Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Amaliy, seminar mashg‘ulotlariga maxsus tayyorgarlik ko‘rish



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111
Yangi majmua

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Referat
Amaliy, seminar mashg‘ulotlariga maxsus tayyorgarlik ko‘rish 

Amaliy, seminar mashg‘ulotlariga maxsus tayyorgarlik ko‘rib kelish
 
ham mustaqil 
ta’limning alohida ko‘rinishi bo‘lib, bunda talabaning ma’ruzada o‘rganganlari amaliy jihatdan 
mustahkamlanadi.
 
Ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash 
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga
muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy
adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi,
tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat 
qiladi.
Referat 
– asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning 
uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi 
yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtayi nazarlarni qiyoslashda 
muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir 
necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini 
nazarda 
tutadi. 
Referatning o‘ziga xosligi shundaki, u keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, 
baholarga ega bo‘lmaydi, ammo matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob 
beradi. 
Referatning tuzilishi, asosan, 3 qismdan iborat bo‘ladi. Bular– 
1) referat rejasi (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar (referatning shart 
bo‘lmagan qismi – ilovalar) yoritiladi); 
2) referat matni (mavzu; mavzu muammosi; referat qilinadigan ishning predmeti; maqsad va 
vazifalari; mazmuni; aniq natijalar; umumiy xulosalar; ish natijalari qo‘llaniladigan soha); 
3) bibliografik bayon (yoki foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati)da (asar/maqola/tezis va h. 
muallifining familiyasi (to‘liq), ismi, otasining ismi (bosh harflari); asar nomi; nashr qilingan joyi; 
nashriyot 
nomi; 
nashr yili va sahifalar soni. (Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bo‘lsa, unda jurnal (gazeta) 
nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.) 
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi va 
referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referatning mavzu
materialida umumiy yo‘nalish olishga imkon beradi, uning to‘g‘ri tanlanishi va bayon qilish 
mantig‘ini ta’minlaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan, puxta o‘ylangan 
reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g‘oyat muhim sharti hisoblanadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin