Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish


Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi –



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi – 
dissertatsiya ishida 
dialektik yondashuv, mantiqiylik hamda analiz va sintez, statistik guruhlash va 
iqtisodiy tahlil, taqqoslash usullaridan foydalanildi. 
Ish tuzilmasining tavsifi. 
Dissertatsiya kirish, 3ta bob, hulosa va takliflar, 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan tashkil topgan.
Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ishining maqsadi 
va vazifalari, ilmiy jihatdan yangiliklar darajasi va uning amaliy ahamiyati haqida 
to’xtalib o’tildi.
Birinchi bobda bank tizimida ichki auditorlik tekshiruvlarini tashkil etishning 
nazariy asoslari va uning me’yoriy xujjatlari asosida tartibga solinishi yoritiladi. 
Ikkinchi bobida tijorat banklarida ichki auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish 
tartibi va uning muammolari, shu jumladan tijorat banklari ta’sis xujjatlari va ustav 
kapitali auditini, bank muomalalari auditini, tijorat banklarining kredit 
muomalalarini ichki auditorlik tekshiruvidan o’tkazish tartibi, kabi muhim 
tushunchalar va masalalar yoritilgan. 
Uchunchi bobda, bank tizimida ichki auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishni 
takomillashtirish va uning asosiy yo’nalishlariga alohida to’xtalib o’tildi.
Xulosa qismida magistrlik ishlarimiz bo’yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar 
jarayonida vujudga kelgan barcha xulosa va takliflar bayon qilingan. 
 


8
I BOB. TIJORAT BANKLARIDA ICHKI AUDIT XIZMATINING 
SHAKLLANISHI VA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI 
1.1.
 
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida ichki auditning 
shakllanishi va uni muvofiqlashtirishning nazariy asoslari 
Insoniyat tarixiga bir nazar solsak, jamiyat rivojlana borishi bilan birga 
jamiyatda bo’layotgan xodisa va voqealarning kelib chikish sabablari, kutilishi 
mumkin bo’lgan o’zgarishlarni o’rganuvchi bir qator tabiiy, iqtisodiy va gumanitar 
fanlar shakllana boshladi. Bu fanlar bilan birga iqtisodiyot fani ham jamiyatda yuz 
berayotgan iqtisodiy hodisalarni o’rganish, ularni tahlil qilish hamda jamiyatdagi 
moddiy ne’matlar yaratishdan tortib, uni iste’moli bilan bog’liq muammolarni 
o’rgana boshladi.
Butun dunyoda jamiyatning tuzilishi qanday bo’lishidan qat’iy nazar uning 
a’zolari insonlar o’zlarining ehtiyojlarini qondirish va hayotlari uchun zarur bo’lgan 
noz-ne’matlarni yaratish ustida izlanishlar olib boradilar. Bu izlanishlar natijasida 
jamiyat rivojlanishi shakllana boshlaydi. Shu bilan birga jamiyat a’zolari ya’ni 
kishilar, guruhlar, tashkilotlar va mamlakatlar o’rtasida o’zlarida mavjud bo’lgan 
resurslardan foydalanib yuqori daromad olishga erishish va olingan daromaddan 
samarali foydalanish orqali barqaror turmush tarzini yaratishga bo’lgan intilish 
kishilar o’rtasida iqtisodiy raqobat kurashini keltirib chiqaradi.Bu raqobat kurashi 
jamiyat va iqtisodiyotning rivojlanishiga ko’rinmas kuch sifatida doimo turtki beradi 
va iqtisodiyot va jamiyat shu raqobat kurashi orqali rivojlanadi.
Audit faninig shakllanishiga bir nazar solsak, auditning tarixiy vatani Angliya 
bo’lib, 18 asrning o’rtalaridan boshlab Angliyada auditorlik tashkilotlari to’g’risida 
bir qator qonunlar qabul qilingan. Ushbu auditorlik faoliyati to’g’risidagi 
qonunlarga muvofiq aktsiyadorlik tashkilotlarda korxona va tashkilotlarning 
boshqaruvchilari zimmasiga bir yilda kamida bir marta buxgalteriya xisob 
varaqlarini tekshirish va aktsiyadorlar oldida hisobot berish uchun maxsus odam 
taklif qilish vazifasi yuklatilgan edi.


9
Audit to’g’risidagi qonun Angliyada 1862 yilda chiqqan. Xuddi shunday 
qonun 1867 yilda Frantsiyada ham qabul qilingan. Amerika Qo’shma Shtatlarida 
auditning iktisodiyot uchun zarur ekanligi 1937 yilga kelib tan olindi va tegishli 
qonun xujjatlari qabul qilindi.
Auditorlik faoliyati bizning mamlakatimizda yangi faoliyat turlaridan biri 
hisoblanadi. O’zbekistonda audit 90-yillarning boshida – mustaqillikka 
erishilgandan so’ng va bozor iqtisodiga o’tishi bilan rivojlana boshladi. Nodavlat 
sektorida korxonalar vujudga kelishi bilan auditorlik faoliyati xizmatiga talab 
yuzaga keldi, chunki bozor strukturalari o’zlarining faoliyatlariga mustaqil baho 
berilishiga ehtiyoj sezdilar.
O’zbekistonda auditni rivojlanishiga kadrlarni tayyorlash va normalar ishlab 
chiqish faoliyati bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar 
Assotsiatsiyasi katta hissa qo’shdi. Auditni rivojlanishida auditorlarning 
professional tayyorgarliklari muhim rol o’ynaydi.
Jamiyat rivojlana borishi bilan birga jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni 
o’rganish, qilingan ishlarni sarhisob qilish, natijalarni oydinlashtirish, oldindan 
amalga oshirmoqchi bo’lgan imkoniyatlarni chamalash, kelgusi ishlarni 
rejalashtirish, faoliyatni sarxisob qilish va faoliyatga baho berish tizimlari o’z-
o’zidan jamiyat uchun zarurat sifatida asta sekin shakllana boshladi. Shunday 
faoliyat turlaridan biri bu auditorlik faoliyatidir.
Ma’lumki, tijorat banklari faoliyatiga real baho berish va omonatchilar, 
kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega 
bo’lishlarida audit tekshirishlari muhim ahamiyatga egadir.
Auditorlik faoliyatini o’rganuvchi va uning asosini tashkil qiluvchi audit fani 
korxonalarni ta’sis etishdan tortib uni boshkarish jarayoni, korxonaning iqtisodiy va 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash va korxona faoliyatini tahlil qilishni uslubiy 
tomonlarini o’rgatadi.
Xususan, korxona rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, 
foydalanilayotgan resurslar zaxirasini kengaytirish, ularni ishlab chikarishga jalb 
etish, korxona raqobatbardoshligi darajasini oshirish, xujalik faoliyatiga hamda 


10
korxonaning iqtisodiy salohiyatiga to’g’ri baho berish kabilar uslubiy tomonlar 
shular jumlasidandir.
Bundan tashqari audit, korxonalarda buxgalteriya hisobotini tashkil etish, 
mavjud resurslardan foydalanish, samaradorlikka erishish yullarini aniqlash, 
tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyatiga baho berish kabi masalalar echimini ham 
o’rgatadi.
Jamiyatdagi 
munosabatlarda 
auditning 
zaruriyati 
xisobot 
berish 
kontseptsiyasi talablari bajarilishi yuzasidan kelib chiqadi. Bu bir tomon ikkinchi bir 
tomonga hisobot berish va majburiyat bajarilishini nazorat qilishni e’tirof etadi va 
bu nazorat ma’lum bir ma’lumot, tushuntirish yoki hisobot olishni nazarda tutadi. 
Hisobot berish quyi bo’g’in boshqaruvchilari yuqori bo’g’in boshqaruvchilarning 
aktsiyadorlarga hisobot berishi kerakligidan kelib chiqadi. Shuning uchun audit 
nazoratning mexanizmi sifatida yuzaga keladi va hisobot berishning bajarilishiga va 
ularning oydinlashtirilishiga yordam beradi.
Audit orqali vositachilik shartnomalari amalga oshadi, chunki bunda 
vositachining faoliyati nazorat qilinadi. To’g’ri ma’lumotlar olishda, berilayotgan 
axborotdagi noaniqlikni aniqlashda audit yana ham zarurdir. Audit qabul 
qilinayotgan qarorlar sifatini va korxona aktivlarini taqsimlanishini yaxshilashga 
ham yordam beradi. Yana auditga sug’urta kafolati bajarilishini ta’minlaydigan 
chora sifatida qaraladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishini va iqtisodiyotni 
erkinlashtirish natijasida auditorlik faoliyati tez sur’atlar bilan rivojlanib taftish 
tushunchasini siqib chiqarmoqda.
Audit va taftish tushunchalari keng ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
bilan moliya-xo’jalik faoliyati ustidan o’rnatiladigan iqtisodiy nazoratni tashkil etish 
usullari hisoblanadi. Audit o’tkazishda hujjatli va haqiqiy taftishning ayrim amallari, 
ayrim xisob obektlarini taftish qilish usullaridan foydalaniladi. 
Yuqorida aytilganidek ichki auditning natijalari turli maqsadlarda 
foydalaniladi. Barcha auditning tashkiliy komponentlari CEAning byudjetga 


11
beriladigan hamda auditning ishonchlilik va maslahat tamoyillari asosida yillik audit 
rejalarini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
5
Audit xo’jalik sub’ektining ommaviy moliyaviy hisobotini to’g’riligini, 
to’liqligini, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlar to’g’risidagi 
qonun va talablarga javob berishini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan mustaqil 
ekspertiza va taxlilni bildiradi. Bundan tashqari audit yana boshqa nazorat ishlarini 
o’z ichiga oladi.
Auditning asosiy faoliyati sub’ektning iqtisodiy ahvoliga bog’liq faktlarni 
yig’ish va baholashdir. Yuqoridagilarni hisobga olib auditning asosiy faoliyat 
turlarini ko’rishimiz mumkin.
Birinchidan, har qanday auditorlik faoliyatini yuritishning majburiy sharti 
bo’lib uning chegarasi hisoblanadi. Bunday chegaralar muayyan iqtisodiy 
sub’ektning o’lchamlari yoki tarmoq auditida ma’lumot tizimini tekshirish bilan 
aniqlanadi.
Ikkinchidan, auditor audit ob’ekti va uni o’tkazilishidan manfaatdor 
bo’lganlar o’rtasidagi «axborot bo’shligini» to’ldirishga harakat qiladi. Bu asosan 
hisobotlarda ayrim ma’lumotlarni etishmasligi yoki hisobotdagi ma’lumotlar 
ishonchliligi bilan baholash qaror qabul qilish uchun foydalanish mumkin 
bo’lmagan holda.
Uchinchidan, audit o’tkazayotgan shaxslarning malakasi asosiy shartlardan 
hisoblanadi. Auditor kerakli ma’lumotlarni yig’ish va o’lchovlarni tushunish orqali 
ma’lumotlarni baholashni yaxshi bilishi kerak. Bundan tashqari, auditordan 
muomala me’yorlariga rioya qilish talab qilinadi, ya’ni u o’zini mustaqilligini 
saqlash va tashqi hamda ichki ta’sirlarga qarshi tura olishi kerak.
Bozor sub’ektlarining talabiga javob beradigan nazorat turlaridan biri – bu 
audit tizimidir. Auditning maqsadi - taqdim qilinayotgan hisobotlar to’g’riligi, 
xo’jalik faoliyatining haqiqiy holatini aks ettirishi, uning qonuniyligi hamda 
5
 https://www.sciencedirect.com. Advances in accounting. Factors that influence the perceived use of internal audit’s 
function work by executive management and audit committe. Mark Eulerich, Jolen Kremin and David A. Wood. 


12
moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi talablariga mos kelishini aniqlashdan 
iboratdir.
Auditorning korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisobotini tasdiqlash 
to’g’risidagi xulosasining bo’lishi, mazkur moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar 
uchun unga bo’lgan ishonchni oshiradi. Auditorlik tekshiruvlarini maxsus auditorlik 
firmalari yoki alohida sertifikatga ega auditorlar o’tkazishi mumkin.
Auditorlik nazorati amaliyotda ikkiga ajratiladi: ichki va tashqi audit. Ichki 
audit auditorlik nazoratini o’tkazish usuliga ko’ra tashqi audit bilan o’xshash bo’lib, 
u mustaqil auditorlar yoki auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladigan 
tashqi audit uchun axborotlarni olish manbai bo’lib hisoblanadi.
Tashqi va ichki audit o’rtasidagi sezilarli farq ularning maqomi, asosiy 
vazifalari va auditorlik tekshiruvini bajarish vaqtiga qarab ajratiladi. Ichki audit 
asosan mulkdorlar manfaatlariga xizmat qilib, uning asosiy vazifasi korxonaning 
iqtisodiy ahvoli to’g’risida muayyan korxonaning mulkdorlari uchun axborot 
tayyorlashdar iborat.
Tashqi audit esa nafaqat mulkdorlar, balki davlat va kreditorlar manfaatlari 
uchun ham xizmat qiladi va uning bosh maqsadi, ushbu korxonaning tashqi 
foydalanuvchilari: aktsiyadorlar, investorlar, banklar, soliq va boshqa davlat 
organlari, sheriklar uchun korxonaning moliyaviy holatiga xolis xulosa 
tayyorlashdan iboratdir. 
Banklarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning o’ziga xos jihatlari 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Tashqi va ichki 
audit o’rtasidagi sezilarli farq ularning maqomi, asosiy vazifalari va auditorlik 
tekshiruvini bajarish vaqtiga qarab ajratiladi. Ichki va tashqi auditning o’rtasidagi 
farqi to’g’risida i.f.d., professor Z.Mamatov quyidagi tarzda farqlab bergan. 
Tijorat banklari faoliyatini tashqi auditdan o’tkazish bank va mustaqil 
auditorlik firmalari o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi va 
ushbu shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi, ish 
davomida auditor o’z majburiyatlarini unutmasligi va bank ma’muriyati esa auditor 
oldida hamma ma’lumotlarni ochiq-oydii tushuntirib berishi va barcha hujjatlarni 


13
etkazib berish majburiyatini olishi lozim. Ichki audit banklarda tashkil qilingan ichki 
audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi bank faoliyatida 
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kamchilik va muammolarni aniqlash va ularni 
bartaraf qilish bo’yicha tegishli maslahatlar berish, ichki me’yoriy hujjatlarga mos 
kelishini va kelgusi istiqbollarni belgilash imkoniyatlarini ko’rsatishdir.
Ichki audit faoliyati moslashuvchan audit qoidalariga asoslangan bo’lib, keng 
ravishda amalga oshiriladi hamda har bir davlatning birliklariga moslashuvchi 
bo’lib, xar xil sektorlar faoliyatini boshqarish va alohida shaxslarning madaniyatini 
ham qamrab oladi. Ushbu tarifdan kelib chiqan holda ichki audit tizimi ichki audit 
tarifi(ichki auditni o’z ichiga oluvchi elementlar), ichki audit ishonch va maslahat 
tamoyillarini shuningdek uning qamrov darajasi (risklar, ya’ni nazorat va xodimlarni 
boshqarish) va bank faoliyatiga o’zining foydasini keltirish kabilarni o’z ichiga 
oladi
6
.
Ma’lumki, tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarning mablag’larini jalb 
qilgan holda, risk bilan ish yuritadi. Shu sababli, banklar uchun audit, xususan, ichki 
audit juda muhim hisoblanadi. Ichki audit xodimlarining o’z zimmalaridagi 
vazifalarni bajarishi qanday tashkil etilganligi va sifatini ichki nazorat qilish 
tizimining samaradorligini tekshirish hamda baho berishni o’z ichiga olishi lozim. 
Shu munosabat bilan ichki audit xizmati xodimlari quyidagilarni tekshirishi va 
baholashi lozim: moliyaviy ma’lumotlarning haqqoniy hamda o’z vaqtida aks 
ettirilishi; bank operatsiyalarini amalga oshirish va hisobotlar tuzishda meeriy 
hujjatlarga qat’iy rioya etilishi; aktivlar holati va ularni saqlash usullari; 
mablag’lardan foydalanish tejamkorligi va samaradorligi; bank boshqaruvi 
tomonidan qabul qilingan dasturlar bajarilishining to’liqligi va adekvatligi, ularning 
qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi.
Ichki audit xizmati tijorat banki tarkibidagi bo’linma bo’lib, u asosan shu bank 
bo’linmalari (filiallari) va bosh bank faoliyatini nazorat qilish bilan shug’ullanadi. 
Ichki auditning asosiy vazifalaridan biri, bu faqat tekshirish o’tkazib, kamchiliklar 
6
 https://www.sciencedirect.com
.
“Current Trends in Internal Audit” Victor Munteanua, Dragos Laurentiu Zaharia, 
5th World Conference on Educational Sciences 2013 


14
topish emas, balki shu kamchiliklarni bartaraf etish, ularga yo’l qo’ymaslik uchun 
nima qilish to’g’risida maslahatlar berishdir. Ichki audit xizmati bankning tuzilishi, 
katta-kichikligi, joylashishi va bank muomalalarining miqdoriga qarab, bir-ikki 
kishidan iborat mustaqil bo’lim yoki ma’lum bir boshqarma shaklida tashkil qilinishi 
mumkin.
Muayyan tijorat bank bo’limini nazorat qilish uchun ichki audit xizmati 
tomonidan quyidagi dastlabki ishlar amalga oshiriladi: audit o’tkazish ish rejasi 
tuziladi; auditorlar ro’yxati va ular tomonidan bajariladigan ishlarning maqsadi va 
vazifalari belgilanadi; o’tgan davrdagi auditorlik xulosasi ko’rib chiqilib, ular 
bo’yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishi ko’rib chiqiladi; audit o’tkazish 
bo’yicha buyruq va kassa qiymatliklarini tekshirish uchun guvohnoma 
tayyorlanadi.Tijorat banklarida ichki audit xizmatini tashkil qilish va uni amalga 
oshirish bo’yicha O’zbekiston Reslublikasi Markaziy bankining 2000 yil 25 
noyabrdagi 405-sonli Tijorat banklarining ichki auditiga qo’yilgan talablar 
to’g’risidagi yo’riqnomasida ichki audit xizmati xodimlarining javobgarliklari 
belgilangan.
Shuningdek, Markaziy bankning yuqorida aytib o’tilgan yo’riqnoma-siga 
muvofiq ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari shart: 
bajarayotgan vazifalari xarakteriga taalluqli oliy ma’lumotga hamda tegishli kasbiy 
ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari; bank qonunchiligi hamda Markaziy bankning 
O’zbekiston Respublikasi hududida bank faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy 
hujjatlarni bilishlari; umumiy qabul qilingan xalqaro buxgalteriya hisobi va audit 
andozalarini yaxshi bilishlari; o’z malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari; 
vazifalarini hal etish ko’lami va muddatiga doir auditorlik dasturlari 
rejalashtirilayotganda cheklovlarga ega bo’lmasliklari kerak.
Ichki bank auditining ishi aniq rejalashtirilgan va u o’z dasturiga ega bo’lishi 
va bu auditorlik dasturi quyidagi talablarga javob berishi kerak, ya’ni: maqsadlarni 
o’z ichiga olishi; dastur qamrov doirasi auditorlik maqsadlariga erishish uchun etarli 
bo’lishi lozim; batafsil ish dasturi va ko’rilayotgan har bir soha uchun belgilangan 
zarur tartiblarni o’z ichiga olishi; har bir dastur talab qilinayotgan ishni aniq va qisqa 


15
tarzda izohlab berishi va bank operatsiyalarining xususiyati va mukammalligiga 
qarab bir yoki bir nechta bo’limlar faoliyatini qamrab olishi; auditorlik 
tekshiruvlarini o’tkazish doimiyligi audit o’tkazish lozim bo’lgan har bir sohaga 
bog’liq tavakkalchilik darajasini baholashga asoslangan bo’lishi (auditor bank 
operatsiyalari tavakkalchiligi darajasini aniqlashda bank operatsiyalarining 
xususiyatlari, bank aktivlari va majburiyatlari bilan bog’liq va ichki nazoratning 
tegishli siyosati va andozalarining mavjudligi hamda boshqaruv va ichki nazoratning 
samaradorligi kabi omillarni e’tiborga olish kerak).
Ichki auditning hisobotlari bevosita bank kengashiga yoki auditorlik 
qo’mitasiga taqdim etilishi shart. Hozirgi paytda mazkur hisobotlar nusxalari bank 
boshqaruvi va bankning alohida tarkibiy tuzilmalari boshliqlariga taqdim etiladi 
(bevosita ushbu bo’linmaga tegishli qismi);
Banklarning ichki audit xizmati respublikamizda hozirda faoliyat 
ko’rsatayotgan xorijiy auditorlik kompaniyalari bilan qizg’in hamkorlik qilishlari 
zarur. Audit xizmatidan foydalanish tijorat banklarining katta miqdordagi 
mablag’larini tejaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari ichki auditiga 
qo’yilgan talablar to’g’risida”gi yo’riqnomasida auditorlar qo’mitasi bank kengashi 
tomonidan tuzilib, uning tarkibiga bank boshqaruvi a’zolaridan hech kim 
kiritilmasligi ko’rsatilgan.Bank tizimini rivojlantirish, banklar o’rtasidagi raqobatni 
kuchaytirish, hissadorlar, ta’sischilar, mijozlarning manfaatini himoyalash va 
banklarimizni xalqaro miqyosiga olib chiqishda bank auditining, jumladan bank 
ichki auditining ahamiyati kattadir. Xorijiy davlatlar tajribasi bank ichki auditi bozor 
iqtisodiyotining muhim elementi ekanligini tasdiqlagan.
Aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklar faoliyatini bank kengashi va bank 
boshqaruvi orqali bank aktsiyadorlari boshqarishadi hamda asosiy ma’suliyat bank 
kengashi zimmasiga tushadi. Chunki bank kengashi aktsiyadorlar manfaatini 
himoya qiluvchi boshqaruv organi hisoblanadi. Bank kengashi a’zolari 
aktsiyadorlarning ishonchli vakili sifatida bank aktivlarini himoya qilish, o’z 
manfaatlaridan ko’ra aktsiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini ustun qo’yishga 


16
majburdirlar. Bank kengashi bank faoliyati to’g’risidagi ma’lumotni ichki audit 
xizmatidan oladi va olingan ma’lumotlar asosida tegishli qarorlar qabul qiladi. 
Banklarda bank kengashi va boshqaruvini bank faoliyati to’g’risidagi 
ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida ichki audit xizmati to’g’risida nizom ishlab 
chiqiladi hamda ushbu nizom bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bankda tashkil 
qilingan ichki bank audit xizmati asosan shu nizomga muvofiq faoliyat yuritadi. 
Ichki audit tomonidan barcha bank bo’linmalari bir yilda bir marta ichki auditdan 
o’tkazilishi lozim. Chunki bank kengashi barcha bank bo’limlari faoliyati bilan 
tanish bo’lishi kerak.
Respublikamizda auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri 
xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasini berish qobiliyatiga ega, 
sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil 
etish xisoblanadi.
O’zbekistonda auditning tarkib topishi misilsiz tarixiy o’zgarish bozor 
iqtisodiyotiga o’tish bilan izohlanadi. Chunki bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik 
sub’ektini boshqarish vazifasi professional menejerlar qo’liga o’tdi, natijada 
tashkilot moliyaviy holatini mustaqil nazorat qilishga ehtiyoj tug’ildi. Kapitallarni 
jamlashda aktsiyalashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi, korporativ 
boshqaruv tizimining yo’lga qo’yilishi mustaqil moliyaviy ekspertiza natijalari 
oshkoraligini ta’minlash zaruratini tug’diradi. Chunki moliyaviy hisobotlar tashkilot 
bilan aloqada bo’lgan barchani, ya’ni rahbarlar, xodimlar, mijozlar, mulkdorlar, 
kreditorlar, investorlar, davlat va hokimiyat organlarini mustaqil auditorlar 
tasdiqlaydigan axborotlar qiziqtiradi, hisobotlar boshqa tashkilotlarning banklar 
bilan hamkorlik qilishi uchun ishonch uyg’otadi. binobarin mamlakatimizda audit 
turli guruhlarning qiziqishi va talablariga javob tariqasida paydo bo’ldi.
Shuning uchun ham Prezidentimiz tomonidan ushbu sohani rivojlintirish va 
talab darajasida amalga oshirilishini ta’minlash, hamda respublikamizda audit 
sohasini rivojlanishi va takomillashishi uchun barcha choralarni ko’rib bormoqda. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin