32
mustaqil ishning nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy
kengashida tasdiqlanadi.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga
kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi.
Bunda
mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch tushunchalar,
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan o‘rinlarga e’tibor
qaratish, asosiy adabiyotlar va
axbarot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv
manbalari bilan ishlash topshirig‘i ijrosini fan o‘qituvchisi imkon qadar og‘zaki
savol-javob bilan
mustahkamlasa, bu talabaning tafakkur dunyosini yoritishi aniq.
Dostları ilə paylaş: