Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111
Yangi majmua

Elektron darsliklarning asosiy xossalari va ularning turlari 
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarining yorqin namoyondasi sifatida elektron 
darsliklarni qarash mumkin. Ular zamonaviy axborot texnologiyalarning maxsuli bo‘lib, ta’lim 
sifatini oshirishga yordam beradi. Elektron darsliklar ta’lim olishning yangi shakli bo‘lgan 
masofaviy o‘qitishning metodologik asosi hisoblanadi.
So‘nggi yillarda elektron darsliklar haqidagi tushunchalar turli taxlil etilmoqda. Masalan, 
disketalardagi matn va o‘quv materiallari, biror bir prezentatsiya va hokazolar. SHuning uchun, 
elektron darsliklar bilan bog‘liq asosiy tushunchalarni aniqlab olish dolzarb masalalardan biridir.
Elektron ta’lim mahsulotlari grafik, matn, raqam, ovoz, musiqa, video, foto va shunga o‘xshash 
axborotlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Elektron ta’lim mahsuloti turli elektron manbalarda 
magnit (magnit lenta, magnit disk va boshqa) va optik (CD-ROM, DVD va boshqa) shaklda 
hamda elektron kompyuter tarmog‘i (INTERNET)ning axborotlarni saqlash bazalarida aks 
ettiriladi.
Elektron ta’lim maxsuloti bilimlarning muayyan ilmiy-amaliy sohasi bo‘yicha sistemali 
materiallardan iborat bo‘lib, talaba va o‘quvchilarning shu sohadagi zarur bilim va amaliy 
ko‘nikmalarni ijodiy va faol tarzda o‘zlashtirishini ta’minlaydi. Elektron ta’lim maxsulotlari 
yuqori bajarilish sifati va badiiy shakllantirilishi, axborotning to‘laligi, uslubiy uskunalarning 
sifati, texnik bajarilishi sifati, ochiqligi, mantiq va ulash ketma-ketligi bilan ajralib turishi kerak.
Ta’lim tizimini yangi zamonaviy darajadagi bosqichiga o‘tishni faqatgina kompyuter paketlar 
(ya’ni, elektron darsliklar, qo‘llanmalar, trenajerlar, virtual stendlar va o‘quv test muxarrir)ini 
yaratgan holdagina amalga oshirish mumkin. Ular o‘quv yurti maxsus auditoriyasi uchun 
kompyuter sifatidagi amaliy mashg‘ulotlarda yoki talabalar mustaqil ishlashi uchun jixozlashgan 
yotoqxonalarda, shuningdek, uylardagi shaxsiy kompyuterda yagona kompyuterlashgan muhitni 
yaratadi. Keltirilgan elektron maxsulotlar, dasrliklar va qo‘llanmalarning rasmiy ta’rifiga asosan, 
elektron darsliklar tushunchasini kengaytirish va aniqlashtirish zarur.
Elektron darslik (hatto, eng mukammal yaratilgani ham) an’anaviy bosma shakldagi 
kitobning o‘rnini egallay olmaydi va egallashi kerak ham emas. Biror bir asarni ekranlashtirish 
yangi janr hisoblangani singari, elektron darslik ham o‘quv adabiyotining umuman boshqa yangi 
janri hisoblanadi.
Elektron darslik quyidagi xosslarga ega bo‘lishi kerak:
-o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori sifatli darajasida o‘tkazilishni ta’minlash;
-bilimlarning o‘zini hosil qilish va baholash imkoniyatlarini yaratish;
-ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘zaro yaqinlashtirish;
-axborotli-ta’lim resurslari rivojlanishining garmonik tasnifiga ega bo‘lish;
-matnli va boshqa axborotli materiallar yangilangan (gipermatnlar) va illyustratsiyalangan 
(multimediya vositalari, rasmlar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar) bo‘lishi kerak.
- Elektron darslik ta’lim jarayoniga odatdagi darslikdan o‘zgacha, inson miyasi 
imkoniyatlarini, xususan, eshitish va emotsional xotirasini jalb qilib, shuningdek kompyuter 
samaradorligidan foydalanib tushunishni, mavjud tushunchalar va misollarni eslab qolishni 
maksimal darajada yengillashtirishi kerak:
Elektron darsliklarning quyidagi turlari mavjud:
1.
Elektron darsliklarni foydalanish buyicha ikki turga ajratiladi: a) Jamoaviy 
foydalanishga mo‘ljallangan elektron darsliklari kompyuterning katta tizimli resurslarini talab 
qilmasligi kerak, chunki ular ko‘pincha serverlarda o‘rnatiladi va ularga kompyuter tarmog‘i 
orqali yaqinlashish imkoni beriladi. b) Individual foydalanishdagi elektron darsliklari o‘quv 
materialini ta’lim oluvchi ishtirokida yoki ishtirokisiz o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Elektron 
darsliklarning ikkala turidan ham ma’ruza mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.


29 
2.
O‘quv materiallarini yetkazib berish bo‘yicha: bunday turdagi elektron darsliklar 
bir bo‘lim yoki modul o‘quv materialini o‘zlashtirmay turib, navbatdagi bo‘limga yoki modulga 
o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.
3.
O‘quv axborotlari va materiallarining yangilanishi bo‘yicha quyidagilarga ajratish 
mumkin: a) Uzluksiz yangilanishli elektron darsliklar asosan elektron o‘quv bazalarida (portallar, 
veb-saytlar va boshqalar) yoki elektron kutubxonalarda joylashtiriladi. b) Davriy yangilanishdagi 
elektron darsliklar asosan turli xildagi axborotning elektron tashuvchilarini tasvirlaydi (disketlar. 
SD-disklar va boshqalar)

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin