Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111
Yangi majmua

Intellektual yadro
-matematik amallarni sonli (raqamli) va simvolli ko‘rinishda amalga 
oshiruvchi maxsus dasturlar majmuasi.
Ochiq ta’lim
–masofali o‘qitish texnologiyasi va uslubini qo‘llaydigan, ta’lim oluvchi 
uchun qulay ritmda ta’lim berishni ta’minlaydigan, istalgan xohlovchi uchun boshlang‘ich bilim 
darajasini tahlil qilmasdan erishish mumkin bo‘lgan o‘qitish tizimi.


27 
 Ochiq test tizimlari
-o‘qituvchi, uslubchi, darslik muallifi uchun yangi test yaratish yoki 
mavjud testni o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi tizimlar.
 
Elektron darsliklarning o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari 
O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilishda turli axborot 
ta’lim resurslarni yaratishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. CHunki, mustaqil ta’lim 
asosan ta’lim oluvchining mustaqil o‘rganishiga asoslangan o‘quv faoliyati hisoblanadi. Hozirgi 
davrda mustaqil ta’lim uchun axborot ta’lim resurslari yaratishda zamonaviy axborot 
texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir.
Mustaqil ta’lim olishda zamonaviy axborot texnologiyalari ya’ni kompyuterning dasturiy 
vositalari asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy materiallar shu jumladan, elektron darsliklardan 
foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot – ta’lim uslubini shakllantirish, zamonaviy 
axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonining 
samaradorligi, sifati va unimdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o‘quv 
manbalari elektron o‘quv darsliklarini keng qo‘llash, ularning ma’lum ma’noda kutubxonalarini 
tashkil etish, ta’limning masofadan o‘qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron 
o‘quv tizimiga kirishdan iborat.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish 
kontseptsiyasida elektron darslikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Elektron darslik - kompyuter va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim 
olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador 
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan elektron o‘quv adabiyoti hisoblanadi”. Demak, elektron darslik 
yaratishning asosiy maqsadi mustaqil ta’lim olishga qaratilar ekan.
Elektron o‘quv adabiyotlarining amaliyotda qo‘llanilishi e’tiborga olinganda elektron 
darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kuzatilmoqda:
-
o‘rganilayotgan materialni an’anaviy o‘quv adabiyotlariga nisbatan induktiv 
yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta’sir qilish yo‘llari bilan yetkazish orqali 
tushunishni yengillashtiradi;
-
ta’lim 
oluvchilarning 
ehtiyojiga, 
tayyorgarlik 
darajasiga, 
intellektual 
imkoniyatlariga moslashtiriladi;
-
o‘quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko‘p sondagi 
ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko‘proq amaliy masalalar yechishga imkon 
yaratgan holda murakkab hisoblashlar va almashtirishlardan xalos etadi;
-
o‘rganishning barcha bosqichlarida o‘zini-o‘zi tekshirib ko‘rish uchun keng 
imkoniyatlarni yaratadi;
-
ishni chiroyli, aniq rasmiylashtirishlarga va uni o‘qituvchiga fayl yoki qog‘ozga 
chop etgan holda topshirishiga imkon beradi;
-
tajribali 
o‘qituvchi vazifasini cheklanmagan tushuntirishlarni, sanoqsiz 
takrorlashlarni, eslatishlarni taqdim etgan holda bajaradi.
Elektron darslik ixtisoslashgan o‘quv xonalarida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar 
uchun quyidagi qulay imkoniyatlarni yaratadi:
• 
kompyuterli qo‘llab-quvvatlashlardan foydalangan holda katta miqdordagi 
topshiriklarni bajarishga, yechimlarni va ularning grafik talqinini tahlil qilish uchun zarur 
bo‘lgan vaqtdan ozod bo‘ladi.
• 
o‘qituvchining rahbarlik va maslahatchi sifatida qatnashib kompyuter oldida 
mustaqil ish shaklida mashg‘ulot o‘tkazish imkonini yaratadi.
• 
o‘qituvchiga kompyuter yordamida ta’lim oluvchilar bilimini tez va samarali 
nazoratdan o‘tkazishiga imkon beradi.
• 
o‘qituvchiga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda o‘zining xohishi bo‘yicha hajmi 
jihatidan kichik ammo tarkibi bo‘yicha o‘ta muhim bo‘lgan materiallarni yetkazishiga, ta’lim 
oluvchilarning auditoriya mashg‘ulotlari doirasidan tashqari o‘rganish mumkin bo‘lgan 
masalalarni yechishda mustaqil shug‘ullanishlari uchun imkon yaratiladi;


28 
• 
o‘qituvchini uy topshiriklari, turli hisoblashlarni va nazorat ishlarni tekshirish 
kabi mashaqqatli ishlardan ozod etadi;
ta’lim oluvchilar bilan ayniqsa uy topshiriqlari va 
nazorat ishlari qismiga oid ishlashni individualashtirishga imkon beradi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin