asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish
metodlarini o‘z ichiga oladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o‘z navbatida kompyuter dasturlari
yordamida o‘qitish, masofadan o‘qitish, internet tarmoqlari asosida o‘qitish, media ta’lim
metodlaridan iborat.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy
tabiatlariga terra didaktik o‘yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng
qo‘llanilmoqda. Agar o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchi o‘zining o‘zlashtirish imkoniyati
darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo‘lar edi.
Bunday holatni faqat tabaqalashtirilgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin.
Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz:
Didaktik o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.
Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy
yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari:
intellektual (aqliy) va harakatli hamda
aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda
aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlanishiga yordam
beradi.
Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga,
muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi,
uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turli
yo‘nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan,
didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o‘yinlar
nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi
turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda
tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini
rivojlantiradi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni
funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va
harbiy o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yin turlarini tanlashda. quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
- ishtirokchilarning tarkibi bo‘yicha, ya’ni o‘g‘il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o‘yinlar; - ishtirokchilarning soni bo‘yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o‘yinlar; - o‘yin jarayoni boyicha - fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan; - vaqt me’yori bo‘yicha - dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan o‘yinlar. Ayrim didaktik o‘yinli dars shakllari:
- ishchanlik o‘yini darsi - mavzu bo
4
yicha masalalarni hal etish jarayonida o‘quvchilarning
faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish mashqi;
- rolli o‘yin darsi - mavzu boyicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarga oldindan ma’lum
rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rollarni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini
mustahkamlash;
72
- teatrlashtirilgan dars - mavzu bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlarini tashkil etish orqali dars
mavzusi bo‘yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish;
- «kim oshdi savdosi» darsi - o‘quv fani, ayrim bo‘limi boyicha bilimlarni har bir o‘quvchi
qanchalik ko‘proq bilishini namoyish etish;
- yarmarka darsi - mavzuni bo‘laklarga bo‘lish, oldindan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning
o‘zaro muloqotlari asosida qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan darslar;
- o‘yin darsi - mavzuni sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida ifodalash mashqlari bo‘lib,
o‘quvchilarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatini beradi.
- integral (integrallashgan) dars - boshqa darslarga doir va integratsiyalash uchun qulay
bo‘lgan
mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini
orttirib, ta’lim jarayonidagi faollikni ta’minlaydi.
Bularning bari o‘quvchilarga
(fanlararo bog‘liqiikni o‘ratish orqali ularda olam tuzilishining
ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Darslarni nechog‘li qiziqarli, foydali va samarali tashkil etish o‘qituvchilarning ijodkorligi,
tashabbuskorligiga bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda:
1. O‘qituvchi faqat o‘qitibgina qolmay, o‘quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishi; 2. O‘quvchilarni darslik, qo‘llanma, internet xabarlari, manbalarni tahlil qilish orqali bilim olishga o‘ratishi; 3. O‘quvchi ta’lim jarayonida eshitib, ko‘ribgina qolmay, balki dars mavzusi, mazmunini o‘rganishda uni faol ishtirokchisiga aylanishini ta ‘minlashi zarur. 4. Agar o‘qituvchi interfaol ta’lim mazmunini va mohiyatini, uning metodlarini o‘qib- o‘rganib, o‘zlashtirib, o‘z pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan Davlat ta’lim standartlarini va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlarini to‘la o‘zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. 5. O‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, agar darslar 50% tushuntirish orqali olib borilsa, o‘zlashtirish 10 foizni, ko‘rsatish, namoyishlar orqali tashkil etilsa, 50 foizni, ta’lim jarayoni o‘quvchining shaxsiy ishtirok, faolligida kechsa, o‘zlashtirish sifati va samaradorligi 90 foizni tashkil etadi. Demakki, har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolalarning
o‘qish, o‘zlashtirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni
egallash darajasi yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil
etadi.