Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Figura yuzi bilan tanishtirishda interfaol metodlardan foydalanish



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111
Yangi majmua

Figura yuzi bilan tanishtirishda interfaol metodlardan foydalanish. 
Figura yuzi, yuz o‘lchov birliklari bilan tanishtirish boshlangich talimni kengroq 
mavzularidan biridir. Amaliyotda yuza birliklari orasidan munosabatlarga tez-tez duch kelinadi.
Shuni aytish joizki kuzatish va tajribalarda yuza birliklari orasidagi munosabatlar, ayniqsa, bir
ismli sonni boshqa ismga almashtirishda ko‘pchilik o‘quvchilar (ayrim o‘qituvchi va talabalar 
ham bundan mustasno emas) juz’iy hatolarga yo‘l qo‘yishadi. 
1km =1000m ; 1m =10dm =100sm ; 1sm =10mm kabi xatolar shular jumlasidandir.
Buning sabablaridan biri o‘quvchilar tomonidan figura yuzi tushunchalarining yaxshi 
shakllanmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan, o‘qituvchi tomonidan mazkur mavzuning o‘quvchilarga 
yaxshi tushuntirishganligi, qolaversa, figura yuzi mavzusini o‘qitishda mahsuldor o‘qitish
metodlaridan kam foydalanganligidir. 


75 
Figura yuzi tushungani bilan ilk tanishuv 2-sinf o‘quv dasturida o‘rin olgan bo‘lib, bu 
sinfda o‘quvchilar turli shakllarning yuzalarini taqqoslash (ko‘z bilan chamalab, ustma-ust
yonma-yon qo‘yib) to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi, yuz birliklaridan kvadrat santimetr, turli geometrik 
shakllarni yuzini santimetr modeli yordamida topish, yuzi bir hil shakllarni topish, shakllarni yuzini 
topish kabilar o‘rganiladi.
Bu mavzu 3-sinf matematika o‘quv dasturidan yangi chuqurlashtirilib to‘g‘ri to‘rtburchak 
eni, bo‘yi, yuzi orasidagi bog‘lanishlar, to‘g‘ri to‘rtburchakka ajraladigan geometrik shakllar 
yuzalarini topish yuza birligi kvadrat detsimetr bilan tanishtirish kabi tushunchalar o‘rganiladi, 
o‘quvchilar 4- sinfda figura yuzi, yuza birliklari to‘g‘risida yanada chuqurroq bilimga ega 
bo‘lishadi.
Yuza birligi kvadrat metr, kvadrat klometr bilan tanish, turli xildagi shakllar
yuzini poletka asbobi yordamida hisoblash amaliy mashgulotdan o‘quv topshiriqlarini
bajarish kabi ishlar boshlangich maktab bitiruvchilar o‘zlashtiradigan tushunchalar sanaladi. 
Figura yuzi, yuza birliklari bilan tanishtirishida o‘quvchilar interfaol metodlardan unumli
foydalanishi ta’lim samaradorligini oshishini taminlaydi.
“Aqliy hujum”, “fikrlarni shiddatli hujumi”, “6*6*6”metodi“, “zakovatli zukko”, “Qarama 
qarshi munosabat”, “Zich-zich”, “Insert” kabi o‘qitish metodlardan mazkur mavzuni o‘tish 
jarayonida qo‘llanilsa, o‘rganiladigan bilim o‘quvchida yaxshi eslanib qolinadi. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilar guruh-guruh (jamoa) bo‘lib ishlashni yoqtiradilar. Guruhda 
berilgan topshiriqni bajarishda faol ishtirok etadilar. Ayniqsa geometrik mazmundagi o‘quv 
topshiriqlarini, jumladan figura yuzini topishni qiziqib bajaradilar. Sinf o‘quvchilari guruhlarga 
ajratiladi (5-6 kishi). Har bir guruhga tegishli figura shakli beriladi. Figura yuzini topish talab 
qilinadi. Bu topshiriqni 2 –sinfda (to‘g‘ri to‘rtburchak) kvadratchalarga ajratilgan to‘g‘ri 
to‘rtburchak yuzini topish 3- sinfda to‘g‘ri to‘rtburchak eni va bo‘yini o‘lchab uning yuzini 
hisoblash, 4- sinfda poletka asbobidan foydalanib shaklning yuzini topishga qaratilgan bo‘lishi 
mumkin. Guruh a’zolari tomonidan bajarilgan topshiriqni, dastavval guruhda so‘ngra sinf 
o‘quvchilari ishtirokida muhokama qilinadi. 
Jamoada ishlash o‘quvchi faolligini oshiradi, mustaqil fikrlashni o‘rgatadi, o‘quvchining 
faoliyati qiziqishi ortadi. 
“Zakovatli zukko ” metodidan foydalanib a’zolarning tavsiyasiga ko‘ra har guruhdan 
bittadan ishtirokchi chaqirilib, ularga figura yuzi, yuza birliklari mavzusi bo‘yicha tezkor savollarni 
berish mumkin. 
- 4-sinf o‘quvchilari quyidagi mazmundagi savollarga javob berishlari so‘raldi. 
- to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi qanday topiladi? (eni va bo‘yi ko‘paytiriladi) 
- tomoni 5 sm bo‘lgan kvadrat yuzi nimaga teng? (25 kvadrat santimetr)
- 1 kvadrat metr necha kvadrat dittsimetr? (100 kvadrat detsimetr) 
- 1 kvadrat detsimetr necha santimetr ? (100 kvadrat santimetr)
- eng katta yuza o‘lchov birligini ayting (kvadrat kilometr ) 
- yuzaning eng kichik o‘lchov birligi (kvadrat millimetr) 
- gektar nima (yuza o‘lchov birligi 100 m bo‘lsa kvadrat yuzi) 
- 1 kvadrat metr kattami yoki 100 detsimetrmi (taqqoslab bo‘lmaydi) 
- kvadrat yuzi 16 kvadrat santimetr bo‘lsa uning peremetri nimaga teng? 
- 1 kvadrat metr necha kvadrat necha kvadrat santimetr (10000 kvadrat santimetr) 
Imkon qadar o‘quvchilarga beriladigan savollar takrorlanmasligi maqsadga muvofiq. 
O‘quvchilar tomonidan berilgan javoblarga ball qo‘yib beriladi. 
Agar o‘qituvchi interfaol ta’lim mazmuni va mohiyati, uning metodlarini o‘qib o‘rganib, 
o‘zlashtirib o‘z pedagogik faoliyatiga joriy qo‘llasa takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va 
modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlarini to‘la o‘zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va 
samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin