Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

I bob bo’yicha xulosa
O’zbekistonda auditning tarkib topishi misilsiz tarixiy o’zgarish bozor 
iqtisodiyotiga o’tish bilan izohlanadi. Chunki bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik 
sub’ektini boshqarish vazifasi professional menejerlar qo’liga o’tdi, natijada tashkilot 
moliyaviy holatini mustaqil nazorat qilishga ehtiyoj tug’ildi. Kapitallarni jamlashda 
aktsiyalashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi, korporativ boshqaruv 
tizimining yo’lga qo’yilishi mustaqil moliyaviy ekspertiza natijalari oshkoraligini 
ta’minlash zaruratini tug’diradi. Chunki moliyaviy hisobotlar tashkilot bilan aloqada 
bo’lgan barchani, ya’ni rahbarlar, xodimlar, mijozlar, mulkdorlar, kreditorlar, 
investorlar, davlat va hokimiyat organlarini mustaqil auditorlar tasdiqlaydigan 
axborotlar qiziqtiradi, hisobotlar boshqa tashkilotlarning banklar bilan hamkorlik 
qilishi uchun ishonch uyg’otadi. binobarin mamlakatimizda audit turli guruhlarning 
qiziqishi va talablariga javob tariqasida paydo bo’ldi. 
 
 


24
II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA 
ICHKI AUDIT O’TKAZISHNING TAHLILI
2.1. Tijorat banklarida ichki audit tekshirishlarini
tashkil etish tartibi
Bank tizimidagi islohotlarning chuqurlashuvi moliyaviy resurslarni oqilona 
boshqarish usullari va vositalaridan kengroq foydalanish, tijorat banklari faoliyatini 
muvofiqlashtirishda esa bevosita va bilvosita nazorat vositalarini keng qo’llashni 
toqoza etadi. Shu bois Markaziy bank tijorat banklari va ularning filiallari 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan muntazam nazorat qilib turishga 
katta e’tibor qaratmoqda. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, tijorat banklari 
barqarorligini saqlashda tashqi va ichki audit katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy 
bankning ichki va tashqi auditni kuchaytirishga nisbatan qo’yayotgan qat’iy talablari 
nazorat organlari va moliya-kredit muassasalarining o’z zimmalariga yuklanayotgan 
vazifalarni sifatli va o’z vaqtida bajarishiga sharoit yaratmoqda.
Ichki va tashqi auditdan kutilgan asosiy maqsad ilgariroq ta’kidlaganidek, 
ko’p jihatdan o’xshash bo’lib, nazorat qilib borishdan iborat. Biroq ular o’rtasida 
muayyan farqlar ham borki, bu auditor xarakteriga bog’liq. Tashqi audit hisobot 
tizimini baholash, bankning aktiv va passivlarini baholash va tekshirish, mavjud 
ichki nazorat tizimini testdan o’tkazishdan iborat. Tashqi audit tekshirilayotgan 
bankning taqdim etgan hisoboti va balanslari haqiqatga to’g’ri keladimi yoki 
yo’qmi, uning moliyaviy ahvoli va muayyan davrdagi faoliyati natijalarini 
baholashdan iborat. Chetdan taklif etilgan, mustaqil auditorlik firmalari tomonidan 
tayyorlangan xulosalar yuqori tashkilotlarga, aktsiyadorlar, kreditorlar va 
hokazolarga mo’ljallanadi va undan ichki auditorlar ham foydalanadi. 
Ichki audit tashqi auditga nisbatan belgilanishi va tashkil etilishiga qarab, 
boshqacha xarakterga, mazmunga ega bo’ladi. Ichki audit bank doirasida mustaqil 
bo’linma sifatida bank faoliyatining har kungi faoliyatini tekshiruvdan o’tkazib 
boradi. Umum tomonidan qabul qilingan qoidalarga ko’ra, ichki audit bankning o’z 
majburiyatlarini samarali bajarishga xizmat qiladi, ya’ni birinchi navbatda 
muammolarning endigina vujudga kelayotgan davrida aniqlashga yo’naltirilgan 


25
bo’ladi. Ichki audit boshqaruv quroli, bank operatsiyalarini ichki kuchlar yordamida 
juda yaqindan kuzatish imkoniyati bo’lib, boshqaruv maqsadiga erishish kafolatidir. 
Buning uchun ichki audit xizmati boshqaruvni bajarilgan analiz natijalari haqidagi 
axborot bilan ta’minlab, bo’linmalar faoliyatini, har xil yo’riqlarni tahlil etib, ularga 
yuzaga chiqayotgan muammolarni bartaraf qilish bo’yicha tavsiyalar berib boradi. 
Ichki audit xizmati xodimlari tashqi auditorlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Ichki audit natijalari bank rahbarlari tomonidan amaldagi qonunlar doirasida 
mavjud resurslarni hisobga olgan holda joriy ishlarni boshqarishda foydalaniladi. 
Shu tariqa ichki audit tashkilotning o’z maqsadiga erishishi uchun xizmat qiladi. 
Bank faoliyatining ichki audit vazifalari yuqorida sanalganlardan farq qilmaydi, 
ammo bank faoliyatining xususiyatlari, bank mahsulotlari, buxgalteriya hisobi, ishni 
tashkil etish jarayoni, tavakkalchilik omillarining ko’pligi bilan o’zgacha 
xususiyatga egadir.Ichki audit jarayonida topshiriqlarning bajarilishi turli-tuman 
bo’lib, uning maqsadi va tashkilot faoliyati harakteriga bog’liqdir. Qo’yilgan 
vazifalarni har xil mezonlarga suyangan holda turli yo’llar, har xil teranlik va 
detallar bilan echish mumkin. Bunda standartlar katta o’rin tutadi.Davlat apparati 
rivojlangan mamlakatlarda audit muammolariga, jumladan, ichki auditga katta 
e’tibor beriladi. Shu o’rinda nazorat qilish yuqori institutlarining xalqaro tashkiloti 
The International Organization of Supreme Audit Institutions (INTOSA) bo’lib, 
unga AQSh, Angliya, Yaponiya kabi o’nlab mamlakatlar a’zodir. Xalqaro ichki 
auditorlar instituti The Institution of Internal Auditors, (IIA) ham mavjud. Bu 
yo’nalishda hukumatning maxsus tashkilotlari masalan, AQShda (General 
Accounting Offis) ish olib boradi. Bu kabi idoralarninng har birida audit 
standartlarini ishlab chiqadigan maxsus bo’linmalar mavjud. Bu standartlardan 
kutilgan maqsad ichki auditning ahamiyati va mas’uliyatini tushuntirish, ichki audit 
bo’yicha boshqaruv uchun asoslar yaratish va ishlarni me’yorlashtirish, ichki auditni 
o’tkazish tajribasini takomillashtirishdan iborat. Standartlarning asosiy 
printsiplariga mustaqillik va ob’ektivlik, professionallik, ish hajmi, auditorlik 
topshirig’ini bajarish, ichki audit bo’limini boshqarish kiradi. O’zbekistonda tijorat 
banklarida ichki auditga qo’yiladigan talablar Markaziy bankning 2000 yil 24 


26
iyundagi “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to’g’risida”gi va 2000 yil 25 
noyabrdagi “Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki auditiga 
qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi nizomlarida belgilab berilgan. Ana shu asosda 
har bir tijorat bankida mustaqil ichki audit xizmati tashkil etilgan va ular o’z 
faoliyatini Markaziy bank talablari darajasida tashkil etganlar.
Audit xizmatlari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunlari, 
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda 
o’z nizomlari asosida olib boradi.Audit xizmati, bugungi kunda, aytish mumkinki, 
tijorat banki va uning barcha filiallari va boshqa tarkibiy tuzilmalari faoliyatini 
auditdan o’tkazish orqali Bank kengashiga bank faoliyati istiqbollari va 
maqsadlariga erishishda haqiqiy ko’makchi bo’lmoqda. Audit xizmati mustaqil 
tarkibiy tuzilma bo’lgani bilan o’z faoliyatini bankning boshqa mustaqil 
boshqarmalari bilan hamkorlikda olib boradi. Audit xizmati bevosita Bank kengashi 
va uning auditorlik qo’mitasiga bo’ysunadi. Audit xizmatining tarkibiy tuzilishi va 
shtat birligini ham Bank Kengashi tasdiqlaydi. 
Bosh auditor (audit xizmati rahbari) Bank kengashi qarori bilan tayinlanadi 
va o’z lavozimidan ozod etiladi. Audit xizmatining boshqa xodimlari Bank kengashi 
raisi tomonidan bosh auditor tavsiyasiga asosan tasdiqlanadi. Audit xizmati Bank 
kengashi tomonidan tasdiqlangan harajatlar smetasiga ega bo’ladi. Harajatlar 
smetasi har yili bosh auditor tomonidan ishlab chiqiladi va Bank kengashiga 
tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Faqat Bank kengashi audit xizmatining harajatlar 
smetasiga o’zgartirish kiritish mutloq huquqiga ega. Audit xizmati xodimlarining 
ish haqlari Bank kengashi tomonidan o’rnatiladi.
Ichki audit xizmatini yo’lga qo’yishdan kutilgan maqsad ichki nazorat tizimi, 
jumladan moliyaviy hisobotlarni tuzish ustidan nazorat o’rnatishdir. Ichki audit 
tomonidan bank faoliyati, boshqaruv jarayoni sifatini oshirish, bank faoliyatini 
yanada yaxshilashga yo’naltirilgan ob’ektiv baho va maslahat berish bankning 
moliyaviy bozordagi o’rnini mustahamlashga olib keladi. Tijorat banklarida ichki 
auditni tashkil etish Bank kengashining zimmasiga yuklatilgan bo’lib, ichki 
nazoratning samaradorligi bilan bog’liq masalalarni vaqti-vaqti bilan ko’rib boradi, 


27
bankdagi ichki nazorat ahvolini bank menejerlari, ichki va tashqi auditorlar bilan 
muhokama etadi, ichki va tashqi auditorlar, nazorat muassasalarining bankda 
aniqlangan kamchiliklarni barataraf etishdagi takliflarining bank rahbarlari 
tomonidan bajarilishini ta’minlaydi, mavjud tavakkalchilik va limitlarning bank 
strategiyasiga mos kelishini kuzatib boradi. Bank rahbariyati xodimlarning o’z 
burchlarini og’ishmay bajarishini ta’minlaydigan vakolat va mas’uliyatini aniq 
belgilab berishi kerak. Chunki bank risklarini nazorat qilish va monitoring qilish 
uchun birinchi navbatda bank rahbarlari javobgardir.
Ichki audit o’z faoliyatining maqsadlariga erishish uchun asosan quyidagi 
vazifalarni bajaradi: Bank kengashini audit tekshiruvlariga asoslangan bankning 
haqiqiy moliyaviy holati va bankning ichki nazorat tizimi samaradorligi to’g’risidagi 
aniq va mustaqil (holis) ma’lumotlar bilan ta’minlab boradi; ichki audit tizimining 
samaradorligi va audit tekshiruvini o’tkazishga doir qabul qilingan tartib va 
tadbirlarning amalda qanday qo’llanilayotgani va ta’sirchanligini baholaydi va tahlil 
qiladi; bank faoliyatida ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun qo’llanilgan 
ma’muriy va amaliy tadbirlarning samaradorligini tahlil qiladi; tavakkalchiliklarni 
boshqarishga va ularni baholash uslublariga doir tartiblarning qo’llanilishi hamda 
ularning samaradorligini tahlil qiladi; moliyaviy ma’lumotlar tizimini, jumladan 
elektron ma’lumotlar tizimi va elektron bank xizmatlarini tahlil qiladi; buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini tahlil qiladi; bank 
faoliyatining amaldagi qonun va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari talablariga 
muvofiqligini baholaydi; Bank kengashi tomonidan qabul qilingan ichki siyosatlar 
va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishini tekshiradi; doimiy 
hisobotlarning to’liqliligi, ishonchliligi va o’z vaqtida taqdim qilinishini tekshiradi; 
buxgalteriya kitobi va moliyaviy hisobotlarning to’g’riligi va haqqoniyligini 
o’rganadi; kapital tarkibi va etarliligi, aktivlar sifati va ssuda portfelini tasniflash 
asosida zahiralar tashkil qilinishini, balans va balansdan tashqari moddalar 
tarkibidagi o’zgarishlar harakati va jihatlarini, Bosh bank tomonidan tasdiqlangan 
moliya rejasi ijrosining bajarilishini, daromadlar tarkibidagi balansning asosiy 
jihatlarini, boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi; Bank kengashi 


28
talabiga asosan maxsus tekshirishlar o’tkazadi yoki maxsus tekshirishlar o’tkazishga 
yordam beradi; bank xodimlariga ularning o’z vazifalarini samarali bajarishda 
ko’maklashish; oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni joriy auditdan 
o’tkazish; buxgalteriya, amaliyot va ma’muriy nazorat tizimining monandligini 
baholashga yordam beradi.
Bundan tashqari, ichki audit xizmati: bank ichki siyosati va boshqa ichki 
me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashadi; o’zaro tajriba almashish va 
malaka oshirish maqsadida boshqa tijorat banklari va tashkilotlarning ichki audit 
xizmatlari bilan hamkorlik qiladi; ma’lumotlarni almashish orqali ichki audit 
xodimlari tashqi auditorlarga yordam beradi va ularning ishida ko’maklashadi; 
o’tkazilgan audit tekshiruvlari materiallarini umumlashtiradi va Auditorlik 
qo’mitasiga tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi; audit o’tkazish 
jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha Bank kengashi va 
Boshqaruv tomonidan qabul qilingan qarorlarning o’z vaqtida va to’liq ijro etilishi 
ustidan doimiy nazorat olib boradi.
Audit xizmatiga Bank kengashi tomonidan tayinlangan bosh auditor rahbarlik 
qiladi. U audit o’tkazishni rejalashtiradi, siyosat va jarayonlarni belgilaydi, xodimlar 
malakasini oshirish va o’qitish choralarini ko’radi, sifatga javob beradi.
Bosh auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: audit xizmati 
faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; audit xizmatining tarkibiy bo’limlari 
to’zilishini, ularning lavozim vazifalarini, audit xizmatining nizomini, audit 
tekshirishlari tartiblarini, audit xizmatining yillik harajatlar smetasini ishlab chiqadi 
va ushbu hujjatlarning ichki audit standartlariga muvofiqligini ta’minlaydi; audit 
xizmatiga malakali xodimlarni jalb qiladi va ular faoliyatini bevosita boshqaradi; 
audit xizmati xodimlarining malakalarini oshirish choralarini ko’rib boradi; Bank 
kengashi va auditorlik qo’mitasiga audit xizmati faoliyati bo’yicha doimiy 
hisobotlar berib boradi; Bosh auditor lavozim yo’riqnomasida qayd etilgan boshqa 
vazifalarni bajaradi.
Audit xizmati xodimlarining huquq va vakolatlarining aniq belgilanishi o’z 
faoliyatini sifatli va samarali bajarilishini ta’minlaydi. Tekshiruv davomida ular: 


29
tekshirish o’tkazish maqsadida Bosh bank va bank filiallarining barcha bino va 
xonalariga, shu jumladan kassa tarmog’i, pul almashtirish shoxobchalari, jamg’arma 
kassalariga to’siqsiz kirish; bank faoliyatiga tegishli bo’lgan va audit tekshiruvi 
predmeti hisoblangan barcha zarur hujjatlarni bank va bank filiallari rahbarlari 
hamda xodimlaridan talab qilish; tekshirish davomida bank va uning filiallari 
rahbarlari, xodimlaridan yuzaga kelgan savollar bo’yicha tushuntirishlar olish, zarur 
hollarda ulardan yozma tushuntirishlar olish; hujjatlardan nusxalar olish; zarur 
hollarda, belgilangan tartibda (kelgusida saqlanishi gumon bo’lgan) hujjatlarning asl 
nusxalarini olib qo’yish; alohida bank operatsiyalari va hujjatlari tekshirilayotganda 
rasmiy so’rovnoma orqali bank mijozlaridan zarur ma’lumotlar, tasdiqnomalar va 
hujjatlarni talab qilib olish huquq va vakolatlariga ega bo’lishi kerak. Bundan 
tashqari, tekshirish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar bo’yicha filiallarga 
nisbatan tegishli choralar ko’rilishi to’g’risida Bank kengashiga takliflar kiritib 
borishi lozim.
Audit xizmati xodimlari bank faoliyatining barcha qirralarini tekshirish 
huquqi o’z navbatida, ularga muayyan majburiyatlar ham yuklaydi, hisobotlarning 
to’g’ri va haqqoniy to’zilishida katta mas’uliyatga ega bo’ladilar. Bu jihatdan ular: 
bank muassasasida tekshirish o’tkazish haqidagi farmoyish va xizmat 
guvohnomasiga ega bo’lishi; bank va uning filiallarida o’tkazilgan tekshirish 
jarayonida ma’lum bo’lgan bank va tijorat sirlarining maxfiyligini ta’minlashi; audit 
tekshiruvlarini mutlaq mustaqil ravishda olib borishi; audit tekshiruvlarini o’z 
vaqtida va sifatli o’tkazishi; tekshirish natijalari bo’yicha o’z vaqtida holis audit 
hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishi; audit tekshiruvi o’tkazishga doir Markaziy 
bank me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilishi lozim.
Shu bilan birga ichki audit xizmati xodimlari: tekshirish natijalarini bo’zib 
ko’rsatgani, bank va uning filiallari moliyaviy holatiga holis baho bermagani; 
tekshirish jarayonida ma’lum bo’lgan bank va tijorat sirlarining maxfiyligini 
ta’minlamagani; tekshirish davomida olingan hujjatlarning butligi va qaytarilishini 
ta’minlamagani; uchun ichki audit xizmati xodimlari O’zbekiston Respublikasining 


30
amaldagi qonunchiligi va bankning tegishli ichki me’yoriy hujjatlariga binoan 
javobgar bo’lishi lozim.
Ichki audit xizmati xodimlarining professional malakasi ichki audit xizmati 
va har bir auditorning mas’ulligini belgilaydi. Har bir auditor buxgalteriya hisobi, 
iqtisodiyot, moliyaviy ish, statistika, ma’lumotlarni qayta ishlash, texnika, soliqqa 
tortish va huquq sohasida puxta bilimga, ish faoliyati davomida ichki audit 
standartlari, protseduralari va usullarini, buxgalteriya hisob printsipi va metodlari, 
boshqaruv printsiplari, AKTda joylashtirilgan axborot tizimi haqida tasavvurga ega 
bo’lishi lozim.
Bunda: bajarayotgan vazifalari harakteriga mos oliy ma’lumotga hamda 
tegishli kasbiy ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari; bank qonunchiligi hamda 
Markaziy bankning bank faoliyatini tartibga soluvchi yo’riqnoma va me’yoriy 
hujjatlarini bilishlari; umumiy qabul qilingan xalqaro buxgalteriya va audit 
andozalarini yaxshi bilishlari; o’z malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari; 
vazifalarni hal etish ko’lami va muddatiga doir auditorlik dasturlari 
rejalashtirilayotganda cheklovlarga ega bo’lmasliklari lozim.
Tekshiruvlar “Audit xizmatining banklar faoliyatini audit tekshiruvidan 
o’tkazish to’g’risida”gi tartibiga asosan amalga oshiriladi.Audit xizmatining ish 
dasturi: audit tekshiruvi aniq maqsadga ega bo’lishi; dastur qamrov doirasi audit 
maqsadlariga erishish uchun etarli bo’lishi; bajarilgan ish rejasi va ko’riladigan har 
bir tarmoqning zarur tamoyillari tasvirini o’z ichiga olishi talablariga javob berishi 
lozim.
Amalga oshirilayotgan amaliyotlar hajmi va murakkabligiga yoki harakatdagi 
me’yoriy hujjatlarning o’zgarishiga qarab dasturga kiritilgan tamoyillar o’zgarib 
turishi mumkin.Auditorlik hisoboti audit tekshiruvi tugashi bilan qisqa muddat 
ichida tayyorlanadi. U o’z ichiga audit tekshiruvi maqsadi va ob’ekti, tekshirish 
vaqtida aniqlangan muammo va kamchiliklar, aniqlangan har bir muammoni 
bartaraf etish bo’yicha takliflarni qamrab olgan bo’lishi shart.Muammolarni bartaraf 
etish bo’yicha tayyorlangan takliflarda aniqlangan muammolarning qisqacha tavsifi, 
bu muammolarni to’g’rilash bo’yicha amalga oshiriladigan choralar, ularga 


31
biriktirilgan mas’ul xodimlar va choralarni amalga oshirish uchun belgilangan 
muddatlar ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Audit xizmati xodimlarining hisobotlari bevosita Bank kengashiga va 
auditorlik qo’mitasiga taqdim qilinadi. Ushbu hisobotlarning nusxalari Bank 
boshqaruviga, aniqlangan kamchiliklarga tegishli bo’lgan qismi esa muyayyan 
boshqarmalarga taqdim etiladi. Audit xizmati tekshirish jarayonida aniqlangan xato 
va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha filiallar tomonidan chora-tadbirlar ishlab 
chiqilishi va ularga amal qilinishini nazorat etishi lozim.
Audit tekshiruvlarini o’tkazishdan maqsad, Bosh bankni va uning barcha 
filiallari faoliyatini auditdan o’tkazish, banklar faoliyatini tartibga soluvchi 
qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish, buxgalteriya, 
operatsiya va ma’muriy nazorat tizimlari monandligini baholash, filiallar faoliyatini 
tahlil va nazorat qilish orqali Bank kengashi va Bank boshqaruviga bank faoliyati 
bo’yicha belgilangan istiqbol va maqsadlarga erishishda ko’maklashishdan iborat.
Bosh bank va filiallar faoliyatini auditdan o’tkazish Bank kengashi tomonidan 
tasdiqlangan “Audit xizmatining filiallar faoliyatini auditdan o’tkazish bo’yicha 
tekshirish rejasi”ga asosan amalga oshiriladi va ushbu hujjat maxfiy hisoblanadi. 
Tekshirish rejasiga Bosh bank va uning barcha filiallari kiritilgan bo’lishi lozim. 
Filiallarning moliyaviy ahvoli yoxud iqtisodiy ko’rsatkichlari keskin o’zgargan 
holatlarda tekshirish rejasiga o’zgartirish kiritilishi mumkin.
Audit tekshiruvlari audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Filiallarda audit o’tkazish bo’yicha audit xizmati xodimlari safidan audit o’tkazish 
ishchi guruhi to’ziladi. Ushbu guruh a’zolaridan guruh rahbari tayinlanadi. Guruh 
rahbari mazkur guruh ishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi, guruh a’zolariga 
audit o’tkazish bo’yicha topshiriqlarni taqsimlaydi, ular tomonidan tayyorlangan 
materiallarni umumlashtiradi va ushbu materiallar uchun javobgar hisoblanadi, 
tekshirilayotgan filialdagi vaziyat va muammolar haqida vaqti-vaqti bilan Bosh 
auditorni xabardor etib turadi.
Audit o’tkazish ishchi guruhi tekshirish rejalashtirilgan Bosh bank yoki filial 
faoliyatini audit tekshiruvidan o’tkazishdan oldin, tekshiriladigan bank 


32
muassasasida uning faoliyati ahvolini tavsiflovchi ilgarigi tekshiruv materiallari 
bilan tanishib chiqishlari lozim. Bunda mazkur filial asosan qaysi sohalar bo’yicha 
kamchiliklarga yo’l qo’ygani va bu kamchiliklarning qanchalik bartaraf etilganiga 
e’tibor qaratiladi. Shuningdek, audit o’tkazilishi ko’tilayotgan filialning Bosh 
bankka bergan hisobot va ma’lumotlari bilan tanishib chiqishlari lozim va buning 
uchun ularga tegishli bo’lgan hisobotlar va hujjatlar to’plami Bosh bankning tegishli 
boshqarma va bo’limlaridan talab qilib olinadi.
Muayyan filial yoki Bosh bankda audit tekshiruvi o’tkazish bo’yicha 
rasmiylashtirilgan farmoyish asosida amalga oshiriladi. Audit o’tkazish to’g’risidagi 
farmoyishlar audit xizmati tomonidan alohida kitobda ro’yxatga olib boriladi.
Farmoyishda audit o’tkazilayotgan filialning to’liq nomi, tekshirish davri va 
muddatlari, audit tekshiruviga qatnashuvchi audit xizmati xodimlarining ro’yxati, 
guruh rahbari aniq ko’rsatilishi shart. Audit o’tkazilishi uchun rasmiylashtirilgan 
farmoyishlar filiallar kassa tarmoqlarida to’satdan tekshiruv o’tkazishni ta’minlash 
maqsadida bir martalik ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan hamda kassa uchun mas’ul 
mansabdor shaxslarning bittasi bo’lgan taqdirda ham filiallar kassalarida tekshiruv 
o’tkazish huquqini beradi. 
Muayyan bank muassasasida audit o’tkazish to’g’risidagi farmoyish bilan 
mazkur bank rahbari tanishtirilishi lozim. O’tkazilayotgan audit tekshiruvining 
belgilangan tartibda va o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlash uchun audit xizmati 
xodimlariga tegishli shart-sharoit yaratib berilishiga filial rahbarlari mas’ul 
hisoblanadi. Auditorlarning kompyuter tizimidagi dasturiy ta’minotlar va 
ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari cheklanmasligi lozim.
Auditorlar tomonidan talabnomaga asosan talab qilinadigan barcha 
hujjatlarning o’z vaqtida taqdim qilinishi uchun filiallar xodimlari mas’ul bo’ladi. 
Audit o’tkazilishi bo’yicha talab qilinadigan hujjatlarning o’z vaqtida taqdim 
qilinmasligi bevosita audit tekshiruvi muddatining uzayishiga ta’sir ko’rsatadi va 
ushbu holat mazkur filial xodimlarining mas’uliyatsizligi deb baholanadi.
Alohida bank operatsiyalari va hujjatlari tekshirilayotganda rasmiy 
so’rovnoma orqali bank mijozlaridan zarur ma’lumotlar, tasdiqnomalar va hujjatlar 


33
ham talab qilib olinishi mumkin. Filiallar faoliyati auditdan o’tkazilayotganda ayrim 
holatlarda hujjatlardan nusxalar olinishi, zarur hollarda esa belgilangan tartibda 
hujjatlar rasmiylashtirilgandan so’ng, hujjatlarning asl nusxalari olinishi mumkin. 
Auditorlar tekshiruv o’tkazish jarayonida ayrim holatlar bo’yicha yo’l qo’yilgan 
kamchiliklar yuzasidan filial xodimlaridan tushuntirish xatlari talab qilishi mumkin.
Audit 
tekshiruvining 
so’nggi 
bosqichida 
tekshiruv 
materiallari 
umumlashtirilib, dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ushbu hujjat auditda qatnashgan 
barcha audit xizmati xodimlari hamda filial rahbariyati tomonidan imzolanadi. Filial 
rahbarlari ushbu materiallarni imzolashdan bosh tortgan hollarda esa yozma 
ravishda tushuntirish berishlari shart.
Amaliyot kassalari bo’yicha tuzilgan materiallar maxfiyligi tufayli alohida 
dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjat filial kassasida ishtirok etgan 
auditorlar va kassa uchun mas’ul filial xodimlari tomonidan imzolanadi. Ushbu 
hujjatning birinchi nusxasi filialning maxsus bo’limi orqali Bosh bankka jo’natiladi 
hamda uning to’laligicha va o’z vaqtida jo’natilishi uchun filial rahbarlari javobgar 
hisoblanadi.
Audit tekshiruvlari tugashi bilan audit xizmati tomonidan qisqa muddat ichida 
auditorlik hisobotlari tayyorlanadi. Ushbu hisobotlar bevosita Auditorlik 
qo’mitasiga taqdim etiladi. Boshqarmalarga tegishli bo’lgan audit xizmatining 
materiallarida aks ettirilgan kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf etish bo’yicha 
qanday tadbirlar ishlab chiqilishi, kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan 
qanday choralar ko’rilishi kerakligi haqida ikki kun muddat ichida tegishli 
boshqarmalar o’z fikr-mulohazalarini yozma ravishda audit xizmatiga taqdim 
etishlari lozim. Kredit operatsiyalari auditi Markaziy Bankning me’yoriy 
hujjatlariga va bevosita tijorat bankining kredit siyosatiga asoslangan holda 
o’tkaziladi.
Kredit portfeli tahliliga asoslangan holda audit muayyan berilgan kreditga 
bankning tavakkalchiligini aniqlaydi. Ushbu bosqich alohida e’tibor berishni talab 
etadi. Chunki auditorlar tavakkalchilik darajasiga qarab aniq kreditga nisbatan 


34
hisoblangan zahirani ko’paytirish yoki kamaytirishga haqlidir, bu esa bank 
aktivining sifatida o’z ifodasini topadi.
Kredit portfelining holatini tahlil qilishda auditor kredit berish bilan bog’liq 
bir nechta ko’rsatkichlarni, ya’ni berilgan kreditning o’ziga xos xususiyati, uning 
ta’minlanishi, foizlarning to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida daromad 
hisobvaraqlariga olinishi, qaytarilish muddatlari va hokazolarni o’rganishi lozim 
bo’ladi.
Kredit portfeli bo’yicha quyidagilar auditdan o’tkaziladi: kredit olish uchun 
berilgan buyurtmalarning maxsus kitobda ro’yxatdan o’tkazilish tartibi; ajratilgan 
kreditlar bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, hujjatlarning to’liqligi, kredit 
qaytarilgan holatda hujjatlarning belgilangan tartibda arxivga topshirilishi; 
kreditlarning har bir turiga ochilgan analitik hisoblarning yuritilish tartibi; kredit 
bo’yicha hisoblangan foizlarning o’z vaqtida va to’g’ri hisoblanishi, ularning 
tegishli hisobvaraqlarga o’z vaqtida o’tkazilishi; muddati o’tkazib yuborilgan 
kreditlar hisobini o’z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish tartibi; 
berilgan kreditlar uchun talab qilib olingan muddatli majburiyatnomalarning 
to’liqligi va ularning hisobi; kredit portfeli tekshirilgandan so’ng, yo’l qo’yilgan 
xatoliklarni ko’rsatib berish hamda ularni bartaraf etish va kredit portfeli sifatini 
yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqilishi talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimining mamlakat iqtisodiyotida tutgan 
o’rni samarali bo’lishida bashqaruvning tarkibiy qismi bo’lgan ichki auditga 
nazoratning zarur elementi sifatida yondoshish zarurdir. Zero, ichki audit 
banklarning moliyaviy holatini va ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini 
baholashgan, bozor ehtiyojlarini aniqlash va shu tariqa banklarning ish 
samaradorligini oshirishda ular uchun bozorda samarali raqobat muhitini yaratishda 
katta yordam beradi. Tadbirkorlik faoliyati jarayonida yuqori darajada daromad 
olish, iqtisodiy sub’ektlar rivojlanishining optimal traektoriyasiga erishish uchun 
eng maqbul vositalar zarurligi bois, aksariyat mulkdorlar ichki audit xizmatining 
mavjud bo’lishidan manfaatdordirlar.


35
Audit xizmatining ish dasturi Bosh bank yoki filiallar oldida turgan barcha 
(kredit, operatsion, likvidlilik, foiz stavkalari, valyuta, huquqiy o’z mavqeini 
yo’qotish) tavakalchilik darajalarini baholab berishga qaratiladi.
Bosh bank yoki filiallar faoliyati audit tekshiruvidan o’tkazilganda, quyidagi 
masalalarni yoritib berishi lozim: O’zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonunchiligiga va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishini; bosh 
bank yoki filialning iqtisodiy-me’yoriy ko’rsatkichlarini, mablag’larning etarliligini, 
likvidliligini aktivlar sifatini; kreditorlar va omonatchilar oldidagi o’z 
majburiyatlarini bajara olayotganini; banklarning depoziti, kredit, pul muomalasi, 
hisob-kitob, kassa, valyuta va boshqa operatsiyalari bo’yicha o’tkazilgan 
amallarning to’g’ri va asoslanganligini; ichki nazorat ahvolini, tuzilayotgan 
hisobotlarning o’z vaqtida va to’g’ri tuzilib, tegishli joylarga taqdim etilayotganini; 
xodimlarning ijro intizomini; filial rahbarlarining bank ishini qay tarzda tashkil 
qilinganini hamda bank daromadlarini oshirish va xarajatlarini kamaytirish borasida 
olib borayotgan ishlarni aniqlashdan iborat.
Tijorat banklarni ichki va tashqi auditdan o’tkazishda asosan tijorat 
banklarning quyidagi faoliyati amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga 
muvofiqligi auditdan o’tkaziladi: o’z mablag’larini auditi; kredit portfelini auditdan 
o’tkazish; kassa ishini auditdan o’tkazish; pul muomalasi ishini auditdan o’tkazish; 
jamg’arma ishlarini auditdan o’tkazish; qimmatli qog’ozlar operatsiyalarini 
auditdan o’tkazish; valyuta operatsiyalarini auditda o’tkazish; ichki bank 
operatsiyalari va soliqlarning o’z vaqtida to’lanishi auditi; banklararo hisob kitoblar 
munosabatining auditi; bank daromadi, foyda va xarajatlarini auditi.
Tijorat banklarida boshqaruv tizimi uchun ichki audit faoliyatini 
takomillashtirishning zarurligi va afzallik jihatlari quyidagilar bilan izohlanadi: 
tashqi auditga nisbatan kam xarajatliligi; qonunchilikka doimiy rioya qilinishining 
kafolatlanishi; ichki auditorlar xizmatidan muntazam foydalanish imkoniyati; ichki 
auditorlarning bankdagi vaziyatdan, boshqaruv uslubidan, bankda qabul qilingan 
siyosatdan xabardorligi; auditorlar orqali bank bo’limlaridagi yuqori malakali 


36
mutaxasislarning tekshiruvlarga jalb qilinishi; ilg’or texnologiyalar va ish uslubini 
joriy etishning rag’batlantirilishiga ko’mak beruvchi tizim ekanligi. 
Tahlillar ko’rsatishicha, retrospektiv xususiyatga ega bo’lgan, auditorlik 
faoliyati moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarini me’yoriy hujjatlarga muvofiq to’g’ri 
aks ettirilganini tekshirishga qaratilgan bo’lib boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun etarli emas. Bugungi kunda axborotdan foydalanuvchilar auditorlardan 
iqtisodiy qarorlar qabul qilish bilan asos bo’la oladigan, tijorat bankining holatini 
aks ettiradigan ma’lumotlarni olishga umid qiladilar. Fikrimizcha, bozor 
munosabatlariga o’tish sharoitida audit jarayoni, yo’nalishi va usuliga ko’ra ikki 
yo’nalishdagi vazifalarni o’zida mujassam etishi lozim.
Ichki audit xizmatining faoliyati ikki yo’nalishdan iborat bo’lib, ularning 
birinchisi, bank faoliyati natijalarini, ikkinchisi, bank faoliyati samaradorligini 
baholashdan iborat.
Ichki auditning asosiy vazifasi, bank boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan 
moliyaviy hisobotlarning haqqoniylik darajasini hamda risklarni daromadlilik 
darajasi bilan o’zaro bog’liq holda tahlil qilish, bank samaradorligini oshirish 
maqsadida dasturiy mahsulotlar sifatini huquqiy jihatdan tekshirish va uni 
takomillashtirish yuzasidan takliflarni bank boshqaruviga taqdim etishdan iborat.
Bank tizimida auditorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirishning 
tegishli tartib-tamoyillari va uslubiyotini takomillashtirish, ichki auditni amalga 
oshirish shakllari, yo’nalishlarini aniqlash, hamda uning boshqa belgilariga ko’ra 
tasniflashni taqozo etadi. Tadqiqot ishida tijorat banklarida ichki auditning 
bosqichlaridan kelib chiqqan holda tasniflash belgilari va mezonlari aniqlashtirilgan.
O’zbekistonda tijorat banklari ichki audit tizimi faoliyati «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi qonunga, auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qaror, nizom va 
auditorlik standartlari kabi me’yoriy hujjatlarga asoslangan bo’lib, ular asosan tashqi 
auditorlik firmalari uchun mo’ljallangandir. Bunday holat ichki auditning 
rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. 
2.1-jadval. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin