidentlardan nakd chet el valyutasi va to’lov hujjatlarini
sumda, hamda chet el valyutasida inkasso uchun qabul qilishning to’g’riligi;
-
inkasso operatsiyalarining to’g’ri rasmiylashtirilishi, hamda uning tegishli
hisobvaraqlarda hisobga olinishi.
43
Pul muomalasi ishlarini ichki auditi
-
jarayonida audit tekshiruvi
o’tkazilayotgan davrda amalda bo’lgan pul-kredit siyosati va Markaziy bankning
amaldagi yuriqnomalariga muofiqlik darajasi tekshiriladi va bunda auditor
tomonidan quyidagi
-
pul muomalasi ishining qay darajada tashkil etilgani;
-
pulning kassaga qaytish koefitsentining asosli darajadaligini tekshirish;
-
tashkilotlar tomonidan kassa buyurtmalarining o’z vaqtida va to’liq yig’ib
olinishi;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan naqd pul tushumlarining bankka
topshirilish hisobini audit qilish;
-
tashkilotlarga ish haqi berish jadvallarining mavjudligi va unga amal
qilishnishi;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga kassa qoldigi limitlarining to’g’ri va to’liq
o’rnatilishi;
-
savdo va nosavdo tashkilotlariga naqd pul tushumlarining to’g’ri o’rnatilishi;
kabi holatlar o’rganiladi va to’zilgan kassa prognozi O’zbekiston
Respublikasi MB Boshkaruvining 2005 yil 20 avgustdagi 18/1-son qarori bilan
tasdiklangan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 10
oktyabr 1518-son bilan ruyxatga olingan «O’zbekiston Respublikasida banklar
tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risida»gi yuriqnomaga
asosan amalga oshirilganligi tekshiriladi hamda aniqlangan xatolar bo’yicha tegishli
choralar ko’rilishi bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: |