Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 23-to’plam oktyabr 2023 131 – firma va banklarning chet el valyutasidagi hisob varaqlarini vaqti-vaqti bilan qayta
baholash uchun valyuta kursi zarur.
Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul
birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarda ifodalangan bahosidir. Tashqi valyuta kursi
almashuv qatnashchilari uchun valyuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali
aniqlanadigan bir valyutani boshqasiga qayta hisoblash koefitsientidir. Biroq valyuta
kursining qiymat asosi bo‘lib valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. Valyutaning xarid
qobiliyati investitsiya, tovar va xizmatlarning o‘rtacha milliy narxlari darajasini
ifodalaydi. Bu iqtisodiy (qiymat) kategoriyasi tovar ishlab chiqarishga tegishli bo‘lib, u
tovar ishlab chiqaruvchilar va jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini
ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarish iqtisodiy shartlarining keng ko‘lamli ifodasi
bo‘lgani uchun, turli mamlakatlarning milliy pul birliklarining taqqoslanishi qiymat
munosabatiga asoslanadi va u ishlab chiqarish va almashuv jarayonlarida yuzaga keladi.
Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar hamda sotib oluvchilar valyuta kursi
yordamida milliy narxlarni boshqa mamlakat narxlari bilan solishtiradilar. Taqqoslash
natijasida mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarish yoki xorijda investitsiyani
rivojlantirishning foydaliligi darajasi ko‘rinadi. Qiymat qonuniga qanchalik amal
qilinmasin, oxir oqibat valyuta kursi uning ta’siriga bo‘ysinadi. Valyuta kursi valyutaning
real kurs nisbatlari ko‘rinadigan milliy va jahon iqtisodiyotlarining o‘zaro aloqasini
ifodalaydi.
Tovarlar jahon bozorida sotilayotganida milliy mahsulot qiymatini internatsional
o‘lchovlari asosida jahon talabiga ega bo‘ladi. SHuningdek, ushbu tovarlarning jahon
xo‘jaligi doirasida almashinishida valyuta kursi vositachi bo‘ladi. Valyuta kursining
qiymat asosi shu bilan shartlanadiki, oxirgi navbatda jahon narxlariga asoslangan ishlab
chiqarishning internatsional bahosi jahon bozoriga asosiy tovar etkazib beruvchi
mamlakat ishlab chiqarishning milliy baholariga tayanadi. Xalqaro kapital harakatining
tez o‘sishi bilan tovarlarga, shuningdek, moliyaviy aktivlarga nisbatan valyutaning xarid
qobliyati valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatadi. n Turli mamlakatlarning valyutalari va halqaro