Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

 
dasturning eng
 
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan 
majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O’zbekiston», 2017. - 104 b.


4
tashkil qilish va uni amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Reslublikasi Markaziy 
bankining 2000 yil 25 noyabrdagi 405-sonli “Tijorat banklarining ichki auditiga 
qo’yilgan talablar to’g’risidagi” yo’riqnomasida ichki audit xizmati xodimlarining 
javobgarliklari belgilangan. Ichki auditning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilar 
hisoblanadi:
- ichki audit tekshiruvi natijalari asosida bankning real holati va ichki nazorat 
samaradorligining aniq holati to’g’risidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan Bank 
Kengashini ta’minlash;
- ichki audit tizimini va ichki audit tekshiruv jarayonlarining samaradorligini 
baholash va tahlil qilish;
- bank faoliyati oldiga qo’yilgan maqsadga erishishda ma’muriy va operatsion 
jarayonlarning samaradorligini kuzatish;
-tavakkalchilikni boshqarish jarayonini qo’llanilishini va tavakkalchilikni 
baholash metodologiyasining samaradorligini kuzatish;
-moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot tizimi va elektron bank 
xizmatini kuzatish;
-buxgalterlik hisoboti va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini kuzatish;
- bank kapitalining tavakkalchiligini baholash tizimini kuzatish;
- bank faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga 
muvofiqligini nazorat qilish;
-doimiy taqdim etiladigan hisobotlarning to’liq va o’z vaqtida taqdim etilishini 
nazorat qilish;
-Buxgalteriya kitobi va moliyaviy hisobotlarning to’g’riligini va ishonchliligini 
o’rganish;
- Bank rahbariyati bilan birgalikda faoliyat yuritish;
- Bank kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni o’tkazish yoki 
o’tkazishga amaliy yordam berish;
-Audit xizmati tekshiruvlari jarayonida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari 
to’g’risida bank Kengashiga axborot berish. 


5
Bankda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni balansda to’g’ri aks ettirilishini 
ta’minlash, buxgalteriya xisobini to’g’ri yo’lga qo’yishda ichki audit xizmatining 
roli muximdir. Shuning uchun ham dissertatsion ishimizning mavzusi dolzarb 
mavzu bo’lib hisoblanadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin