31
Talabalarning o‘quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki
umumkasbiy o‘quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo‘lishda mustaqil ta’lim
olish
ko‘nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi.
Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalariga ularning o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash ,
mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish va bajargan mustaqil topshiriqni mas’ul o‘qituvchi va
guruhdoshlari oldida himoya qila bilish kabi bilim va malakalari kiradi.
Mustaqil ishlarni tashkil etish tartibi va ilmiy rahbarning vazifalari
-
mustaqil ta’limning mavzulari beriladi;
-
ishni topshirish muddati va topshirish shakli haqida ma’lumot beriladi;
-
mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
tavsiyalar
shaklida beriladi;
-
mavzuga oid adabiyotlar tavsiya qilinadi;
-
mavzuning rejasini tuzishda
talabaga yordam beriladi;
-
mustaqil ish va rejalarning bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratlar o‘tkazib turiladi va
tavsiyalar berib boriladi;
-
ko‘rsatilgan muddatda berilgan topshiriqlar ko‘riladi;
-
topshiriq yuzasidan test yoki savol-javob o‘tkaziladi;
-
amaliy xarakterdagi topshiriqlarning yechimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar
yordamida tekshiriladi;
-
mustaqil ish belgilab berilgan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: