Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
Yangi majmua

 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik)Toshkent. “Turon-
Iqbol” 2016 yil 186b.
 
2. 
Tadjiyeva 
Z.G.,Abdullayeva 
B.S.,Jumayev 
M.E.,Sidelnikova 
R.I.,Sadikova 
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011.305 b.
3. Saidova M, Dilova N, Abdullayeva B, ” Ta’limda multimedia texnogiyalardan 
foydalanish”.Toshkent “O‘qituvchi” 2021 yil.109 b. 
4. Saidaova G, Yusufzoda Sh, Yarashov M, ” Matematika o‘qitish metodikasidan amaliy 
mashg‘ulotlar” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021 yil.39 b. 
5. Hakimova M, ”Matematika o‘qitish metodikasi” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021 yil.57 
b.
 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 


64 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
 
1. ,,Interfaol metodlar“ tushunchasi mazmun va mohiyati. 
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va 
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida 
muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan 
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular 
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak 
pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir 
pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy 
tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar 
pedagogik texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; 
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi; 
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini 
ta’minlashi; 
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi; 
- o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishi; 
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni 
kafolatlashi zarur. 
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali 
pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan 
maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy 
faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil 
etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmokda. Quyida ta’lim amaliyotida 
foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida 
so‘z yuritamiz. 
"6x6x6" metodi 
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb 
etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi 
imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. "6x6x6" metodi asosida tashkil 
etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan 
o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach 
o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta 
guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. YAngi shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi 
guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar 
va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. 
"Aqliy hujum" metodi 
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng 
qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har 
tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum 
ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan 
mashg‘ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish 
imkoniyati tug‘iladi. "Aqliy hujum" metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni 
aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. 
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 


65 
- O‘quvchilarning o‘zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish 
- G‘oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo‘yish 
- Muammo (yoki 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin