Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

Tadqiqot ob’ekti: 
Mazkur ilmiy tadqiqot ishimizning ob’ekti O’zbekiston 
Respublikasi xududida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti: 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tijorat 
banklarida ichki audit o’tkazishni tashkil qilish jarayonlari va ular faoliyati 
natijalarini o’rganish jarayonida yuzaga kelgan moliyaviy munosabatlar 
tadqiqotning predmeti hisoblanadi. 
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. 
Tijorat banklari faoliyatini ichki 
auditdan o’tkazishning, tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslarini o’rganish, 
ichki audit o’tkazishning hozirgi axvolini, muammolarini chuqur o’rganib taxlil 
qilgan holda, talab va tartiblarini mustaxkamlash va takomillashtirish to’g’risida fikr 
va muloxazalar yuritib, amaliy takliflar ishlab chiqish dissertatsiya ishimizning 
asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni 
bajarish belgilab olindi:
-ichki audit o’tkazishning uslubiyotini va bank ichki auditini tashkil etish 
bo’yicha ilg’or xorij tajribalarini o’rganish;
- bank ichki auditining respublikamizdagi me’yoriy-huquqiy bazasini tahlil 
qilish;
- bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida respublikamizda bank ichki auditini 
tashkil etish va o’tkazishni takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar va takliflar 
ishlab chiqish. 
Ilmiy yangiligi: 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank ichki auditini tashkil etish 
va o’ziga xos tomonlarini ochib berish ushbu soxada mavjud bo’lgan muammolarni 
nazariy jihatdan asoslash va Magistrlik dissertatsiyasining asosiy yangiliklariga 
quyidagilar kiradi:


6
- tijorat banklarida ichki auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va ichki audit 
xizmatining moliyaviy jihatida mustaqilligini takomillashtirish bo’yicha takliflar 
ishlab chiqildi;
- mamlakatimiz bank tizimida ichki auditorlik tekshiruvlarining o’rni va 
tashkiliy vazifalarini takomillashtirish zarurligi,jahon iqtisodiy inqirozining ta’sirini 
va bozor iqtisodiyotiga o’tishning hozirgi sharoitida ilmiy asoslanib berildi;
- tijorat banklarini o’z mablag’lari, kapitali va aktivlarini, bank mulki, bank 
muomalalari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish halqaro talablar bo’yicha ilmiy 
tavsiyalar qilindi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin