Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

1.2.
 
Bank ichki auditini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari 
 


17
Bugungi kunda respublika tijorat banklarida ichki audit faoliyati umum qabul 
qilingan me’yoriy xujjatlarga asoslangan bo’lib, ushbu jarayonning shakllanishida 
mas’ul davlat tashkilotlari bilan bir qatorda, nodavlat, notijorat tashkilotlari
O’zbekiston auditorlar palatasi, O’zbekiston professional buxgalterlar va auditorlar 
assotsiatsiyasi vakillarining faol ishtirok etishlari auditning jahon andozalari 
talablari asosida rivojlanishiga ijobiy turtki bo’lmokda.
Respublikamizda hozirgi davrda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi 
idoralar huquq va majburiyatlarini belgilash, davlat va jamoat auditorlik 
tashkilotlarining roli va funktsiyalarini aniqlash jarayoni kechmoqda. Bu auditorlik 
faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar tizimining yuzaga kelishiga omil 
bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida auditni rivojlantirish bosqichlari 
jahon amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilmokda. Ushbu 
bosqichlarning asosiy negizi tashqi auditning rivojlanish tarixi bilan bog’liq bo’lib, 
tijorat banklarida ichki audit tizimi tashkil topishi ham ushbu jarayonning yakuniy 
bo’g’inidir.
O’zbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar 
tizimining ikkinchi pog’onasi hujjatlarida auditorlik faoliyatini tartibga solishning 
bozor sub’ektlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan umumiy masalalar nizom 
ko’rinishida belgilab berilgan.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining uchinchi 
pog’onasini auditorlik faoliyati andozalari tashkil etilib, ularning asosiy vazifalari 
moliya-xo’jalik faoliyatining barcha sub’ektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan 
bir xil talqin qilinuvchi audit me’yorlari va ulardan foydalanish uslublarini qamrab 
olishdan iboratdir. 


18
1.1-jadval 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin