Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Elektron darsliklarning kategoriyalari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111
Yangi majmua

 Elektron darsliklarning kategoriyalari
Elektron darslikni kategoriya(toifa)sini aniqlash ham zarur. Elektron darsliklar quyidagi 
to‘rtta kategoriyalarga bo‘linadi:
I
kategoriya. 
O‘quv materiallari asosan verbal matn sifatida keltirilib, ular 
giperilova va glossariylarga, shuningdek, 2-o‘lchovli(2D) grafiklar-diagrammalar, rasmlarga 
(o‘quv materialining 25% gacha) ega.
II
kategoriya. 
O‘quv materiallari qisman giperilovali va 2D grafikali matn shaklida 
va 3o‘lchovli(3D) grafikdan iborat (o‘quv materialining 25% gacha).
III
kategoriya. 
O‘quv materiallari matn, 2D grafiklar, video va audio animatsiyalar va 
3D effektlarga ega (o‘quv materialining 50% gacha).
IV
kategoriya. 
Elektron darslik virtual muxitda, zamonaviy tarmoq texnologiyalarini 
qo‘llab, o‘qituvchi bilan kompyuter tarmog‘i (Internet) orqali bog‘langan holda masofaviy 
mashg‘ulotlar olib borilishi darajasida yaratilgan.
Elektron darsliklarning har bir kategoriyasiga alohida o‘z talablar mavjud. Lekin, bir qator 
talablar borki, ular barcha kategoriyalarga tegishlidir. Ular quyidagilardan iborat:
• 
modullarning (paragraf va temalarning) matni 4-5 monitor ekranidan oshmasligi 
kerak (2 ta bet, ma’qulroq);
• 
giperilovalar 3 bosqichdan oshmasligi ma’qul, chunki asosiy temadan chiqib ketish 
mumkin emas;
• 
maxsulot sistemasi kompyuter texnologiyasi talablariga mos kelishi kerak;
• 
turli rangdagi sahifalarni yaratishda psixolog va ergonomika mutaxassislari 
tavsiyalariga rioya qilish.
 
Hozirgi kunda elektron darsliklar yartishning 4 bosqichli kategoriyasi mavjud: 
1
- bosqich elektron darsliklar bu gipermatn shaklida bo‘lib, bunda o‘quv materiallar 
birbiri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘lanadi. Unda ikki o‘lchovli ko‘rsatish qurollaridan
masalan suratlar, jadvallardan foydalanish mumkin. 
2
- bosqichli elektron darsliklar o‘zida qisman gipermatn va ikki o‘lchovli 
animatsiyani jamlashtiradi. Bu turdagi elektron darsliklarni ko‘pincha virtual stendlar deb atash 
mumkin. 
3
- bosqichli elektron darsliklar o‘zida bir vaqtda ham animatsiya, ham gipermatnni 
jamlashtirib, bu turdagi elektron darsliklar ovozlashtiriladi. Ulardan multimedia vositalari orqali 
foydalanganligi uchun multimediyali elektron darslik deb atash mumkin. 
4
- bosqich elektron darsliklar zamonaviy tarmoq texnologiyalari asosida yaratilib
masofaviy o‘qitish mezonlariga mos bo‘lishi shart.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin