Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
23-to’plam oktyabr 2023
130
TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI VA
AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH.
Yarashev Muxammad Farid oʼgʼli
Òzbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi.
Bank hisobi, auditi va nazorati yònalishi magistranti.
Ilmiy rahbar: prof. Ibragimov Abdugafur
ANNOTATSIYA Tijorat banklarida valyuta operatsiyalari hisobi va auditini
takomillashtirish ko’rib chiqildi.
Kalit so’zlar:
Tijorat banklari, valyuta operatsiyala, bank daromadlari, bank
xarajatlari, bank auditi, moliyaviy natijalar, auditni rejalashtirish, auditorlik.
IZLANISH METADALOGIYASI VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.
Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining
o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. SHu sababli valyuta kursi valyuta tizimining
muhim elementi hisoblanadi.
Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi:
– tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni
o‘zaro
almashtirish uchun; bunda, eksporter kelib tushgan chet el valyutasini milliy
valyutaga almashtiradi. CHunki boshqa mamlakatlarning
valyutalari mazkur davlat
hududida qonuniy xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi.
Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy valyutani chet el
valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to‘lash uchun va tashqi qarzlar bo‘yicha
foizlarni to‘lash uchun chet el valyutasini sotib oladi;
– jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida
ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun;