Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish


Auditorlik faoliyatining huquqiy bazasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

Auditorlik faoliyatining huquqiy bazasi.
7
 
Huquqiy-me’yoriy 
hujjatlar va normalar
Maqsadlari
Asoslari
Auditorlik faoliyati 
to’g’risidagi Qonun 
Moliyaviy iqtisodiyot tizimida 
auditning ahamiyati va 
vazifalarini belgilab beradi 
1992 yilda qabul qilingan va 2000 
yil 26 mayda yangi tahriri qabul 
qilingan 
Qonuniy va me’yoriy 
hujjatlar 
Auditorlik faoliyatini tartibga 
solish uchun xizmat qiladi 
Auditorlik faoliyati bilan bog’liq 
bo’lgan litsenziya berish va 
sertifikatsiyalash bo’yicha 
umumiy me’yoriy hujjatlar qabul 
qilingan 
Auditorlik faoliyati 
andozalari 
Auditorlik firmalari tomonidan 
rioya qilinishi lozim bo’lgan 
talablarni belgilaydi 
Xalqaro auditorlik andozalari 
asosida auditning milliy 
standartlari ishlab chiqilgan 
Maxsus auditorlik faoliyati 
bo’yicha andozalari, 
vazirliklar va tashkilotlar 
ichki me’yoriy hujjatlari 
Auditorlik faoliyatining 
yo’nalishlari bo’yicha maxsus 
qoidalarni belgilaydi 
Markaziy bank tomonidan 
banklarda audit tekshiruvlarini 
o’tkazish uchun maxsus qoidalar 
belgilangan 
Ichki audit andozalari 
Tashkilot va korxonalarda, 
banklarda ichki audit 
mexanizmini belgilaydi 
Markaziy bank tomonidan 
banklarning ichki audit xizmati 
uchun qoidalar ishlab chiqilgan 
 
To’rtinchi pog’ona - vazirliklar va idoralar, shu jumladan, O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining auditorlik faoliyatini tashkil etish hamda muayyan 
sohalar bo’yicha soliqqa tortish, moliya, buxgalteriya hisobi, xo’jalik hisobining 
alohida masalalari bo’yicha audit o’tkazish qoidalarini o’rnatuvchi me’yoriy 
xujjatlardan tashkil topgan.
Auditorlik faoliyatining beshinchi pog’onasi o’z ichiga ichki audit andozalarini 
qamrab olgan.
O’zbekistonda audit 1991 yilda tashkil topa boshladi. Ushbu davrda auditorlik 
faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 
Asosiy me’yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat: 
1. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, dastlab 
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan va yangi tahrirda 2000 yil 26 mayda qabul qilingan.
7
Karimov N. “Bozor, pul va kredit ” jurnal. 2010 yil 10-son.


19
2. «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining 
ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori.
3. «Auditor malaka sertifikatini berish to’g’risida»gi nizom O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 13 oktyabrda 977-son bilan ro’yxatga 
olingan.
4. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari.
5. O’zbekiston Auditorlarining kasbga oid ahloq kodeksi O’zbekiston Auditorlar 
palatasining 2005 yil 25 iyun 3-son, O’zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy 
assotsiatsiyasining 2005 yil 4-son qarorlari bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil apreldagi PQ-
615-sonli 
«Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» (O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2008 yil 2 iyuldagi PQ-907-sonli «Auditorlik tashkilotlari moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi» 
Qarorining ilovasiga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) Qaroriga muvofiq, ya’ni 2009 yil 
1 avgustgacha barcha litsinziya olgan va yangidan tashkil etiladigan auditorlik 
tashkilotlari jami Ustav kapitalining 51 foizi auditorlarga tegishli bo’lishi hamda uning 
49 foizi pul ko’rinishda qo’yilishini ta’minlashlari shart. Tijorat banklarida tashqi audit 
tekshiruvini o’tkazish huquqiga Markaziy bank litsenziyasiga ega bo’lgan uchinchi 
guruh auditorlik tashkilolari ega bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvi natijalari ko’pchilik iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun 
asos bo’lganligi sababli barcha davlatlarda audit etarli darajada qat’iy tartibga solinadi. 
Ularning ayrimlarida masalan, Frantsiyada auditning me’yorlari, me’yoriy hujjatlari, 
auditorlar va auditorlik firmalarini ro’yxatga olish va ular faoliyati ustidan nazoratni 
amalga oshirish yo’li bilan davlat ushbu jarayonga aralashadi. Boshqa davlatlarda 
(AQSh, Angliya) ushbu jarayon kasbiy ijtimoiy auditorlik tashkilotlar tomonidan 
tartibga solinadi.
Mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik faoliyatini huquqiy-
me’yoriy tartibga solish tizimini uchta pog’onaga bo’lish mumkin. Ushbu tizimning 


20
birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri) turadi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga 
oshirish maqsadida qabul qilingan Prezident Farmonlari va hukumat qarorlarini ham 
ushbu tizimning birinchi pog’onasiga kiritish mumkin.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi - 
Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni 
o’z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) - bu barcha auditorlik 
tashkilotlari o’zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim 
bo’lgan yagona tartibga solib turuvchi me’yoriy hujjatlardir. Standartlar O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya 
vazirligida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy 
standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari (AXS (International Standards of 
auditing - ISAS) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish 
qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo’jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida 
bir xil qo’llaniladi. Hozirgi kungacha 20 ta AFMS ishlab chiqilgan va Adliya 
vazirligida ro’yxatga olingan. 
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya 
qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi. Auditorlik faoliyati 
milliy standartlarini xalqaro standartlar talablari darajasiga etkazish uchun shakl va 
mazmun jihatidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat: ularga rioya 
qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi; auditorlik 
amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi; muayyan vaziyatlarda 
auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi.
2002 yil 13 dekabrida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 6-
moddasiga kiritilgan qo’shimchaga muvofiq, «auditorlik tashkiloti auditorlik 
tekshiruvining shakllari va usullarini mustaqil belgilaydi». Demak, auditorlik tashkiloti 
o’zining ichki ish standartlarini shakllantirishi va buyruq bilan tasdiqlashi zarur. Ichki 
ish standartlarida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning tarmoq, texnologik va 


21
boshqa xususiyatlari aks ettirilishi kerak. Ammo, ularning qoidalari xalqaro va milliy 
standartlar qoidalaridan chetga chiqmasligi lozim. Ichki ish standartlarini auditorlik 
faoliyati huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining uchinchi pog’onasiga kiritish 
mumkin.
Demak, uchinchi pog’ona — xalqaro va milliy standartlarni tadbiq qilish uchun 
zarur hujjatlar to’plami. Ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ish standartlaridan iborat. 
Bu hujjatlar standartlarni qo’llash va ular asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga 
doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va 
rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari ham muhim o’rin tutadi. Jumladan:
1. O’zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O’zBAMA) - 
buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha 
maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari 
va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki professional tamoyillari bo’yicha 
birlashtiradi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb 
malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni 
ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda 
amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, 
xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatining 
tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab 
chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha 
maslahatlar beradi.
2. O’zbekiston Auditorlar palatasi (O’zAP) - malaka sertifikatiga ega mustaqil 
auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. 
Auditorlar palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini 
rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid 
manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar 


22
bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa 
o’rnatishdan iborat.
O’zbekiston Respubikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunini 
amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarning roli va maqomini oshirish, soliq va boshqa 
nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalarini hisobga olishni ta’minlash 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik 
tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» 2000 yil 22 sentyabrda 365-sonli 
qaror qabul qildi. Ushbu qarorni amalga tadbiq etish uchun «Auditorlik xulosalarini 
soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risida» Nizom 
(qarorga 1-ilova) tasdiqlangan. 
Mazkur Nizom auditorlik xulosalarini moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi 
(taftish qiluvchi) soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish 
tartibini belgilaydi. Nizomda, «Mavjud auditorlik xulosalarini umumlashtirish natijalari 
bo’yicha yig’ma axborot soliq organlari tomonidan belgilangan tartibda xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarini nazorat organlari tomonidan tekshirishning kelgusidagi reja-
jadvalini tuzish uchun nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika 
Kengashiga joriy yilning 1 oktyabrigacha taqdim etiladi. Salbiy auditorlik xulosasiga 
ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarni tekshirish reja jadvaliga belgilangan tartibda kiritilishi kerak.
Mazkur Nizom qoidalarining buzilishi uchun soliq organlari va boshqa nazorat 
organlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. Soliq organlari va boshqa nazorat 
organlari tomonidan belgilangan tartibda o’tkazilgan tekshirishda auditorlik 
xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyatining natijalariga 
muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu auditorlik xulosasi oldindan noto’g’ri deb 
hisoblanadi, auditorlik tashkiloti, shuningdek bunda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda 
nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq organlari va tegishli auditorlik 
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari qoidalarining buzilishi holatlari 
aniqlanganligi to’g’risida o’n kun muddatda O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligini xabardor qilishlari shart.


23
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va 
auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» 2000 yil 22 sentyabrdagi 
365-sonli qarori talablarini bajarish maqsadida «Majburiy auditorlik tekshiruvi 
o’tkazilishidan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima 
undirish tartibi to’g’risida» Nizom tasdiqlangan. 
Mazkur Nizom «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan 
bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektdan jarima undirishning yagona 
tartibini belgilab beradi. Birinchi bob bo’yicha xulosa qiladigan bo’lsak, 
Respublikamizda bank auditini amalga oshirishning me’yoriy-huquqiy bazasi 
shakllantirilgan. Respublikamiz hukumati tomonidan bank auditini o’tkazishni yanada 
rivojlantirish borasida va uni jahon andozalari talablariga mos ravishda o’tkazish 
borasida ishlar olib borilmoqda. Biz keyingi paragrflarda ushbu masalalarga 
to’xtalamiz.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin